O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “bank ishi” kafedrasi



Download 0,6 Mb.
bet2/9
Sana20.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#827798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi Dushanova Sh 57-2 - Bank hisobi tahlili

Sh.M.Mirziyoyev

Kirish


Bozor munosabatlarining muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lgan bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish, iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqaro bank tizimi talablariga mos keluvchi mahalliy banklar faoliyatini tashkil qilish va ular faoliyatini yanada takomillashtirish shu kunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Yaxshi taraqqiy etgan bank tizimi va banklar faoliyatiga ega bo‘lmagan jamiyat rivojlana olmaydi.
Soʻnggi yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi bank tizimini takomillashtirish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning dastlabki natijalari bank faoliyatining fundamental asoslarini shakllantirish va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻrtasida maʼlum uzilishlar mavjudligidan dalolat bermoqda. Mazkur holat birinchi navbatda, bank tizimining yaqin va uzoq istiqboldagi holatini belgilab beruvchi strategik rivojlanish dasturlari va yoʻnalishlariga taʼalluqlidir. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasini 2017 – 2021 yillar davomida yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida: “Bank faoliyatini tartibga soluvchi zamonaviy tamoyil va mexanizmlarni joriy etish, ularning samarali faoliyat koʻrsatishiga yoʻl qoʻymayotgan toʻsiqlarni bartaraf etish yoʻnalishida 2018-2019 yillarga moʻljallangan bank faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar, shu jumladan bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining talablariga asosan, tijorat banklarining mablagʻlari yetarliligi va likvidliligi darajasi koʻrsatkichini qoʻllab-quvvatlash” zarurligi qayd etilgan. Bu bilan 2019 yilning yakunigacha bank nazorati boʻyicha xalqaro Bazel – 3 kelishuvi talablarining bank faoliyatiga joriy etish jarayonlari yakunlanishi nazarda tutilmoqda.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ – 3270 son Qarorida qayd etilgan “2018 yilning 1 apreligacha banklarni ilgʻor amaliyot va xalqaro standartlar asosida faoliyat yuritadigan moliyaviy barqaror va raqobatdosh muassasasiga sifatli transformatsiya qilishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli rivojlantirish strategiyalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash” vazifasining toʻliq bajarilmasligi strategik masalalarning muhimlilik darajasi xozircha bank tizimida toʻliq eʼtirof etilmayotganligidan dalolat beradi.
Bank maxsus muassasa sifatida o‘ziga xos bo‘lgan funksiya va operatsiyalarni bajaradi. U bajaradigan bu funksiya va operatsiyalar banklar faoliyatining qator boshqa bozor munosabat sub’ektlari faoliyatidan ajralib turshiga asos hisoblanadi..
Bank bozor munosabatlarining boshqa sub’ektlaridan farqli o‘laroq pul bilan ishlovchi, vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini o‘zida yig‘uvchi, uni pul zarur bo‘lgan sub’ektlarga vaqtincha foydalanishga berib turuvchi va bu pul mablag‘larini samarali ishlatish asosida o‘z faoliyatini olib boruvchi muassasa hisoblanadi.
Odatda iqtisodiyotning holati banklar faoliyati bilan aniqlanadi. Banklar iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi organ hisoblanib moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va olib borishda vositachi sifatida, kapital aylanishining uzluksizligini ta’minlash, bo‘sh pul mablag‘larini yig‘ish va ularni pul zarur bo‘lgan sub’ektlar o‘rtasida taqsimlash bo‘yicha faoliyat olib boradi. Banklar faoliyatining boshqa sub’ektlardan farqli yana bir tomoni shundaki, ular asosan jalb qilingan mablag‘larga tayanib ishlaydilar. Bu esa o‘z navbatida bank ishining risklilik darajasini oshiradi. Chunki bank bir tomondan unga o‘z jamg‘armalarini ishonib topshirgan yuridik va jismoniy shaxslar oldida majburiyatga ega bo‘lsa, ikkinchi tomondan bank o‘z aksiyadorlari oldida majburiyatga ega. Shu sabab banklar mablag‘larni doimo iqtisod qilib ish olib boradilar. Banklar faoliyatidagi bunday ehtiyotkorlikni mashhur yozuvchi Mark Tven "Bankir shunday odamki, u quyosh chiqib turganda sizga soyabonini berib turadiyu, yomg‘ir yog‘ishi bilan uni sizdan tortib oladi" deb ta’riflagan edi.
Jahon amaliyotida banklar mijozlarga 300dan ortiq turli xil operatsiyalarni tavsiya qiladilar. Mobilizatsiyalashgan pul mablag‘larini banklar mijozlarni kreditlash uchun va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalaniladi.


  1. Download 0,6 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish