Xulosa
Tijorat banklari faoliyatini o’rganish jaroyonida shunday xulosaga keldikki O’zbekison Respublikasi tijorat banklari faoliyati, ularning tashkil topish asoslari O’zbekiston Respublikasi qonunlari, meyoriy xujjatlariga asosan asosan amalga oshiriladi va ularning tijorat faoliyatini olib borishlari, turli xil operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun imtiyozlar va qulayliklarga egaligini ko’rishimiz mumkin.
Hozirgi vaqtda respublikamiz tijorat banklari aktivlarining tarkibida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni ssuda va lizing operatsiyalari, ikkinchi o‘rinni esa boshqa banklardagi va O‘zR Markaziy bankidagi mablag‘lar egallaydi. Holbuki, O‘zR Markaziy bankidagi mablag‘lar daromad keltirmaydigan aktiv hisoblanadi va ularning daromadlilik darajasi esa, deyarli yo‘qdir. Rivojlangan industrial mamlakatlarning bank amaliyotida esa, tijorat banklari aktivlarining tarkibida salmog‘iga ko‘ra birinchi o‘rinni kreditlar, ikkinchi o‘rinni qimmatli qog‘ozlar shaklidagi aktivlar, uchinchi o‘rinni esa, kassali aktivlar egallaydi. Qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar daromadlilik darajasiga ko‘ra kreditlardan keyingi aktiv hisoblanadi. Bundan tashqari, ular banklarning likvidliligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. SHu boisdan ham, ko‘plab xorijiy banklarda aktivlarning daromadlilik darajasini yuqori ekanligi kuzatiladi.
Bizning asosiy muammolarimizdan biri, Respublikamiz tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarining rivojlanmaganligi.
Respublikamiz tijorat banklarining milliy va xalqaro fond birjalaridagi faoliyati sustligicha qolmoqda. Bu holat banklarning qimmatli qog‘ozlar portfelini tahlil qilish jarayonida yaqqol namoyon bo‘ldi. Holbuki, rivojlangan xorijiy davlatlar bank amaliyotida qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalar banklarning ssudalardan keyingi ikkinchi asosiy faoliyat turi hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida faktoring xizmatlari o’sish tendensiyaga ega bo’lsada, foydalanilmagan imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyatlarni amalga oshirish uchun quyidagilarni taklif qilamiz:
* faktoring beruvchilarga kredit axbaroti tizimining aktiv ishtirokchilari bo’lishlari, undan samarali foydalanishlari uchun sharoit yaratish kredit xatarini ancha kamaytirgan bo’lar edi:
* jixozlar xar xil maishiy texnika vositalari, avtotransport vositalarini, ro’zg’orda foydalanildigan qishloq xo’jaligi taxnikalarini jismoniy shaxslarga xam faktoringa bersa jismoniy shaxslarda oldinga intilish, o’z ishlab chiqarishini amalga oshirishga imkon tug’ilar edi:
Yuqorida keltirilgan fikrlar, faktlar faktoringning rivojlanishi qolaversa Respublikamiz iqtisodiyotining, bank tizimining barqarorligini ta’minlashda ishtirok etadi. Faktoringdan foydalanishning kengayishi, investitsiya muxitining yangilanishi, samaradorligining oshishi, makroiqtisodiy barqarorliokning mustaxkamlanishiga olib keladi. Natijada mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojlanadi va axoli turmush darajasi yanada yaxshilanadi.
Yakunlovchi fikr sifatida ta’kidlash mumkinki, har qanday iqtisodiyotda banklarning noa’ananaviy operatsiyalarini rivojlanishiga qator omillar ta’sir qiladi. Xususan, milliy valyutaning xorijiy valyutalarga nisbatan kursining barqarorligi, real inflyatsiya darajasining xalqaro amaliyotda umumqabul qilingan me’yorlarini ta’minlanishi, bank tizimiga aholi va mijozlar ishonchining mustahkamligi kabilar shular jumlasidandir.
Mazkur kurs ishini yozish davomida mamlakatimiz tijorat banklarining vositachilik operatsiyalarini rivojlantirish, mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida quyidagi takliflarni ishlab chiqdim:
Tijorat banklarining vositachilik operatsiyalarini tartibga soluvchi meyoriy huquqiy bazani takomillashtirish lozim;
Tijorat banklarining qimmatli qogozlar bozoridagi faolligini oshirish maqsadida banklarning qimmatli qogozlar bozoridagi vositachilik operatsiyalari xususan anderrayterlik, brokerlik va depozitar faoliyat natijasida olgan daromadlari boyicha foyda soligidan imtiyozlar joriy qilish kerak;
Tijorat banklarining ishonchli, moliyaviy barqaror bo`lgan mijozlari guruhiga xalqaro factoring xizmati korsatish yoli bilan factoring operatsiyalari miqdori va daromadliligini oshirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |