Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

10.4. Trend turlari va shakllari 
Qimmatli  qogʻozlar  bozorida  turli  xildagi  qimmatli  qogʻozlar  oldi-sotdi 
operatsiyalari  amalga  oshiriladi.  Operatsiyalar  chogʻida  qimmatli  qogʻozlarning 
narxlari  doimo  oʻzgaruvchan  tendensiyaga  ega  boʻladi.  Narxlarning  oʻzgarishi 
natijasida trendlar hosil boʻladi. 
Trend – bu baholarning, yaʼni fond bozoridagi qimmatli qogʻozlarning oldi-
sotdisida 
belgilanadigan 
baholarning 
muayyan 
yoʻnalaishlar 
boʻyicha 
oʻzgarishidir.  
Trendlar davom etish muddatiga koʻra: 
1.  Uzoq  muddatli  (birlamchi)  trend,  yaʼni  bunda  qimmatli  qogʻozlar  narxi 
uzoq muddat (1 yil xatto undan ortiq) oʻzgarishi kuzatiladi. 


125 
 
2.  Yonlanma  (ikkilamchi)  trend  –  bozorining  asosiy  tendensiyasi  harakatini 
toʻgʻirlovchi (korrektiruyuщiy) trend hisoblanadi. 
3. Kichik trendlar – narxlarning kunlik oʻzgarishi, tebranishdir. 
Trendlar narxlarning harakati yoʻnalishiga koʻra: 
1)  Oʻsuvchi yoki “buqa” lar trendi. 
2)  Pasayuvchi yoki “ayiqlar” trendi. 
3)  Gorizontal trend yoki flet. 
1.  Oʻsuvchi  yoki  “buqalar”  trendi  (uptrend,  upward,  bullish  trend)  shunisi 
bilan xarakterlanadiki, bozordagi tebranishlarning past narxlari koʻtarila boshlaydi. 
Koʻtariluvchi  (oʻsuvchi)  trendda  bizga  pastdan  chegara  belgilashimiz  juda 
muhimdir, chunki bunday holatda stavkalar narxlarning koʻtarilishiga qoʻyiladi.  
Narxni  pastda  chegaralovchi  chiziqni  kesishuvi,  narxlar  koʻtarilgandagi 
trend soʻnayapti yoki umuman yoʻnalishini oʻzgartirmoqda deb signal beradi. 
Narxlarni  pastdan  chegaralab  turuvchi  toʻgʻri  chiziq  qoʻllab-quvvatlovchi 
chiziq deb ataladi. 
2.  Pasayuvchi  yoki  “ayiqlar”  trendi  (downtrend,  downward,  bearish  trend) 
bozorda maksimal tebranuvchi narxlar pasaya boshlashidan vujudga keladi. 
 
McDonalds  kompaniyasi  aksiyalarining  bozordagi  kursi  6  oy  davomida 
oʻsuvchi  trendga  ega  boʻlgan,  lekin  avgust  oyida  narxlardagi  burilish  pasayuvchi 
tendensiyaga  oʻzgargan  va  bozorda  “ayiqlar”  trendi  xukmron.  Investor  esa, 
McDonalds  kompaniyasi  aksiyalarini  avgust  oyida  sotishi  kerak,  aks  holda  katta 
zarar koʻrishi mumkin. 
Pasayuvchi  trendda  narxlarni  yuqoridan  chegaralab  turuvchi  toʻgʻri  chiziq 
qarshilik chizigʻi deb ataladi. 
“Ayiqlar” bozorida biz narxlarning pasayishiga qoʻyamiz, chunki biz uchun 
narxlarni yuqoridan chegaralab turuvchi toʻgʻri chiziq  muhimdir. Qarshilik toʻgʻri 
chizigʻining pasayishi, kesishuvi trend bilan oʻzgarayotganidan dalolat beradi. 
Bir  vaqtning  oʻzida  aniq  qoʻllab-quvvatlash  toʻgʻri  chizigʻiga  hamda 
qarshilik  toʻgʻri  chizigʻiga  ega  boʻlgan  trend  koʻplab  qiziqishlar  uygʻotadi  (3-
rasmga  qarang).  Bu  trendda  narxlarning  ham  yuqori  ham  past  darajalarini 
prognozlashtirishga imkon boʻladi. 
3.  Uchinchi  trend  turi  –  gorizontal  trend  (trendning  mavjud  emasligi).  Bu 
trendda narxlar gorizontal diapazonda tebranadi. (sideways, Flat market, trendless). 
Bu trendning qoʻllab-quvvatlash yoki qarshilik chiziqlari boʻladi, lekin narxlarning 
yuqoriga yoki pastga harakatining aniq tasviri boʻlmaydi.  
Bundan  tashqari,  trendlarni  shakli  boʻyicha  tasniflashimiz  mumkin.  Fond 
bozori  savdolarida  eng  koʻp  uchraydigan  trend  shakllaridan  biri,  bu  “bosh”  va 
“yelka” trendidir.  
Bu  chizmada  narxlarni  oʻzgarishi  natijasida “bosh”  va  “yelka”  trend  turlari 
oʻz aksini topgan. Bunda savdo boshlangandagi ochilish bahosidan boshlab narxlar 
koʻtarilib boradi va eng yuqori nuqtaga yetib, pastga oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradi. 
Agar biz bu nuqtalarni tutashtirib chiqsak, bosh va yelka tasvirlarni hosil boʻladi.  


126 
 
“Ikki  qoya”  trendida  narxlar  faqat  2  marta  maksimal  nuqtaga  erishadi.  Bu 
holda A nuqtada qimmatli qogʻozlarni albatta sotib yuborish kerak. “Ikki jarlikda” 
esa buning aksi. 
 
Bu  rasmda  koʻrishimiz  mumkinki,  RTS  indeksining  fond  bozoridagi 
dinamikasi  orqali  10  oy  ichida  “ikki  qoya”  trend  shakli  hosil  boʻlgan.  Trendning 
ikkinchi  maksimum  nuqtasi  narxlarning  qayrilishini,  burilishini  ifodalab,  bozorda 
RTS  indeksi  trendi  tendensiyasining    oʻzgarishini  anglatadi,  yaʼni  “buqalar” 
trndidan  “ayiqlar”  trendiga.  Investor  uchun  bu  trend  shaklining  ahamiyati 
shundaki,  ikkichi  maksimum  nuqta  RTS  indeksining  keyingi  savdolarda 
pasayishini ogoh qiladi.  
 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish