74
Turli yoshdagi kichkintoylar bilan muloqotga kirishishda ularning ruhiy olamini
tushunish lozim. Bu har bir guruh tarbiyachisidan katta mahorat talab qiladi. Bu
borada tarbiyachi va ota-onalar bamaslahat, hamkorlikda ish tutishi maqsadga
muvofiqdir.
Yosh bola ongini to‘g‘ri rivojlantirishda uning nutqi, o‘qishga bo‘lgan
qiziqishlariga jiddiy e’tibor qaratish zarur. Mutaxassislar fikricha, birinchi kichik
guruhda bolalar 1200-1500, o‘rta guruhda esa 2000 dan ziyod, maktabga
borishdan oldin 3-4 mingdan ortiq so‘zni bilishi kerak. Zotan, maktabgacha ta’lim
muassasalarida bolalarning nutqiy rivojlanishi borasidagi ishlarning maqsadi
bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli – og‘zaki nutqni adabiy til
me’yorlariga muvofiq holda egallash, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol
nutqqa kirishishni o‘rgatishdan iborat.
Bu borada tarbiyachilarning asosiy vazifasi kichkintoylarning imkoniyatlaridan
to‘laroq foydalanish sanaladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, bolaning jismoniy va
ruhiy rivojlanishi alohida e’tibor talab qiladi. Tarbiyachi bolalar bilan faoliyat olib
borar ekan, ularning ruhan sog‘lom, baquvvat bo‘lishiga ahamiyat qaratishi,
mashg‘ulot va o‘yinlarni to‘g‘ri tashkil qilishi juda muhim. Bola faoliyatining
tabiati va mazmuni aqliy rivojlanishning obyektiv, ya’ni xolisona mezonlari
hisoblanadi.
Mutaxassislar fikricha, tarbiyachi kichkintoyning har tomonlama rivojlanishiga
qarab unga yordam beradigan har xil mantiqiy harakatli o‘yinlar tashkil qilishi,
ularda kichkintoylarning ijobiy malakalarini mustahkamlab borishi kerak. Ana
shundagina bolalarni aqliy faoliyatga tayyorlash birmuncha oson kechadi. Bu
yoshdagi bolaning to‘laqonli rivojlanishi uchun rivojlantiruvchi-predmetli o‘yin
muhiti va kattalarning ular bilan mazmunan boy muloqot hamkorligi zarur omil
bo‘lib hisoblanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida yaratilgan rivojlantiruvchi
muhit maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari
va “Bolajon” dasturi vazifalarini sifatli, uzluksiz, izchil hamda bolalarning yosh
jihatlarini hisobga olgan holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga xizmat
qilishi lozim. Rivojlantiruvchi-predmetli muhit bolaning aqliy fikrlash,
boshlang‘ich tashabbuskorligini o‘stirish, o‘zlashtirgan bilimlarini amalda qo‘l-
lashga faol harakat qilishidagi asosiy vositadir.
Bola amal qiladigan predmetli muhit undagi bilim va ko‘nikmani amaliyotda
qo‘llash uchun bitmas-tuganmas axborot manbai bo‘lishi, bola ehtiyojini
qondiruvchi, uni mantiqan fikrlashga, mustaqil ravishda yangilik yaratishga
undovchi, undagi malakani yanada takomillashtiruvchi manbaga aylanishi zarur.
Rivojlantiruvchi-predmetli muhit bolalar shaxsini, qobiliyatlarini rivojlantirish
jarayonini tezlashtirish uchungina xizmat qilib qolmay, ularni ijodkorlikka,
tashabbuskorlikka, mustaqil izlanishga, o‘z kuchiga ishonishlariga, yangilikka
intilishlariga, yaratuvchanlikka undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: