Bitiruv malakaviy ishini ximoya kilish yokn ixtisoslik fanlaridan Davlat attestatsiyasi
Malakaviy amaliyot
14
2,4,6
Attestatsiyalar
i+1
(DA)
1-6
Bitiruv malakaviy ishi
6
6
Ta’til
24
1-6
Jami
152
Oliy ta’lim muassasasi ixtisoslik fanlarining dasturlarini ishlab chiqishda kadrlar buyurtmachilarining talablarini e’tiborga oladi.
O‘quv reja asosida oliy ta’lim muassasasi har yili ishchi o‘quv rejasini tuzadi. Bunda oliy ta’lim muassasasiga talabalar yuklamasining haftalik hajmini saqlagan holda o‘quv fanlari bloki hajmini 5 foizgacha, bloklar tarkibidagi fanlar hajmini 10 foizgacha o‘zgartirish hamda auditoriya yuklamasinining umumiy xajmini saqlagan holda, ayrim semestrlarda haftalik yuklamalar hajmini erkin belgilash huquqi beriladi.
Talaba bilimini baxolash zamonaviy, shaffof va adolatli usullardan foydalanilgan holda o‘quv jarayoni davomida amalga oshiriladi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish muddatlari tarkibigauni himoya qilish ham kiritiladi.
O‘quv rejaga kiritiladigan ixtisoslikka oid fanlarning amaliy mashg‘ulotlari va laboratoriya ishlari oliy ta’lim muassasasi hamda bazaviy tashkilotlarda o‘tkaziladi
Nazariya va amaliyot yaxlitligini ta’minlash uchun talabalarning malakaviy amaliyotlari ta’lim muassasalari, bazaviy tashkilotlarda o‘kaziladi. Mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining davlat ta’lim standartlari asosida fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va tatbiq etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora- tadbirlari to‘g‘risida” 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-sonli qarori, Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2001 yil 16 avgustdagi 343-son, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004 yil 20 iyuldagi 341-son qarorlari vaboshqa qonun hujjatlari asosida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi.
Mazkur tartib asosida ishlab chiqilgan fanlar bo‘yicha o‘quv dasturlari (fan dasturi) respublika oliy ta’lim muassasalari uchun me’yoriy-uslubiy hujjat hisoblanib, fanlar bo‘yicha ishchi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va rasmiylashtirishda namunaviy fan dasturlari sifatida qo‘llaniladi hamda tegishli fan bo‘yicha ta’lim- tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘tkazilishiga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari Klassifikatoriga tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi yoki boshqa sabablarga ko‘ra davlat ta’lim standartlari va o‘quv rejalari qayta tasdiqlanganda hamda tayanch yoki turdosh oliy ta’lim muassasalari tomonidan kiritilgan takliflar asosida fan dasturlari qayta ishlab chiqiladi va tasdiqqa kiritiladi.