Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkent moliya instituti


I-BOB. BIRJALAR, ULARNING NAZARIY ASOSLARI VA



Download 4,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/177
Sana14.07.2022
Hajmi4,59 Mb.
#797516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
Биржа иши дарслик

I-BOB. BIRJALAR, ULARNING NAZARIY ASOSLARI VA 
RIVOJLANISHI
1.1. Birjalar paydo bo‘lishi va rivojlanishi 
Bugungi kundagi iqtisodiy shart-sharoitlar birjalar samarali faoliyatini ham 
talab etadi. Chunki birjalar bozor infratuzilmasining muhim bo‘g‘iniga allaqachon 
aylangan. Bunda tovar munosabatlari, qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq 
munosabatlar, valyuta munosabatlari samarali amal qilishida tegishli birjalar 
faoliyati muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shundan kelib chiqqan holda har bir 
mamlakat o‘z iqtisodiy taraqqiyotida birjalar faoliyatini rivojlantirishga e’tibor 
qaratadi. 
Birja oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar 
asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxsdir.
Birjalar avvalo tovarlar bozorining rivojlanishi natijasida yuzaga kelgan. 
Shuning uchun ham birjalar evolyutsiyasi xususida fikr yuritilganda, avvalo tovar 
birjalari rivojlanishi ko‘z oldimizga keladi.
Dastlab tovarlar hech qanday tartibga solishlarsiz karvon savdolari orqali 
amalga oshirilgan bo‘lsa, keyinchalik savdo ko‘lamining va tartiblarining 
takomillashuvi tashkillashtirilgan bozorlar rivojlanishini shart qilib qo‘ygan. 
Natijada avvalo yarmarkalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Yarmarka so‘zi ma’nosi 
nemischa “Jahrmarkt” so‘zidan olingan bo‘lib, “har yillik savdo” degan ma’noni 
bildiradi. 
Yarmarkalar faoliyati tovarlar savdolarining tartibga solingan va 
tashkillashtirilgan tartibda amalga oshirilishiga xizmat qilgan. Yarmarkalar 
faoliyatining rivojlanib borishi o‘z navbatida bir tomondan yarmarkalar 
faoliyatining takomillashib borishiga xizmat qilgan bo‘lsa, boshqa tomondan birjalar 
yuzaga kelishiga ham zamin yaratgan. 
Birja 
so‘zi 
niderlandcha 
“beurs”, 
nemischa “Börse”, 
fransuzcha “bourse”, italiyancha “bórsa”, ispancha “bolsa” so‘zlaridan olingan 
bo‘lib, “hamyon”, degan ma’noni anglatadi. 



Birja XIII-XV asrlarda Shimoliy Italiyada paydo bo‘lgan bo‘lib, uning keng 
yoyilishi XVI asrga to‘g‘ri keladi. Bunda Antverpen, Lion va Tuluza shaharlarida, 
so‘ngra London va Gamburgda birjalar faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini qayd etib o 
o‘tish zarur. XVII asrga kelib Evropaning ko‘plab davlatlari savdo shaharlarida 
birjalar faoliyat yuritgan. Jumladan, “birinchi xalqaro tovar birjasi Belgiyaning 
Antverpen shahrida 1531 yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda Evropaning ko‘plab 
mamlakatlaridan tovarlar keltirilib savdolar amalga oshirilgan. 1549 yilda 
Fransiyaning Lion va Tuluza shaharlarida, 1556 yilda esa Londonda birjalar paydo 
bo‘lgan”
1
.
Boshqa qit’alarda birjalar paydo bo‘lishiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Osiyo 
qit’asi bo‘yicha birinchi birja “guruch savdosi bo‘yicha Yaponiyada 1790 yilda 
tashkil etilgan. Amerika qo‘shma shtatlarida birinchi tovar birjasi 1848 yilda 
Chikagoda ochilgan. Birjalar tarixida Amsterdam alohida ahamiyatga ega bo‘lib, u 
erda birinchi marta tovarlar sifati bo‘yicha talablar asosida tovarning o‘zini bevosita 
taqdim etmasdan savdolar amalga oshirilgan”
2

Dastlabki birjalar naqd tovarlarning oldi-sotdisini vositachilar yordamida 
qo‘ldan-qo‘lga o‘tkazish orqali ayriboshlashga xizmat qilgan edi.
Zamonaviy tovar birjalari ulgurji savdoning turli shakllari uzoq evolyutsiyasi 
natijasi va tovar bozorining tashkillashtirilgan turlaridan biridir.
“XII-XIII asrlardayoq Evropadaga yarmarkalarda naqd tovarlar bo‘yicha 
bitimlar to‘lovlarni kechiktirish asosida ham tuzilgan. Ba’zi yarmarkalarda turli 
mahsulotlar sifati bo‘yicha talablarni o‘zida aks ettirgan standartlar ishlab chiqilgan 
va aniq tovarlar partiyalari, hattoki ma’lum tovarlar turlari bo‘yicha ham savdo 
amaliyotida qo‘llanilgan”
3

O‘sha davrdayoq yarmarka savdolari qat’iy qoidalarga asoslangan bo‘lib, 
qoidalar asosida belgilangan maburiyatlarni bajarmagan xaridorlar savdo 
1
Маскаева А.И., Туманова Н.Н. Биржа и биржевое дело. Учебное пособие. – М.: Инфра-М, 2019. – С. 5.
2
Маскаева А.И., Туманова Н.Н. Биржа и биржевое дело. Учебное пособие. – М.: Инфра-М, 2019. – С. 5. 
3
Деева Е.М., Курушин Д.А. Биржевое дело. Учебное пособие. – Ульяновск: УлГТУ, 2015. – С. 7.



hamjamiyatidan chiqarilgan. Bundan tashqari yarmarkalarda bahsli masalalar va 
nizoli vaziyatlarni hal qilish bo‘yicha yarmarka sudlari ham faoliyat ko‘rsatgan.
Amsterdam birjasi qimmatli qog‘ozlar bilan savdolar o‘tkazilgan birinchi 
birja hisoblanadi. Nyu-York fond birjasiga esa 1792 yilda asos solingan. Natijada 
fond birjalari faoliyati yo‘lga qo‘yilishiga zamin yaratildi. 
Davlatlararo savdo-sotiq munosabatlarining rivojlanishi o‘z navbatida valyuta 
bozorlarining, valyuta birjalarining tashkil etishiga sabab bo‘ldi.

Download 4,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish