4.9. MODDIY-TEXNIKA TA’MINOTI
Har bir mintaqaning demografik va jug‘rofiy xususiyatlaridan kelib
chiqib, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari tarmog‘i barpo etiladi. Ta’lim
oluvchilarni oiladan ajralmagan holda o‘qishga imkon qadar ko‘proq qamrab
olinadi.
Mavjud ta’lim muassasalarini kapital ta’mirlash va yangi ta’lim
muassasalari qurish, ularni normativ talablarga muvofiq, zamonaviy texnika va
texnologiyalarning darajasini hisobga olgan holda jihozlanishini ta’minlash
choralari ko‘riladi.
O‘quv-tarbiya muassasalarini zarur uskunalar, inventarlar, ashyolar,
ta’limning texnikaviy, dasturiy va didaktik vositalari bilan jihozlash yuzasidan
ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish qo‘llab-quvvatlanadi.
Barcha bosqichdagi ta’lim jarayonlarini komgyuterlashtirish va axborotlashtirish
amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |