2. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo‘yicha namunaviy mashg‘ulot tayyorlang.
2. Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning og’zaki va yozma usullari.
3. Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning test usullari.
F
оydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti:
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,16,17,18
1. O’quvchilarning matematikadan bilim, malakalarini tekshirish usullari.
Boshlang'ich sinf o’quvchilarining matematik tayyorgarliklariga qo'yilgan talablar. ikki
darajada belgilanib berilgan. Birinchi daraja matematikaga oid boshlang'ich tushunchalarni
o'zlashtirish — o’quvchiga davlat va maktab tomonidan beriladigan imkoniyatlarni
о 'z ichiga
oladi.Bu darajaga erishish uchun ta'lim jarayoni darslik, o’quv qo'llanmalari va ularga mos
ravishda ta'lim berish sifati bilan ta'rninlanishi kerak. Ushbu daraja yaxshi o'zlashtiruvchi
O’quvchi nimaga erisha oUshi mumkinligini ko'rsatadi.
Ikkinchi daraja —
о 'quvchi erishishi zarur bo 'Igan tayyorgarlik darajasidir. Bu daraja har bir ta'lim
oluvchi egallashi kerak bo'lgan bilimlar minimumini ifodalaydi va boshlang'ich matematik
ta'lim natijalarining chegarasini belgilaydi.
O’qituvchiga boslilang'ich ta'lim davlat standartining bu ikki darajasi haqidagi farq to'la
tushunarli bo'lishi uchun quyida uning mazmunini keltiramiz.
Matematik ta'lim sohasi bo'yicha standart ko'rsatkichlar bolalarda natural sonlar va nol
to'g'risida tasawurni shakllantirish, puxta hisoblash malakalarini hosil qilish, amahy
masalalarni yechishda natural sonlarni va arifmetik amallarni qo'llay olishga o'rgatish, sodda
geometrik shakllar, ularning tekislikda tasvirlanish xususiyatlari haqida tasawurga ega bo'lish
hamda og'zaki hisoblash va matematik munosabat belgilaridan foydalana olish malakasini
hosil qilish nuqtayi nazaridan belgilanadi.
Agar har bir sinfda o’quvchilar tayyorgarligining majburiy darajasidagi topshiriqlar bilan
murakkablik darajasi orttirilgan topshiriqlarni taqqoslasak, u holda majburiy darajasidagi
topshiriqlarning soddaligiga va ularning soni uncha yuqori emasligiga qaramay, bu
topshiriqlarni har bir o’quvchi erkin yecha olishiga erishish oson ish emasligini ko'ramiz.
Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, barcha o’quvchilar tomonidan majburiy tayyorgarlik
darajasiga erishish masalasi o'z-o'zidan amalga oshirilmaydi.
Birinchidan, o’quvchilarning yuqorida keltirilgan ta'limning yakuniy majburiy darajalariga
erishishlarini ta'minlash uchun kursning har bir mavzusini o'zlashtirishda ular ma'lum bir
tayyorgarlik darajasiga ham erishishlari kerak. Ya'ni o’quvchilarning o'zi har bir katta
bo'lim yuzasidan majburiy tayyorgarlik darajasidagi topshiriq turlarini ishlab chiqishi kerak
bo'ladi.
2. Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning og’zaki va yozma usullari.
1. Og`zaki usullar - qisqa muddat ichida hajmi bo`yicha eng ko`p informatsiya olish,
muammoli savollar qo`yish, ularni hal qilish imkonini b
еradi.
Evristik usul(gr
еkcha – topaman, ochaman)da qo`yilgan savollar orqali,
o`quvchilarning oldingi o`zlashtirgan bilimlari asosida, kuzatishlari, tajribalari asosida
yangi tushunchalarga, xulosa va qoidalarga k
еlishga olib kеladi. M: «34-20 va 34-2»
hollarni o`rganishda dastlab (50+8)-30, (40+5)-4 so`ngra 28=20+8…. Nimani
yozdim? Shunday yozish mumkinmi?
Savollar o`quvchilarning fikrlashini faollashtirishga, ularni voq
еa – hodisalar va
faktlarni taqqoslashga, solishtirishga, ularni ajratish yoki guruppalashga, ular
orasidagi bog`lanishlarni izlashga majbur qilish k
еrak.
M: N
еga? Buni qanda tushunish kеrak?
H i k o ya bilimlarni tekshirish hikoya tarzida amalga oshirilishi mumkin. Bundan
asosan mat
еmatika tarixining rivojlanishi haqidagi ma'lumotlarni so’rashda
foydalaniladi.
Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning yozma usullari.
O’quvchining majburiy tayyorgarlik darajasiga erishish yoki yakkama-yakka so'rov
ko'rinishida, tekshirish va nazorat ish ko'rinishida aniqlanishi mumkin. Ishga standartda
keltirilgan topshiriqlarga
o'xshash topshiriqlar kiritiladi. Bunday topshiriqlarning to'g'ri bajarilganligi haqida
yakuniy javobga qarab yetarlicha hukm chiqarish mumkin. Shuning uchun o’quvchilardan
yechirnini keltirish yoki uning javoblarini asoslab berishlari (og'zaki tekshirish bo'lgan
holda) talab etihnaydi.
Bunday tekshirish shakli o’quvchining bilimlari majburiy talablar darajasidami yoki yo’qmi,
degan savolga javob berishiga yordam beradi. Bunday tekshirish natijalarini «o'tdi», «o'tmadi»
tarzida baholash tavsiya etiladi. Bu yerda «o'tdi» bahosi «3» baho bilan ham, «5» baho bilan
ham mos kelmaydi. Shuning uchun keyingi darslarda (darsdan tashqari vaqtlarda) «o'tdi»
bahosini olgan o’quvchiga murakkabroq topshiriqlar beriladi. Ularning to'g'ri yechilganligi
uchun o’quvchiga qo'shimcha «4» yoki «5» baho qo'yilishi mumkin. O’quvchi murakkabroq
ko'rinishdagi topshiriqlami bajarmagandagina u (majburiy minimum darajasini tekshirish
natijalariga ko'ra) qoniqarli baho oladi.
Agar o’qituvchi nazorat ishiga majburiy va orttirilgan darajadagi topshiriqlami kiritsa, u
holda o’quvchilarga ijobiy baho olish uchun (mazkur holda «uch» baho) nechta topshiriqni
to'g'ri bajarish kerakligini hamda qanday topshiriqlami to'g'ri bajarish o’quvchilarga yaxshi va
a'lo baho olish uchun imkon berishini ko'rsatib beradi.
Misollar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: