Pul taklifi multiplikatori – bu bankdagi pul depozitlari qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmining majburiy zahiralar qo‘shimcha hajmiga nisbati bo‘lib, pul mablag‘larining bir birlikka ko‘payishi iqtisodiyotdagi pul taklifining qanchaga o‘sishini ko‘rsatadi:
,
bu yerda:
m – pul taklifi multiplikatori koeffitsienti;
Ms - bankdagi pul depozitlarining qo‘shimcha ravishda o‘sgan hajmi;
R - majburiy zahiralar qo‘shimcha hajmi;
r – majburiy zahiraning foizdagi me’yori.
Pul taklifi ko‘p jihatdan inflyatsiya jarayonlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. «Inflyatsiya» atamasi (lotincha inflation – shishmoq, kengaymoq) ilk bora Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi fuqarolar urushi davrida qo‘llanilib, muomalada qog‘oz pullarning haddan ortiq ko‘payib ketishini ifodalagan edi. Iqtisodiy adabiyotlarda esa bu atama XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |