O„quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‗qitishdan maqsad – talabalarda arxeologiya fanining nazariy va amaliy asoslari,
arxeologik davrlashtirishning asosiy tamoyillari, arxeologiya fani tarixi, arxeologik kashfiyotlar
tarixi xaqida ko‗nikma va malaka shakllantirish.
Fanning vazifasi - talabalarga mintaqadagi eng muhim arxeologik majmular (ibtidoiy
manzilgohlar, ilk urbanistik yodgorliklar, antik davr va o‗rta asrlar arxeologik ob‘ektlari),
ularning o‗rganilish tarixi, tarixiy talqini, moddiy madaniyat majmularining tarixiy-madaniy
mohiyati tasviriy san‘at obidalari (hajmli, rang-bo‗yoq va b.), ma‘naviy-mafkuraviy funksiyaga
ega yodgorliklarning tarixiy talqini, turmush madaniyati bilan bog‗liq maishiy-moddiy
yodgorliklarni talqin etishga o‗rgatishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |