Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

 
 


23 
 
III bob. OBLIGATSIYALAR BOZORI 
 
3.1. Obligatsiyalar muomalasi nazariy jihatlari  
Qimmatli  qogʻozlar  bozorining,  umuman  moliya  bozorining  muhim 
instrumentlaridan biri obligatsiyalar hisoblanadi. Obligatsiya – uni chiqargan shaxs 
va  egasi  oʻrtasidagi  qarz  munosabatni  tasdiqlovchi  qimmatli  qogʻozdir. 
Oʻzbekiston  Respublikasi  “Qimmatli  qogʻozlar  bozori  toʻgʻrisida”gi  Qonuniga 
koʻra: obligatsiya – obligatsiyani saqlovchining obligatsiyaning nominal qiymatini 
yoki  boshqa  mulkiy  ekvivalentini  obligatsiyani  chiqargan  shaxsdan  obligatsiyada 
nazarda  tutilgan  muddatda  olishga,  obligatsiyaning  nominal  qiymatidan  qayd 
etilgan  foizni  olishga  boʻlgan  huquqini  yohud  boshqa  mulkiy  huquqlarini 
tasdiqlovchi  emissiyaviy  qimmatli  qogʻoz.  Obligatsiya  uning  egasiga 
obligatsiyaning  nominal  qiymatidan  qatʼiy  belgilangan  foiz  boʻyicha  daromadni 
olish  huquqini  belgilaydi.  Obligatsiya  boʻyicha  daromad  foiz  yoki  diskontda 
ifodalanadi. 
Shunday  qilib,  obligatsiya  –  oʻz  ichiga  ikkita  quyidagi  asosiy  elementni 
mujassamlashtirgan qarzni ifodalovchi qimmatli qogʻozdir: 
- emitent obligatsiya  titulida koʻrsatilgan summani muddati kelganda uning 
egasiga qaytarishi; 
-  emitent  majburiyati  obligatsiya  egasiga  obligatsiya  nominal  qiymatidan 
kelib chiqqan holda qatʼiy belgilangan foiz toʻlovlarini amalga oshirishi. 
Aksiya  va  obligatsiya  oʻrtasidagi  prinsipial  farq  aksiya  ulush  munosabatini 
anglatishi, obligatsiya esa qarz munosabatini anglatishida namoyon boʻladi. Bunda 
aksiyani sotib olgan investor kompaniya–emitentning mulkdoriga, yaʼni ulushidan 
kelib  chiqqan  egasiga  aylanadi.  Obligatsiya  sotib  olgan  investor  kompaniya-
emitentning  kreditoriga  aylanadi.  Bundan  tashqari,  aksiyadan  farqli  oʻlaroq, 
obligatsiyaning muomalad boʻlish muddati qatʼiy belgilangan va muddati kelganda 
soʻndiriladi.  Obligatsiya  aksiyaga  nisbatan  afzallikka  ega  boʻlib,  bu  afzallik 
kompaniya  tugatilganda  birinchi  navbatda  obligatsiya  boʻyicha  foiz  toʻlovlari, 
soʻngra  aksiya  boʻyicha  devidendlar  toʻlanadi;  emitent-kompaniya  likvidatsiya 
yoki  tugatilishi  jarayonida  mulkni  taqsimlashda  aksiyadorlar  kompaniyaning 
barcha  majburiyatlari  shu  jumladan,  obligatsiyalar  boʻyicha  qarz  majburiyatlarini 
soʻndirgandan  keyin  qolgan  mulkdan  ulush  olishlari  mumkin.  Obligatsiya  qarz 
instrumenti  boʻlganligi  sabali  kompaniya  emitent  boshqaruvida  qatnashish 
huquqini bermaydi. 
Obligatsiyalar  davlat  hukumati,  turli  davlat  organlari  va  munitsipalitetlar 
mablagʻlarni  jamgʻarish  instrumenti  sifatida  namoyon  boʻladi.  Korxonalar  ham 
qoʻshimcha  moliyaviy  mablagʻlarga  zarurati  yuzaga  kelganda  korporativ 
obligatsiyalar muomalaga chiqarishlari va joylashtirishlari mumkin. 
Obligatsiyalarni  chiqarish  kompaniya-emitent  uchun  bir  qator  jozibador 
ahamiyatga  ega:  obligatsiya  emissiyasi  orqali  kompaniya  zarur  mablagʻlarni 
kreditorlarning kompaniya  moliyaviy hoʻjalik faoliyatiga aralashuvisiz jalb qilishi 
mumkin.  Ammo,  obligatsiya  zayomlari  orqali  jalb  qilingan  mablagʻlarni 
kompaniya  xuddi bank kreditlariga qoʻshimcha  mablagʻlar sifatida koʻrib chiqishi 


24 
 
zarur. Hatto  fond bozori  yuqori rivojlangan  mamlakatlarda ham emissiya qilingan 
obligatsiyalar  korxonalarning  mablagʻlarga  boʻlgan  yalpi  ehtiyojlarini 
qoplamaydi.Obligatsiyalar  oʻz  mohiyatiga  koʻra  qarz  munosabatini  bildirganligi 
sababli  bank  krediti  tamoyillari  ularga  ham  xosdir.  Shuning  uchun  obligatsiyalar 
emissiyasini  amalga  oshirish  huquqi  faqat  kredit  layoqatiga  javob  beruvchi 
korxonalarga beriladi. 
Respublikamizda  aksiyadorlik  jamiyatlari  tomonidan  obligatsiyalarni 
emissiya  qilish  tartibi  Oʻzbekiston  Respublikasi  “Aksiyadorlik  jamiyatlari  va 
aksiyadorlar  huquqlarini  himoya  qilish  toʻgʻrisida”gi  hamda  “Qimmatli  qogʻozlar 
bozori  toʻgʻrisida”  Qonunlariga  asosan  belgilanadi.  Ushbu  qonunlarga  asosan 
aksiyadorlik jamiyatlari obligatsiyalarni emissiya qilishda quyidagi shartlarga amal 
qilishi zarur: 
-  jamiyat  qonun  hujjatlariga  va  oʻz  ustaviga  muvofiq  korporativ 
obligatsiyalarni va boshqa qimmatli qogʻozlarni chiqarishga hamda joylashtirishga 
haqli; 

qimmatli  qogʻozlarni,  shuningdek,  korporativ  va  infratuzilma 
obligatsiyalarni chiqarish hujjatsiz shaklda chiqariladi; 
- emitentning korporativ obligatsiyalarni chiqarish toʻgʻrisidagi qarori qabul 
qilingan  sanadagi,  auditorlik  tashkiloti  xulosasi  bilan  tasdiqlangan  oʻz  kapitali 
miqdori doirasida; 
- keyingi uch yilda rentabellik, toʻlovga qobiliyatlilik, moliyaviy barqarorlik 
va  likvidlilikning  auditorlik  tashkiloti  xulosalari  bilan  tasdiqlangan  ijobiy 
koʻrsatkichlariga  ega  boʻlgan,  shuningdek  qonun  hujjatlarida  belgilangan  tartibda 
mustaqil reyting bahosini olgan emitentlar tomonidan chiqarilishi mumkin. 
Yuqoridagilarni kelib chiqqan holda, obligatsiya - bu: 
- emitentning qarz majburiyati; 
- byudjet daromadlaridan oshgan harajatlar qismini moliyalashtirish manbai; 
- aksiyadorlik jamiyatlari investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbai; 
- aholi va korxonalar uchun qoʻshimcha daromad olish manbai. 
Obligatsiyalarning qoʻllanish doirasi kengligi sababli, ularni turlari va sifati 
boʻyicha  tasniflash  maqsadga  muvofiqdir.  Obligatsiyalarning  keng  tasnifini 
keltirish  uchun  respublikamiz  obligatsiya  bozoridagi  obligatsiyalardan  tashqari 
jahon moliya bozori va transmilliy korporatsiyalar amaliyotida keng qoʻllaniluvchi 
obligatsiyalar turlaridan ham foydalanamiz (3.1-jadval).  
3.1-jadval 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish