4.15. TA’LIM VA KADRLAR TAYYORLASH SOHASIDAGI XALQARO
HAMKORLIK
Kadrlar tayyorlash sohasidagi hamkorlikning xalqaro-huquqiy bazasi
yaratiladi, xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ro‘yobga chiqariladi,
xalqaro ta’lim tizimlari rivojlantiriladi, ilmiy-pedagog kadrlar, talabalar va
o‘quvchilar almashish kengayadi.Ta’lim to‘g‘risidagi milliy hujjatlar xalqaro
miqyosda e’tirof etilishi uchun asos yaratiladi. Manfaatdor vazirliklar va
idoralarning, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi elchixonalarining
kadrlar tayyorlash sohasiga chet el investitsiyalarini bevosita va bilvosita keng jalb
qilish borasidagi faoliyat kuchaytiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |