Ma’ruzaga tayyorlanish:
ma’ruza mavzusi bo'yicha materiallar to'plash;
ma’ruzanining rejasini tuzish;
ma’ruzaga materiallarni saralab olish;
ma’ruza konspektini tuzish;
ma’ruza mashg'ulotini o'tishning texnologiyasini ishlab chiqish.
Yaxshi ma’ruza o'qituvchidan juda katta mehnatni talab etadi. Kami da bir hafta oldin tayyorgarlik ko'rishni boshlash kerak. Bugungi kunda pedagogika fani o'qituvchisidan pedagogik prognostikadan optimal foydalanish talab etiladi.
Ma’ruza turiari
|
O‘ziga xos xususiyatlari
|
Kirish ma’ruzasi
|
O'quvchilarda o'quv fani to‘g‘risidagi umumiy tasavvurlarni shakllantirish
|
Ma’lumoili ma’ruza
|
O'quvchilarda muammoga doir ma’lumotlarni axboriy- reseptli tarzda taqdim etish
|
Anj uman-ma’ ruza
|
O'quvchilar tomonidan o'quv materialini izlanishli tarzda o'zlashtirilishiga erishish
|
Muammoli-ma’ruza
|
O'quvchilarga muammoli savol, muammoli vaziyat va muammoli topshiriqlarni taqdim etish orqali o'quv birliklarini bayon etish
|
Ma’ruza-munozara
|
Fikrlar almashinuvini tashkil etish asosida ma’ruza qismlarini o'zlashtinshga erishish
|
Vizual-ma’ruza
|
Vizual-materiallarni taqdim etish orqali o'quvchilar tomonidan matenalni o'zlashtirishga erishish
|
Konspektli-ma’ ruza
|
O'quvchilar tomonidan o'quv materialini o’zlashtirishga erishish maqsadida tushuntirish bilan birga eng asosiy qismlarini yozdirib borish
|
Maslahatli-ma’ruza
|
Savol va javoblar tarzida ma’ruza mashg'ulotini tashkil etish
|
Binar-ma’ruza
|
Muammo yuzasidan tadqiqot olib borgan mutaxassis-olim bilan birgalikda ma’ruzani tashkil etish
|
2.Ma’ruza turlari va uning o'ziga xos xususiyatlari
Ma’ruza va uning o‘ziga xosliklari.Ma’ruza-pedagogik fanlarni o'qitishning asosiy shakli hisoblanib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga lmkon beradi:
yo'naltiruvchi: o'quvchilarni o‘quv materialining asosiy jihatlariga e’tibor qaratishga lmkon berish;
axborot: o'qituvchi ma’ruza vaqtida muammoni, muammo bilan bog'liq asosiy dalil va xulosalar mohiyatini ochib beradi;
metodologik: ma’ruza jarayonida muammoning falsafiy-nazariy asoslari namoyon etiladi.
tarbiyalovchi: o'quvchilarda tinglash, idrok etish, munozarada ishtirok etish madaniyatini shakllantirish;
rivojlantiruvchi: o'quvchilarda mantiqiy fikrlash, xulosalar chiqara olish qobiliyatini rivojlantirsh.
Ma’ruza metodida ko’zlangan asosiy maqsad - o‘quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir.
Ma’ruza yangi bilimni o’tishda uning qismlarini umumlashtinshda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni o'rganishda, o‘quv fanlari o’rtasidagi o’zaro aloqani o'rganishda qo’Ilaniladi.
Ma’ruzaning mazmunli, samarali bo’lishi uchun:
aniq, o‘ylab tuzilgan rejani o’quvchilarga tanishtiirish;
rejaning har bir qismi bo'yicha berilgan ma’lumotni yakunlash;
bayon o'quvchilarga tushunarli va ko’rgazmali, yorqin bo‘lishi;
bayon o’quvchilarda muhim o‘rinlarni bilib olishga qiziqish uyg‘otadigan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |