O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi toshkеnt davlat sharqshunoslik instituti


  yilda  Odessa  tarix  va  qadimiyat  jamiyati  tashkil  etilib,  1844  yildan



Download 14,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/205
Sana28.07.2021
Hajmi14,42 Mb.
#130770
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   205
Bog'liq
Arxeologiya 1

1839  yilda  Odessa  tarix  va  qadimiyat  jamiyati  tashkil  etilib,  1844  yildan  olib  borilgan 
qazuv ishlarining natijalari har yili nashr etib borilgan. 
Yevropa  davlatlari  singari  Rossiya  jamiyatida  ham  Sharqqa  qiziqish  ortadi.  Chor 
hukumati a‘zolari Kavkaz va O‘rta Osiyo hududlarida amaliy san‘at namunalari va qo‘l yozma 
asarlarni izlash va yig‘ishga qiziqish kuchayadi. 
1818  yil  Kunstkamera  tarkibida  Osiyo  muzeyi  tashkil  etiladi.  1846  yil  Peterburgda 
arxeologiya va numizmatika jamiyati tashkil qilinib, bu jamiyat arxeologik ishlarni tashkil etish 
bilan  shug‘ullangan.  1855  yil  Peterburg  universitetida  Sharq  fakulteti  ochiladi.  Uning  birinchi 
dekani  Kazanbek  O‘rta  Osiyoda  bir  necha  marta  ekspeditsiyalar  uyushtirib,  qator  tarixchi 
olimlarni yuboradi. 
Turkiston o‘lkasi Chor Rossiyasi tomonidan bosib olingach, bu yerda ham mazkur fanga 
qiziqish  orta  boshlaydi.  1895  yil  11  dekabrda  Turkiston  arxeologiya  havaskorlari  to’garagi 
tuziladi. 
XIX  asrning  80-90-yillarida  mahalliy  aholi  orasidan  ham  qadimiyatga  qiziquvchilar 
ko‘payadi.  Masalan,  Mirza Buxoriy Mirza Abdullo, Mirza Barat  Mullaqosimov, Akram Polvon 
Asqarov,  Muhammad  Vafo,  Alixo’ja  Yunusov,  Mirza  Hakim  va  boshqalar  qadimgi  buyumlar 
hamda  chaqatangalarni  to‘plash  bilan  shug‘ullanishgan.  Bu  davrda  Afrosiyob,  Ulug‘bek 
rasadxonasi va Poykand xarobalarida dastlabki qazuv ishlari olib borilgan.  


 
 
24 
 
Keyinchalik  V.L.  Vyatkin  Afrosiyob  xarobasini  (1925,  1929-30),  B.P.  Denike  qadimgi 
Termizni  (1926-27),  M.Ye.  Masson  Ohangaron  vodiysini  (1925-28),  Ayritom  xarobalarini 
(1932-33), qadimgi Termizni (1936-38), A.Yu. Yakubovskiy Zarafshon vodiysini (1934, 1939), 
V.A. Shishkin Tali Barzu (1936-38) va Varaxshani (1936-39), S.P. Tolstov va Ya.G‘. G‘ulomov 
qadimgi Xorazm vohasida (1937-50), A.P. Okladnikov Teshiktosh va Machay g‘orlarini (1938-
39), V.V. Grigorev Qovunchitepa xarobalarini qazib o‘rgandilar.     
1940  yilda  O‘rta  Osiyo  Davlat  universitetining  Tarix  fakulteti  bazasida  M.Ye. 
Massonning tashabbusi bilan O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi tashkil etiladi. Kafedra a‗zolari 
tomonidan O‘rta Osiyoning turli respublikalarida, ayniqsa Turkmaniston va O‘zbekistonda keng 
ko‘lamli  qazuv  ishlari  olib  borildi.  1963  yilda  Qashqadaryo  vohasining  yuqori  qismini  tadqiq 
etish uchun Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiyasi tashkil etiladi. 
1970 yilda O‘zR FA Arxeologiya institutining tashkil etilishi arxeologik tadqiqotlarning 
ko‘lamini yanada kengaytirdi. 
XX  asr  davomida  butun  Orta  Osiyo  hududida  barcha  davrlarga  taalluqli  arxeologik 
yodgorliklar, qadimgi kanallar, suv o‘zanlari o‘rganildi.  
2001  yil  24  oktabrda  Termiz  Arxeologiya  muzeyi  Termiz  shahrining  2500  yilligi 
munosabati  bilan  (2  aprel  2002  yil)  tashkil  etildi.  Ushbu  muzey  O‘rta  Osiyodagi  yagona 
mutaxassislashtirilgan muzey hisoblanadi. 
M.Ye.  Massonning  ta‘rificha  arxeologiya  –  tarixning  bir  sohasi  bo‘lib,  kishilik  jamiyati 
o‘tmishi  va  faoliyatini  xilma  xil  izlariga,  aksariyat  hollarda  moddiy  yodgorliklarga,  imkoniyat 
bo‘lgan  joyda  esa,  yozma  manbalarga,  til,  etnografiya,  geologiya,  tuproqshunoslik, 
antropologiya, zoologiya, botanika va boshqa fanlar yutuqlariga tayanuvchi fandir. 
Bizga ma‘lumki,  tarix fani  moddiy manbalarni o‘z ichiga oladi.O‘tmish  tarixni tiklashda 
qazish  natijasida  topilgan  moddiy  manbalar  alohida  o‘rin  tutadi.  Moddiy  manbalar  madaniy 
qatlamlarda  saqlanadi.  Moddiy  manbalar  yozma  manbalardan  qadimiy  bo‘lib,  tarixning  ulkan 
qismini moddiy manbalar, ya‘ni arxeologik topilmalar orqaligina tiklash mumkin. 
Moddiy manbalarning ko‘pi  yer qa‘rida saqlanadi. Bular  – tosh qurollari, har xil mehnat 
qurollari,  suyaklar  va  hakozalar.  Moddiy  manbalar  yordamida  o‘tmish  tarixiy  jarayonlari  – 
ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy voqealari o‘rganiladi.  
Arxeologik manbalarni shartli ravishda 2 turga bo‘lish mumkin: 
1. Tabiiy manbalar inson va hayvon suyaklari, o‘simliklar qoldiqlari va geologik qatlamlar 
bo‘lib, ularni asosan zoologlar va botaniklar o‘rganadi. 
 2.  Sun‘iy  yoki  inson  tomonidan  yaratilgan  manbalar.  Ular  mehnat  qurollari,  yarog‘-
aslahalar, sopol idishlari, san‘at va zeb-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari, yozuv hamda uning 
manbalari va hakozolar. 
Arxeologiya  insoniyatning  o‘tmish  tarixini  o‘rganishda  arxeologik  ekspeditsiyalar 
natijasida topilgan ibtidoiy makonlar, qishloqlar, shaharlar, mudofaa va suv inshootlari, qoyatosh 
rasmlari  hamda  boshqa  buyumlarga  suyanib  ko‘radi.  Arxeologik  ekspeditsiyalar  deyilganda 
viloyat,  shahar,  tuman,  qishloq  va  boshqa  joylarda  moddiy  madaniyat  yodgorliklarini  dala 
tadqiqot yo‘li bilan o‘rganish usuli tushuniladi.  
Joylarda  arxeologik  ekspeditsiyalarni  maxsus  ilmiy  tadqiqot  institutlari,  oliy  o‘quv 
yurtlarining  arxeologiya  kafedralari,  san‘atshunoslik  institutlari,  muzeylar,  shuningdek  o‘lkani 
o‘rganish to‘garaklari tashkil etadi. 
Arxeologik  ekspeditsiya  va  otryadlarning  ish  uslubi  uch  bosqichli  bo‘lib,  arxeologik 

Download 14,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish