217
negizidan keng foydalanilgan. Bunday tizimning afzalligi axborot tizimida mavjud
barcha axborotlarning markazlashgan ko’p oqimli va ko’p vazifali qayta ishlanish
hisoblanadi. Bu qimmatbaho hisoblash resurslaridan
foydalanish va markaziy
mashinalar yuqori maxsuldorligini optimallashtirishga imkon beradi. Meyfreyda
ishlashda har ibr foydalanuvchi va har bir jarayonga qo’yilgan vazifalarni hal etishga
imkon beruvchi axborot resurslar majmuasi ajratiladi. Foydalanuvchi mashina Bilan
meynfreym bazasida hisoblash majmuasiga tegishli bo’lgan axborot kiritish-
chiqarish tezkor qurilmalari yordamida ham, majmuaning markaziy mashinasiga
ulangan terminllarda ishlash vositasida ham muomala qilish mumkin. Meynfreymlar
operatsion
tizimi
ishlashi
barqarorligi,
xotira
resruslaridan
foydalanish
himoyalanganligi va samaradorligi, markaziy protsessori (bir yoki bir nechta) va
axborot kiritish-chiqarish periferiya qurilmalari bilan ajralib turadi. Ushbu arxitektura
boshidanoq vaqt taqsimlash tartibida bir vaqtda bir nechta (yoki) ko’plab turli
vazifalarni samarali echishga yo’naltirilgan. Shuning uchun axborotlarni himoyalash
vositalari va to’xtalishlardan himoya rivojlangan.
Operatsion tizimning katta
miqdorda (bir necha mingcha) foydalanuvchilar ishlashiga mo’ljallanganligi
meynfreymlar apparat qismi va operatsion tizimlarga sozlangan tezkor va
rivojlangan telekommunikatsion vositalarni yaratish, barcha asosiy, jumladan, ko’p
oqimli kommunikatsion protokollarni qo’llashni belgilab berdi. Axborotlarni qayta
ishlashning shiddatli rejimida ko’p yillab to’xtovsiz ishlash sharoiti uchun
yaratilgan tizimning apparat qismi yuqori ishonchliligi va barqarorligi bilan
farqlanadi. Faqatgina markaziy mashinaga o’rnatuvchi dasturiy mahsulotlar tizim
foydalanuvchilari uchun zararsiz tarzda modifikatsiya
va almashtirishni etarlicha
oson va tez bajarishga imkon beradi.
Biroq so’nggi yillarda jahon amaliyoti shunga guvohlik beradiki, meynfreymlar
asosidagi asosiy iste’molchilar tizim yangi komp’yuter texnologiyalardan
foydalanib, yanad arzonroq qarorlarni qo’llashga sezilarli darajada qayta yo’nalgan.
Bu quyidagi qator sabalarga ko’ra yuz bermoqda.
1.
Terminal tizimlarini yaratish ko’pincha etkazib beruvchi tomonidan
barcha boshlang’ich tizimlarni rivojlantirish bo’yicha monopollashtirishga olib
keladi.
2.
Yuqori samarli protsessor majmualari asosisda shaxsiy komp’yuterlar va
mini kompyuterlarning intensiv rivojlanishi va axborot texnologiyalari bozorining
ular bilan jihozlanishi qimmat bo’lmagan raqobat echimlari paydo bo’lishiga olib
keladi. Mahsuldorligi va eenrgiya iste’molchi tejimkorligi ortishi barobarida kuchli
mikroprotsessorlar bazasida hisoblash tizimlariga narxlar pasayishi bu tizimlarni
meynfreymlar uchun an’anaviy - banklar,
kommunikatsiya, moliyaviy faoliyat,
murakkab korporativ tizimlar kabi sohalarda keng qo’llash uchun juda diqqatga
sazovor qiladi.
218
3.
Shaxsiy komp’yuter operatsion tizimi va uning negizidagi tizimlar
takomillashuvi ularni mahsuldorlik va ko’p oqimlikni tutib turish miqyosida ham
meynfreymlarga yaqinlashtiradi. Amaliy dasturiy ta’minot va instrumental holatiga
qaraganda kamroq malakali personalga mo’ljallanib, foydalanuvchilarga ko’proq
yo’naltirilgan mahsulot chiqaradilar. Katta bozorda o’zaro raqobat olib borib, bu
mahsulotlarga superkomp’yuter tizimlarining monopol ishlab chiqaruvchilarga
qaraganda sezilarli darajada past narx belgilaydilar.
Superkomp’yuter va ularni qo’llovchi tizimlarning muhim ahamiyatini inkor
etmagan
holda
zamonaviy
avtomatlashtirilgan
axborot
texnologiyalarini
yaratuvchilar hamda integratorlar umumiy va yopiq lokal hisoblash tarmoqlari
bazasida qo’llash qulay va oson yoyiluvchi tizimlardan foydalanishga asosiy urg’u
beradilar. Bunda UNIX, Windows NT va Netware kabi istiqbolli
tizimlarga alohida
e’tibor qaratiladi. Meynfreymlar kuchli fayl serverlari, global ma’lumotlar bazasi
serverlari va bu tarmoqlarning kommunikatsion serverlari sifatida ko’rib chiqilishi
mumkin. Sotib olinishi va ekspluatatsiyasi qimmat turadigan bunday hisoblash
mashinalarini qo’llash istiqbollari ularning hizmatiga real ehtiyoj bilan qat’iy
muttnosiblikni ko’rib chiqilishi lozim.
“Mijoz-server” arxitekturasi davlat g’oyalari lokal hisoblash tarmoqlari
birlashtirilishi bilan tashkil qilinadi. Birlashtirish masofaviy fodalanuvchilarga
axborot ayirboshlash va masofaviy foydalanuvchilarga axborot ayirboshlash va
masofaviy ma’lumotlar bazasini modifikatsiyalash bo’yicha
zarur amallarni samarli
va xavfsiz bajarishga imkon beruvchi kommunikatsion jihozlar va dasturiy
ta’minotni qo’llash bilan amalga oshiriladi. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
ishchi stantsiyalarida avtomatlashtiilgan ish joyi ham etuvchi vazifalar majmuidan
tashkil topadigan dasturiy ta’minot joylashadi. Foydalanuvchilar Davlat g’aznachilik
organlari ma’lumotlar bazasi bilan ishlashida AIJ vazifalarining mijoz qismini o’zida
jo etadi. Ularning faoliyatini foydalanuvchi interfeysi, ma’lumotlar bazasiga
so’rovlarni shakllantirish va so’rovnoma jo’natish ta’minlaydi. Bunday arxitektura
markazlashgan ma’lumotlar ma’lumotlar bazasi va nisbatan arzon shaxsiy
kompyuter texnikasidan foydalangan holda ergonomik, o’zgaruvchan sozlanishga ega
AIJlari hosil qilishga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: