4.11. TA’LIM XIZMATI KO‘RSATISH BOZORINI RIVOJLANTIRISH
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish yo‘li
bilan ta’lim xizmati ko‘rsatishning raqobatga asoslangan bozori shakllantiriladi.
Davlat va nodavlat ta’lim muassasalari rivojlantiriladi, ta’lim va kadrlar tayyorlash
sohasida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi, ta’lim xizmati ko‘rsatish
bozori davlat yo‘li bilan boshqarib boriladi. Asosiy ta’lim dasturlarida nazarda
tutilmagan konsultativ va qo‘shimcha ta’lim xizmatlaridan iborat pullik ta’lim
xizmati ko‘rsatish tizimi rivojlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |