O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “bank ishi” kafedrasi


Faktoring operatsiyalarining iqtisodiy mohiyati



Download 0,6 Mb.
bet3/9
Sana20.07.2022
Hajmi0,6 Mb.
#827798
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kurs ishi Dushanova Sh 57-2 - Bank hisobi tahlili

Faktoring operatsiyalarining iqtisodiy mohiyati


Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari mijozlarning mo­liyaviy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish va foyda manbasini oshirish maqsadida qator noa’nanaviy operatsiyalarni bajaradi. Bunday operatsiyalar sirasiga faktoring operatsiyalarni kiritish mumkin.
Faktoring operatsiyalarida banklar tovar sotib oluvchining qarz hujjatlarini sotib oladi, unda asosan uchta tomon ishtirok etadi.
Ingliz tilidan „factor“ so‘zi „makler, vositachi“ degan ma’noni anglatadi.
Birinchisi, faktor – vositachi, bankning faktoring operatsiyalarini bajaruvchi bo‘limi. Odatda, rivojlangan mamlakatlar tajribasida faktoring operatsiyalarini amalga oshirishga ixtisoslashgan faktoring kompaniyalari tashkil etish amaliyoti ham mavjud.
Ikkinchisi, mijoz (tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi), faktor – vositachi bilan kontrakt tuzuvchi sanoat yoki savdo firmasi.
Uchinchisi, tovar sotib oluvchi.
Mijoz sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlar uchun olinishi lozim bo‘lgan pul mablag‘ini talab qiluvchi hujjatlar asosida “faktor – vositachi” bilan faktoring operatsiyasi bo‘yicha shartnoma tuzadi. Faktor – vositachi imzolangan faktoring shartnomasi asosida, ma’lum komission to‘lov hisobiga mijozga sotilgan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lovni amalga oshiradi. Soddaroq qilib aytganda, faktor – vositachi mijozdan tovar sotib oluvchiga mablag‘larni to‘lash bilan bog‘liq to‘lov hujjatlarni komission to‘lov asosida “sotib oladi”.
Faktor – vositachi mijoz bilan faktoring operatsiyasini imzolayotganda tovar sotib oluvchining moliyaviy holatini oqilona baholashi juda muhim hisoblanadi. Agar sotib oluvchining moliyaviy holati yomonlashib, faktoring operatsiyasi bo‘yicha faktor – vositachi tomonidan mijozga to‘lagan summani to‘lay olmasa, ushbu zarar faktor – vositachining gardaniga tushadi.
Faktoring operatsiyalari vositachilik operatsiyalariga tegishlidir. Bunda bank mijozning qarzga oid talablarini ularga yetkazib berish qiymatining 80 foiz shu zahoti to‘lash va qolgan qismini kredit uchun foizlar va vositachilik haqini chiqarib tashlab to‘lash shart bilan sotib oladi.Vositachilik operatsiyalarining o‘ziga xos turi - ishonch operatsiyalari. Bunda bank mijoz topshirig‘i bo‘yicha ma'lum mulkni pul yoki qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida, saqlash, o‘tkazish va boshqarishni o‘z zimmasiga oladi.Bularga, shuningdek, savdo - vositachilik operatsiyalari -mijoz topshirig‘i bo‘yicha qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlarning oldi-sotdisi, qimmatli qog‘ozlar va hokazolarning oldi-sotdisi ham kiradi.Bankning trast operatsiyalari vositachilik operatsiyalarining turi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mulkka egalik qilinishning keng tarqalgan shakli - bu aksiya, obligasiya va pul mablag‘lari. Moliyaviy vositalar miqdorini va moliyaviy aktivlar summasining ko‘payishi natijasida tijorat banklari trast (ishonchli) operatsiyalarni kengaytiradilar. Banklarning trast departamentlari zamonaviy transmilliy banklarining eng rivojlangan bo‘linmalaridan biridir.
Faktoring – bank yoki boshqa moliya tashkilotlarining korxonalar qarzini, xususan yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar, xizmatlar uchun haq to‘lash majburiyatlarini sotib olishdir. Faktoring ushbu tovarlar uchun ular yetkazib berilishiga ko‘ra, yuklash hujjatlari ko‘rsatilganda to‘lanishini ko‘zda tutadi, kelgusida faktoring xizmatini ko‘rsatayotgan tashkilot (bank) xaridorlardan qarzl arni undirib oladi. Jahon amaliyotida faktoring deganda, tovarlar va xizmatlar uchun hisob-kitoblarni amalga oshirish jarayonida faktor tomonidan mijozga ko‘rsatiladigan bir qator komission-vositachilik xizmatlar tushuniladi.
Faktoring riskli, lekin yuqori foydali bank biznesi, moliya marketingining samarali quroli, iqtisodiyotning rivojlanishi, zamonaviy jarayonlarga mos bo‘lgan bank operatsiyalarining integratsiyalash shakllaridan biri hisoblanadi. Faktoring operatsiyalari xalqaro kreditning bir shakli bo‘lib, eksportyor, importyorlarga pul mablag‘larini maxsus kompaniya tomonidan sotib oladi va ularning inkassatsiyasi bilan shug‘ullandi.
Iqtisodiyotda faktoring operatsiyalarni vujudga kelishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ta’kidlash mumkin:
– sotib oluvchi korxona va tashkilotlar olingan tovar yoki ko‘rsatilgan xizmatlarga to‘lashi lozim bo‘lgan mablag‘larni o‘z vaqtida to‘lash imkoniyatlarining mavjud emasligi. Bu qator ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlar tufayli vujudga keladi;
– tovar sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi mijozning ishlab chiqarish jarayonini doimiy ravishda davom ettirib turishi uchun moliyaviy mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning zarurligi;
– banklarning moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanish hisobiga qo‘shimcha foydani shakllantirishga bo‘lgan ehtiyojining mavjudligi.
Faktoring ixtisoslashtirilgan savdo vositachilarining, keyinchalik esa savdo banklarining operatsiyasi sifatida XVI–XVII asrlarda vujudga kelgan.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan, faktoring shubhasiz vositachilik bilan bog‘liq operatsiya hisoblanadi. Faktoring keyinchalik to‘lovlarni olish bilan tovar va xizmatlarni qayta sotish, qarzlarni undirib olish huquqiga ega bo‘lish sohasida ham qo‘llaniladigan bo‘ldi. Boshqacha qilib aytganda, faktoring – vositachilik faoliyatining bir turi bo‘lib, bunda faktoring kompaniyasi ma’lum to‘lovlar evaziga mol yetkazib beruvchi korxonadan mol sotib oluvchilarga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini undirib olish huquqini oladi (debitor qarzdorlikni inkassatsiya qilish).
XX asrning 60-yillaridan boshlab, faktoring kompaniyalarining rivojlanishiga to‘lovlarning to‘xtab qolishi, to‘lay olmaslik, shuningdek, eksportyorlarning kreditlarga bo‘lgan ehtiyojining o‘sishi sabab bo‘ldi. Ulardan avval tovar oldi-sotdisi, komission operatsiyalar bilan shug‘ullangan faktoring turi bo‘lgan. O‘rta asrlarda savdogarlar guruhi ishlab chiqaruvchilar uchun noma’lum bozorlarda tovarlarni sotish bo‘yicha agent shaklida, ishtirok etganlar va shu asnoda tovarli faktoringga asos solingan.
Faktoring ko'pincha forfeyting bilan chalkashib ketadi, bu ham savdo kreditining o'ziga xos turidir. Forfeyting agent/forfaytorning qarz beruvchidan qarz oluvchining tijorat xarakteridagi qarzini sotib olishini o'z ichiga oladi.
Asosiy farqlar orasida:
forfeytingning asosiy qo'llanilishi turli mamlakatlar biznes vakillari o'rtasida tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishdir;
forfeytingda regressga murojaat qilish imkoniyatining yo'qligi, ya'ni majburiyat bo'yicha barcha risklar forfeytorga o'tadi, bu holda u endi etkazib beruvchiga murojaat qilish huquqiga ega emas;
forfeyting katta hajmdagi uzoq muddatli majburiyatlar bilan tavsiflanadi, faktoringdan foydalanish kichikroq summadagi qisqa muddatli qarzlar uchun foydalidir;
forfeyting jarayoni majburiy ravishda forfeytor ishtirokida sodir bo'ladi;
forfeiting bilan butun summa to'lanadi, faktoring bilan umumiy summaning bir qismi muzlatiladi.
Moliya faktoringi AQSHda 1890-yilda to‘qimachilik bo‘yicha Yevropadan importni to‘xtatish uchun himoya bojlarining kiritilishi bilan paydo bo‘ldi, lekin u Ikkinchi jahon urushidan keyingina keng rivojlandi.
Faktoring operatsiyalari sotilgan tovarlar uchun to‘lovni kechiktirish shaklida sotuvchilar tomonidan sotib oluvchilarga taqdim etiladigan tijorat krediti asosida vujudga kelgan. 1988-yil xususiy huquqni unifi katsiyalash Xalqaro instituti tomonidan qabul qilingan Xalqaro faktoring to‘g‘risidagi konvensiyaga asosan operatsiya quyidagi 4 ta belgilardan kamida 2 tasini qondirsa, faktoring hisoblanadi, deb kelishib olingan. Ular quyidagilardir:
1. Qarz talablarini oldindan to‘lash shaklida kreditlashga ega bo‘lish.
2. Yetkazib beruvchining buxgalteriya hisobini, ayniqsa, sotuv hisobini yuritish.
3. Uning qarzini inkassatsiya qilish.
4. Yetkazib beruvchini kredit riskidan sug‘urta qilish.
Faktoringga bo'lgan ehtiyoj jahon savdosining o'sishi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, tovarlar jo'natilgandan keyin va to'lovdan oldin tobora katta davrlar paydo bo'la boshladi.
Faktoringga bo'lgan ehtiyoj fors-major holatlarida paydo bo'lishi mumkin.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish