O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 2,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/212
Sana07.01.2022
Hajmi2,49 Mb.
#327145
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   212
Bog'liq
maktabgacha pedagogika

I
 
 bosqich
 - qonunchilik faoliyatiga doir - 2012-2014-yillar. 
II
 
 bosqich
 - tashkiliy-amaliy - 2015—2017-yillar. 
III
 
bosqich
 - uakuniy - 2018-2020-yillar. 
“Maktabgacha  ta’lim  Konsepsiyasi”  maktabgacha  ta’lim  yo‘nalishi 
bo‘yichaalohidayoritibo‘tilganO‘zbekistonRespublikasiKonstitutsiyasi, 
0‘zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim  to‘g‘risida”gi  Qonuni,  Kadrlar  tayyorlash 
milliy  dasturi  va  boshqa  me’yoriy-huquqiy  hujjatlar  asosida  ishlab  chiqilgan 
bo‘lib,  unda  respublikamizda  maktabgacha  ta’limni  rivojlantirishning  zamonaviy 
yo‘nalishlari o‘z aksini topgan. 


 
 
65 
Mazkur konsepsiya 
beshta bo'limm
 o‘z ichiga olgan boTib, kirish (preambula), 
asosiy  qism  (konsepsiyaning  asosiy  mazmuni),  maktabgacha  ta’lim  tizimining 
tuzilishi,  maktabgacha  ta’lim  muassasalarining  dasturiy-  metodik  ta’minoti, 
maktabgacha  ta’limda  pedagogik  texnologiyalarni  tatbiq  etish  masalalari  yoritib 
berilgan. 
“Maktabgacha  ta’lim  Konsepsiyasi”ning  bosh  g‘oyasini  shaxsga  yo'naltirilgan 
ta’limni  amalga  oshirish  tashkil  etgan.  Ana  shu  asosdan  kelib  chiqqan  holda 
maktabgacha  ta’limda  ta’lim-tarbiya  ishlarini  tashkil  etishga  doir  zamonaviy 
yondashuvlar sifatida ijtimoiy-pedagogik, gnoseologik (bilishga doir), psixologik, 
akmeologik  kabilarga  alohida  e’tibor  qaratish,  ulardan  yaxlit  tarzda  foydalanish 
bayon etilgan. 
Shuningdek, Konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita— didaktik va 
metodik  modellarining  mohiyati  ham  chuqur  va  etarlicha  yoritib  berilgan.  Har 
ikkala model ham shaxsga yo'naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan 
asoslab  berilgan  bo‘lib,  ularning  asosiy  tamoyillari,  ta’lim  vositalari,  bosqichlari 
hamda pedagog va bolalaming o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib berilgan. 
Konsepsiyaning  uchinchi  -  “Maktabgacha  ta’limning  tuzilishi”  bo‘-  limida 
maktabgacha ta’lim muassasalarining turlari, tabaqalashtirilgan yondashuv asosida 
maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  guruhlami  shakl-  lantirish,  ularni  zarur 
jihozlar  bilan  ta’minlash,  mazkur  ta’lim  muassasalarida  ijtimoiy  va  psixologik 
xizmatni  yo‘lga  qo'yish,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  uchun  tarbiyachilar 
tayyorlash tizimi. maktabgacha taTim muassasasi xodimlarini qayta tayyorlash va 
malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Konsepsiyada  maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  asosiy  e’tibor  qaratilishi 
lozim  bo'lgan  guruhlarni  tashkil  etishning  tabaqalashtirilgan  yondashuvga 
asoslangan quyidagi maqbul varianti taqdim etilgan: 
-
 
ilk yosh guruhida - 8-10 bola 
-
 
ilk yoshdan uch yoshgacha - 10-14 bola 
-
 
uch yoshdan besh yoshgacha - 14-20 bola 
-
 
besh yoshdan yetti yoshgacha guruhda - 20-25 bola 
-
 
turli  yoshdagi  tarbiyalanuvchilardan  tashkil  topgan  guruhda:  10-12  ta  bolaning 
qamrab olinishi maqsadga muvofiq. 
Shuningdek,  Konsepsiyada  ta’kidlab  o‘tilganidek,  maktabgacha  ta’lim 
muassasalarini  narsa-buyumlar  bilan  jihozlashda  milliy-etnik,  moddiy  va 
ma’naviy  qadriyatlar  uyg'unligiga  erishish  lozim.  Chunki  aynan  maktabgacha 
ta’lim  yoshidan  boshlab  bolada  ma’naviy-axloqiy  qiyofa  shakllana  borib,  uning 
har tomonlama uyg' un rivojlanishiga tamal toshi qo'yiladi. 
Maktabgacha  ta’  lim  muassasalarida  psixologik  va  ijtimoiy  xizmatning  birga 
olib  borilishi  tarbiya  samaradorligini  ta’  minlashga  xizmat  qiladi.  Psixologik 
xizmat  bolaning  har  tomonlama,  psixik  va  shaxsiy  rivojlanishiga  imkon  bersa, 


 
 
66 
ijtimoiy  xizmat  esa  bolaning  sotsium  (ta’lim  muassasasi,  oila  va  mahalla)dagi 
tarbiyasi, rivojlanishi va to‘liq ijtimoiylashuvini ta’minlashga doir shart-sharoitlar 
yaratadi. 
“Maktabgacha taTim Konsepsiyasi”da belgilab berilgan yana bir muhim vazifa 
maktabgacha 
ta’lim 
muassasalarining 
dasturiy-metodik 
ta’minotini 
takomillashtirishdir.  Yaratilishi  lozim  boTgan  dasturiy-metodik  majmua 
maktabgacha  ta’limga  qo‘yilayotgan  talablar,  bolalar  bilan  ishlash,  ularni 
rivojlantirishning  asosiy  yo‘nalishlarini  amalga  oshirishni  ta’minlashi  zarur. 
Mazkur  majmuada  tarbiyachilar  va  maktabgacha  ta’lim  sohasida  faoliyat 
yurituvchi boshqa mutaxassislar uchun yangi avlod darslik va o‘quv qoTlanmalari 
o‘rin egallashi kerak. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2016  yil  29  dekabrdagi “2017-2021 
yillarda   maktabgacha   ta’lim  tizimini   yanada  takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi  PQ-2707-sonli  qarori  ijrosini    ta’minlashda  bolalarni    maktab  
ta’limiga    tayyorlash    darajasini    tubdan    yaxshilash,    ta’lim-tarbiya    jarayoniga  
zamonaviy    ta’lim    dasturlarini    tatbiq    etish,    malakali  pedagog    kadrlar    bilan  
ta’minlash,  bolalarni  har  tomonlama  intellektual, ahloqiy, estetik  va  jismoniy  
rivojlantirish  uchun    shart-sharoitlar    yaratish,  ta’lim    muassasalarning    moddiy-
texnika    bazasini    mustahkamlash    ishlarini  izchil  davom  ettirish  maqsad  qilib 
olindi.  
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha 2017-2021 yillarga 
mo‘ljallangan  dasturida  belgilangan  vazifalarni  amalga    oshirish  chora-tadbirlari 
rejasi ishlab chiqildi. 
Ta’lim tizimining hozirgi kundagi rivojlanish bosqichida  uning birinchi  bo‘g‘ini  
hisoblangan  maktabgacha  ta’limda  jadal  o‘zgarishlar  yuz bermoqda  va  ular  
quyidagilarda  namoyon    bo‘lmoqda:    maktabgacha    ta’lim  muassasalari  
faoliyatining  xuquqiy-me’yoriy  asosi  takomillashmoqda;  
maktabgacha ta’lim muassasalari  moliyaviy-xo‘jalik  faoliyatining  yangi turlariga  
o‘tmoqda;  nodavlat  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarmog‘i kengaymoqda; 
ta’limning    ilg‘or    texnologiyalari  joriy  etilmoqda;    xodimlar  malaka  oshirish  
tizimi    takomillashmoqda;  qisqa  muddatli  guruhlar  asosida  maktabgacha  ta’lim 
muassasalarining muqobil shakllari joriy etilmoqda. 
Ta’limning  keyingi  bosqichi  -  maktabga  borishiga  zamin  yaratuvchi,  har  
tomonlama  maqsadli  yo‘naltirilgan   ta’lim  va  tarbiya jarayonidir.  
Maktabgacha ta’lim o‘zining shakl va usullaridan qat’iy nazar quyidagi vazifalarni 
bajarishi lozim: 
- bolalarning jismoniy va psixik sog‘ligini mustahkamlash; 
-  bolalarni milliy, umuminsoniy, qadimiy va madaniy qadriyatlarga jalb etish; 
- bolaning aqliy, intellektual salohiyatini rivojlantirish; 


 
 
67 
-  milliy  an’analar  va  udumlar  asosida  yuksak  ahloqiy  va  ma’naviy sifatlarni 
shakllantirish;-  bolalarni  tizimli  va  maqsadli  ravishda  maktabda  ta’lim  olishga 
tayyorlash, ularning individual xususiyatlari va iqtidorini rivojlantirish.  
Yuqorida 
bayon 
etilganlar 
shunga 
guvohlik 
beradiki, 
O‘zbekiston 
Respublikasidagi  maktabgacha  ta’lim  tizimi    bolaning    individual  xususiyatlarini  
inobatga  olgan  holda,  davlat  va  jamiyat  talablariga  binoan  har  tomonlama 
rivojlantirilishini ta’minlashi lozim. 
Maktabgacha    yoshning    xususiyati    shundan    iboratki,      ushbu    davrda    aynan 
umumiy  rivojlanish  ta’minlanadi,  natijada  kelajakda  har  qanday  ijtimoiy  bilim,  
malaka,    ko‘nikma    va    faoliyatning    turli    ko‘rinishlarini    egallash    uchun 
poydevor yaratiladi. 
Ta’lim  jarayoni  bola  shaxsiga    yo‘naltirilganligidan    kelib    chiqib,  maktabgacha 
yoshdagi  bolalarning  ta’lim-tarbiyasi  shaxsning    rivojlanishida  ijodiy    va  
insonparvarlik    tamoyillariga    asoslangan    holda    ta’lim-tarbiyaning  usul  va 
uslublari  tizimidan  tashkil  topgan  hamkorlik  pedagogikasi  tamoyillariga  tayanib 
amalga oshirilishi lozim.  

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   212




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish