Korxonaning moliyaviy holati tahlili
Korxonalarning ichki va tashki omillar ta’siri ostida shakllangan moliyaviy holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga, bu korxona bilan aloqada bo’lgan boshqa tashkilotlar va korxonalarning moliyaviy holatiga ta’sir ko’rsatadi. Umuman korxonalarning ishlab chiqarish, xo’jalik faoliyatini, jumladan ularning moliyaviy holati tahlili asosini bir butun kompleks iqtisodiy fanlar: iqtisodiy nazariya, makro va mikro iqtisodiyot, menejment va marketing, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moliya, kredit, pul muomalasi va boshqalar tashkil etadi. Demak, tahlilchi mutaxassis-auditorlar keng iqtisodiy ilmga ega bo’lishlari lozim. Iqtisodiy adabiyotda, ma’lumki, “Moliyaviy tahlil” atamasidan foydalaniladi. “Moliyaviy tahlil” iqtisodiy tahlilning bir shakli xisoblanadi, ikkinchi shakli - bu “boshqaruv tahlili”. Demak, mazmunan “Moliyaviy tahlil” va “Korxonalarning moliyaviy holati tahlili” - bu xar xil mazmunga ega bo’lgan iboralar. Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish, ya’ni moliyaviy tahlil — keng ko’rsatkichlar yordamida, kompleks usullaridan foydalanib korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini ifodalashdir. Moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab jarayon bo’lib, u tashkil qilinishi, buning uchun esa bir qator talablarga asoslanishi kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat: - mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar o’rtasidagi aloqalarni borligini bilish; - moliyaviy tahlil mobaynida mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlardan birgalikda foydalanish; - moliyaviy tahlil mantiqiy ravishda amalga oshirilib, u induktiv usulga — alohida xodisalardan umumiy xodisalarga o’tish, moliyaviy holatning bir shakl ko’rinishidan umumiy ko’rinishga o’tish va deduktiv usulga — umumiy xodisalardan alohida xodisalarga o’tishga asoslanib tahlil qilish; - hamma foydalanilayotgan ko’rsatkichlar bir xil, asoslangan usulda aniqlanishi lozim; - moliyaviy holatni tahlil qilishda tahlil qilinayotgan korxona
ko’rsatkichlarini boshqa korxonalar, o’rtacha tarmoq ko’rsatkichlari va ilg’or korxonalar ko’rsatkichlari bilan taqqoslash; - moliyaviy tahlilning har tomonlama bo’lishligi va korxonalarning umumiy moliyaviy holatiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil etish; - moliyaviy tahlilni samarali o’tkazish uchun kerakli ma’lumotlarni oldindan tayyorlash va bu borada asosiy tasdiqlangan moliyaviy manbalar bilan cheklanmasdan birlamchi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan foydalanish; - moliyaviy tahlil ob’ektiv ravishda tashkil qilinib, u korxonalarning moliyaviy holati real darajasini ifodalashi lozim; - moliyaviy tahlil o’z vaqtida o’tkazilib, tahlil yakunlariga asoslanib, moliyaviy holatni yaxshilash choralarini o’z vaqtida amalga oshirishga imkon berish; - moliyaviy tahlil kompleks ravishda o’tkazilib, unda moliyaviy holatning hamma shakl va yo’nalishlari ifodalanishi lozim; - moliyaviy tahlil o’z vaqtida va xaqqoniy bo’lib, u moliyaviy holatni ko’tarishga bag’ishlangan tadbirlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishga imkon berishi; - moliyaviy holatni tahlil qilish shunday vaqtda o’tkazilishi lozimki, tahlil yakunlari qo’yilgan maqsadni amalga oshirib, korxona boshqaruvini takomillashtirishga imkoniyat tug’dirishi lozim; - moliyaviy tahlil barcha yig’ilgan va umumlashtirilgan ma’lumotlarga asoslanib, kerakli ko’rsatkichlardan foydalanib, bu ko’rsatkichlarning asosliligi to’g’ri usullarda aniqlanishi lozim, Ko’rinib turibdiki, moliyaviy tahlil ko’p qirrali murakkab va muhim bo’lganligi sababli u bir qancha talablarga asoslangan bo’lishi lozim. Yuqorida ko’rilgan talablarga asoslanib, moliyaviy tahlil korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda, quyidagi vazifalarni bajarishga yo’naltirilishi kerak:
ATB “Agrobank” bankining istiqboldagi rivojlanish yo`nalishlarini
o’rganish.
Moliyaviy sektorni izchil isloh qilish davomida qator chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ilg‘or bank biznesini yuritish hamda ushbu sektorda raqobat muhitini kuchaytirish uchun zarur huquqiy shart-sharoitlar yaratildi.
Xususan, xalqaro standartlarga muvofiq keladigan va moliyaviy sohaga xorijiy investitsiyalar kiritish uchun jozibador huquqiy muhitni yaratadigan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi, “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi hamda “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida”gi yangilangan qonunlari qabul qilindi.
Shu bilan birga, bank sohasidagi hozirgi holat tahlili bank sektorida davlatning yuqori darajadagi aralashuvi, davlat ishtirokidagi banklarda menejment va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatining yetarli emasligi, iqtisodiyotda moliyaviy vositachilikning past darajasi kabi bank sektorini iqtisodiy yangilanishlar va jamiyat ehtiyojlariga mos ravishda rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan qator tizimli muammolar mavjudligini ko‘rsatmoqda.
Moliyaviy xizmatlarning ommabopligini oshirish, banklarning hududlarga kirib borishini kengaytirish va barcha aholi punktlarida bir xil turdagi xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rilishi lozim.
Bank tizimiga zamonaviy servis yechimlari asosida axborot texnologiyalarini, moliyaviy texnologiyalarni keng joriy etish, axborot xavfsizligini lozim darajada ta’minlash, shuningdek, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda inson omili ta’sirini kamaytirish bo‘yicha tezkor chora-tadbirlar ko‘rish talab etilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda, shuningdek, xususiy sektor rivojlanishini rag‘batlantirish, banklarning investitsiyaviy jozibadorligini, bank xizmatlari ommabopligi va sifatini oshirish uchun bank sektorini tubdan transformatsiya qilish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasida bank sektorini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
moliya bozorida teng raqobat sharoitlarini yaratish, kreditlashni faqat bozor shartlari asosida amalga oshirish, banklarning davlat resurslariga qaramligini pasaytirish, bank xizmati ko‘rsatishni modernizatsiya qilish, banklarning samarali infratuzilmasini yaratish va faoliyatini avtomatlashtirish, shuningdek, banklar faoliyatiga xos bo‘lmagan funksiyalarni bosqichma-bosqich bekor qilish orqali bank tizimining samaradorligini oshirish;
kredit portfeli va tavakkalchiliklarni boshqarish sifatini yaxshilash, kreditlash hajmlarining mo‘tadil o‘sishiga amal qilish, muvozanatlashgan makroiqtisodiy siyosat yuritish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va xalqaro amaliy tajribaga ega bo‘lgan menejerlarni jalb qilish, moliyaviy tavakkalchiliklarni baholash uchun texnologik yechimlarni tatbiq etish orqali bank tizimining moliyaviy barqarorligini ta’minlash;
davlat ulushi mavjud tijorat banklarini kompleks transformatsiya qilish, bank ishining zamonaviy standartlarini, axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish, banklardagi davlat aksiyalari paketini zarur tajriba va bilimga ega bo‘lgan investorlarga tanlov asosida sotish, shuningdek, davlat ulushi mavjud tijorat banklari va korxonalarni bir vaqtning o‘zida isloh qilish orqali bank sektorida davlatning ulushini kamaytirish;
yetarli darajada xizmat ko‘rsatilmayotgan va zaif qatlamlarda davlat ishtirokini kuchaytirish va manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholi va kichik biznes uchun masofaviy xizmatlarni keng joriy qilish, kamxarj xizmat ko‘rsatish nuqtalari tarmog‘ini rivojlantirish, shuningdek, respublika yagona moliya tizimining o‘zaro to‘ldiruvchi qismi sifatida nobank kredit tashkilotlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali moliyaviy xizmatlar ommabopligini va sifatini oshirish.
Xulosa.
Tanishuv amaliyoti bo’yicha shuni xulоsа qilish mumkinki, mаmlаkаtimiz iqtisоdiyоtining yеtаkchi tаrmоg‘i bо‘lmish bаnk tizimimiz bugungi kun zаmоn tаlаbigа jаvоb bеrishi uchun о‘z fаоliyаtidа zаmоnаviy tеxnоlоgiyаlаrni qо‘llаshi birinchi dаrаjаli dоlzаrb mаsаlа hisоblаnаdi. Shundаy zаmоnаviy tеxnоlоgiyаlаr аsоsidа mаsоfаviy bаnk xizmаtlаri, xususаn Intеrnеt-bаnking xizmаtining fаоl jоriy еtilishi еng muhim mаsаlа еkаnligi shubhаsiz. Xо‘jаlik yurituvchi sub’еktlаr, kichik biznеs vа xususiy tаdbirkоrlik sub’еktlаri tоmоnidаn еlеktrоn tijоrаt vа еlеktrоn tо‘lоvlаr imkоniyаtlаridаn оqilоnа fоydаlаnilgаnligi tufаyli tijоrаt ishidа hаmkоrlаrni tоpish, shаrtnоmаlаrni tuzish, tаshqi bоzоrgа tеzkоr chiqishdа kеng imkоniyаtlаr yаrаtilib, ushbu imkоniyаtlаr ulаrning rаqоbаtbаrdоshligini оshirishdа аsоs bо‘lib xizmаt qilmоqdа. О‘z nаvbаtidа, bundаy hоlаt milliy iqtisоdiyоtimizning bаrqаrоrligini tа’minlаmоqdа. Shundаy еkаn, ushbu sоhаni yаnаdа kеngаytirish, bаnk mijоzlаri uchun qulаy imkоniyаtlаr yаrаtishdа tinmаy izlаnishlаr оlib bоrish lоzim, dеb о‘ylаyman. Bizga ma’lumki, har bir sohada raqobat muhiti mavjud bo’lganidek, bank tizimida ham raqobat mavjud, ya’ni baklarimiz mijozlar jalb qilish borasida raqobatlashishadi. Shunday ekan, banklarimiz doimo mijozlarga qulaylik yaratib, ularning e’tiborini qozonish maqsadida yangi zamonaviy bank xizmatlarini taklif qilib borishlari zarur.
ATB “Agrobank” bankni yаnаdа rivоjlаntirish vа yаkuniy nаtijаlаrgа еrishish mаqsаdidа quyidаgi yо’nаlishlаrdа chоrа-tаdbirlаr аmаlgа оshirilib kеlinmоqdа:
bank tomonidan kichik biznеs vа xususiy tаdbirkоrlik sub’еktlаrini mоliyаviy qо’llаb-quvvаtlаsh bо’yichа ishlаrni yаnаdа fаоllаshtirish;
kо’rsаtilаyоtgаn bаnk xizmаtlаri turlаrini, raqamli bank xizmatlarini kо’pаytirish vа sifаtini yаnаdа yаxshilаsh, xususаn, bаnk infrаtuzilmаsini rivоjlаntirish, аyniqsа, qishlоq jоylаrdа аxbоrоt-kоmmunikаtsiyа tеxnоlоgiyаlаrini kеng qо’llаgаn hоldа mаsоfаdаn turib bаnk xizmаtlаrini kо’rsаtish kо’lаmlаrini yаnаdа kеngаytirish;
Shuningdеk, umumiy xulоsа о‘rnidа shuni аlоhidа qаyd еtish lоzimki, ilmiy-tadqiqot ishimda tа’kidlаb о’tilgаn bаrchа mаsаlаlаr ATB “Agrobank” bank tizimini аmаliyоti uchun kеlаjаkdа judа muhim аhаmiyаt kаsb еtishi rаvshаn hоdisа. Shundаy еkаn еndilikdа аynаn yangi raqamli bаnk xizmаtlаri joriy etilib, bаnklаr fаоliyаtining kеlаjаgini tаshkil еtuvchi tizimlаr sifаtidа kаttа sаhnаgа chiqqаndа ushbu yuqоridа bеrilgаn tаkliflаrning nаqаdаr аmаliyоtgа mоs kеlishini kuzаtishimiz mumkin bо‘lаdi. Yana eng muxim bir jihatini takidlab o’tmoqchiman aloxida bank xodimlarining mijozlarga ko’rsatayotgan muommila madaniyatini yaxshi ekanligi va bundan mijozlarning yuzlarida minadorlik xissini ko’rish meni albatta quvontirdi. Albatta o’z kasbimning mohir kadri bo’lib oliy talimni a’lo baxolarga bitirganimdan so’ng bank faoliyatida buxgalteriya yo’nalishida o’z faoliyatimni davom ettirmoqchiman.
Do'stlaringiz bilan baham: |