O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Download 1,54 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/24
Sana14.04.2020
Hajmi1,54 Mb.
#44724
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
milliy goya ozbekistonni rivojlantirish strategiyasi


 
Мustaqil ta’lim mavzulari 
-  Milliy va umuminsoniy qadriyatlar jamiyat rivojining muhim sharti. 
-  Yoshlarda  ekologik  ong  va  madaniyatni  shakllantirish  hamda  ularda  atrof  muhitga 
nisbatan ratsional yondashuv ko‘nikmasini hosil qilish. 
 
GLOSSARIY 
QADRIYATLAR  -  jamiyat    taraqqiyoti    jarayonida    shakllangan    va  rivojlangan,    faqat  
o‘tmish  davrlar  uchun  muhim  ahamiyat  kasb  etib  qolmasdan,  hozirgi  kundagi  va  kelajakdagi  
ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy  va   madaniy  taraqqiyotga  ham  ijobiy  ta’sir  ko‘rsatadigan  kishilar  
ongiga  singib  ijtimoiy  ahamiyat  kasb  etadigan  moddiy,  ma’naviy,  tabiiy,  diniy,  axloqiy,  
falsafiy  va  boshqa  boyliklar  majmui. 
MILLIY  QADRIYATLAR    -  alohida  olingan  xalq,  millat  va  elatlarning    o‘z  tarixiy 
taraqqiyoti davomida yaratadigan barcha moddiy va ma’naviy boyliklar, urf-odatlari, marosimlari, 
bayramlari  va  millatlarning  o‘zligini  belgilaydigan  boshqa  o‘ziga  xos  tomonlari  yig‘indisidan 
iboratdir. Bu o‘ziga xoslik moddiy, ma’naviy, ijtimoiy, oilaviy hayot, turmush tarzida namoyon 
bo‘ladi.  Bundan  tashqari,  xalq  amaliy  san’ati,  xalq  o‘yinlari,  rasm-rusumlari,  urf-odatlari, 
marosimlari milliy qadriyatlarga kiradi. 
UMUMINSONIY QADRIYATLAR - barcha insonlarning tarixi, merosi, istiqloli, istiqboli 
va manfaatlarida mavjud bo‘lgan tutash, umumiy bo‘lgan zaminlar va manfaatlar asosida tashkil 
topgan,  taraqqiyotning  yangi  bosqichida  ham  barchaning  manfaatiga  mos  keladigan  ijtimoiy, 
siyosiy va ma’naviy hodisalar va boyliklar yig’indisi. 
 
Кеyslar banki 
Кeys  1. Jamiyat mafkurasida milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi. 
Кеysni bajarish bosqichlari va topshiriqlari: 
Кеysdagi  muammoni  keltirib  chiqargan  asosiy  sabablarni  belgilang  (individual  va  kichik 
guruhda). 
 
Nazorat savollari: 
1. Jamiyat mafkurasining davlat mafkurasidan farqlarini aniqlang. 
2. Milliy g‘oyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni qanday?  
3. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarda an’anaviylik va zamonaviylik munosabatini izohlang. 
4.  Qadriyatlarning  tarix  sinovidan  o‘tganligi,  jamiyat  rivojlanishiga  ijobiy  ta’siri,  inson  va 
xalqlarning  maqsad  va    manfaatlariga  to‘g‘ri  kelishi,  yangiliklarni  qabul  qilishga  tayyorligi  va 
jamiyat taraqqiyotida ahamiyatini tushuntiring. 
 

Test savollari 
1.Milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining milliy hususiyatlari qanday? 
A) Xalqimizni o‘ziga xos tabiati, irodasi, orzu umidlari borligi. 
V) Adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g‘oyalarini aks ettirish. 
S) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi , umuminsoniy qadriyatlar,  demokratik tamoyillarga 
xoslanishi 
D)  *Xalqimiz  hayotida  qadam-qadamdan  jamoa  bo‘lib  yashash,  oila,  mahalla,  el-yurtni  
muqaddasligi,sabr-bardosh, mehnatsevarlik, halollik, mehr-oqibat. 
2. Mafkura nima? 
A) Mafkura moddiylikning in`ikosi 
V) Mafkuraning g‘oya bilan aloqasi yo‘q 
S) *g‘oyalar yig‘indisi mafkuradir 
D) Mafkuraning jamiyatda o‘rni yo‘q 
3. G‘oya va mafkuraning maqsadlari 
A) *g‘oya va mafkuraning maqsadlari jamiyat taraqqiyoti yo‘lida odamlarni uyushtirish, safarbar 
qilish, rag‘batlantirish, nazorat qilish, boshqarish. 
V) g‘oya va mafkura jamiyat taraqqiyotiga zid. 
S) g‘oya va mafkura ibtidoiy jamiyatda ham bor edi. 
D) Kommunistik g‘oya va mafkuraning hech qanday ijobiy tomoni yo‘q 
4. Tarixiy taraqqiyot, g‘oyaviy va mafkuraviy  jarayonlar nimalardan iborat? 
A)  Buyuk davlatchilik g‘oyasi progressivdir 
V)  *Ijtimoiy taraqqiyot bunyodkor va vayronkor g‘oyalar kurashi tarixidir. 
S)  Fashizm va bolshevizm g‘oyalari jamiyatga  ijobiy ta`sir ko‘rsatgan. 
D)  Dunyoviy, diniy g‘oyalar, millatchilik g‘oyalar ijtimoiy taraqqiyotda hech qanday ahamiyatga 
ega emas. 
5. G‘oya va mafkura tushunchalarining mohiyati nimada? 
A)  g‘oya, mafkura-afsona va rivoyatlardir. 
V)  g‘oya moddiy kuch bo‘la oladi. 
S)  g‘oya va mafkura ibtidoiy jamiyatda sinflar bo‘lmagan paytlarda ham bo‘lgan. 
D)  *g‘oya va mafkura turli guruh, sinf, qatlam va ijtimoiy ibtidoiy tabaqalar manfaatlarini 
ifodalab, u inson va uning tafakkurining mahsulidir 
 
4-MAVZU. G‘OYALAR XILMA-XILLIGI VA MAFKURAVIY JARAYONLARNING 
IJTIMOIY TARAQQIYOTGA TA’SIRI 
 
Reja: 
1.  G‘oya – fikrning ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Uning turli maqsad va manfaatlar bilan bog‘liqligi. 
2.  G‘oyalar  xilma-xilligi  tushunchasi,  ma’no-mazmuni.  G‘oyalar  xilma-xilligini  taqozo  etuvchi 
shart-sharoit va omillar.  
3.  Mafkuraning turli xil ko‘rinishlari.  
4.  Mafkuraviy  jarayonlar.  Mafkuraviy  kurashlar.  “Fikrga  qarshi  fikr,  g‘oyaga  qarshi  g‘oya, 
jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” (I.A.Karimov). 
5.  Korrupsiya  –  mazmuni  va  mohiyati.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev 
ma’ruzalarida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri masalalarining yoritilishi.    
 
Tayanch so‘zlar 
G‘oyalar  xilma-xilligi  tushunchasi,  ma’no-mazmuni.  G‘oya  –  fikrning  ijtimoiylashgan 
ko‘rinishi.  Uning turli  maqsad va manfaatlar bilan bog‘liqligi. G‘oyalar  xilma-xilligini taqozo 
etuvchi  shart-sharoit  va  omillar.  Mafkuraviy  jarayonlar.  Mafkuraning  turli  xil  ko‘rinishlari. 
Mafkuraviy kurashlar. “Fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan 
kurashish”  (I.A.Karimov).Korrupsiya  –  mazmuni  va  mohiyati.  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidenti  Sh.M.Mirziyoyev  ma’ruzalarida  korrupsiyaning  jamiyat  rivojiga  salbiy  ta’siri 
masalalarining yoritilishi.    
 
G‘oya – fikrning ijtimoiylashgan ko‘rinishi. Uning turli maqsad va manfaatlar 
bilan bog‘liqligi. 
"G‘oya"  aslida  arabcha  so‘z  bo‘lib,  o‘zbek  tilida  -  maqsad,  intilish,  niyat,  qasd 
deganma’nolarni anglatsada, kishilarning kundalik ilmiy va amaliy faoliyatida esa birinchidan, 
obyektiv  borliqni,  voqelikni  kishi  ongida  aks  ettiruvchi,  ayni  zamonda  kishining  obyektiv 
borliqqa,  voqelikka  munosabatini  ifodalovchi,  kishilarning  dunyoqarashlari  asosini  tashkil 
etuvchi, odamlarni maqsad sari yetaklovchi fikr, tushuncha, tasavvur; ikkinchidan, badiiy, siyosiy 
yoki  ilmiy  asarning  mazmuni,  tub  mohiyatini  belgilovchi  asosiy  fikr;  uchinchidan,  biror  ish-
harakat  qilish  haqidagi  fikr,  o‘y,  niyat,  maqsad  degan  ma’nolarni  anglatish  uchun  ishlatiladi. 
Biroq,  g‘oyani  bunday  kundalik  sodda,  oddiy  tarzda  tushunish  uning  tub  moxiyatini  ochib 
berolmaydi. Shuning uchun ham g‘oya nima, u qanday paydo bo‘ladi, shakllanadi va rivojlanadi, 
degan savollarga javob topish masalasi azaldan barcha aqli raso odamlarni qiziqtirib kelgan va u 
bugungi kunda ham shunday bo‘lib qolmoqda. 
Har qanday tushuncha, fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi. Chunki shaxsiy fikr 
- o‘ziga xos bir qarashdir, ijtimoiy fikr esa - voqelikka nisbatan o‘zgarish yoki harakatni taqozo 
etadigan faol munosabatni ifodalaydi. G‘oya ana shu munosabatni harakatga, jarayonga, zarurat 
tug‘ilganda esa, butun bir davr tarixiga aylantiradi. 
Muayyan bir g‘oya dastlab biron-bir shaxsning ongida paydo bo‘ladi. Ayni paytda u 
yuksak ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgani, jamiyatning taraqqiyot yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks 
ettirgani  bois  umuminsoniy haqiqatga aylanadi.  Masalan, o‘rta asrlarda jaholat va inkvizitsiya 
shaxsning  orzu-intilishlari,  erkinligi  va  tashabbuskorligi  yo‘lida  to‘siq  bo‘lib  turgan  paytda 
polyak  olimi  Nikolay  Kopernik  Yerning  Quyosh  atrofida  aylanishiga  doir  geliotsentrizm 
nazariyasini olg‘a surdi.  Bu  g‘oya ham,  avvalo,  bir jasoratli  shaxs qalbidagi intilishlar ifodasi 
sifatida paydo bo‘lgan, keyinchalik esa butun dunyoda e’tirof etilib, ilmiy tafakkurning tarkibiy 
qismiga aylangan. 
G‘oya - mafkura - ijtimoiy ong formalaridan biri bo‘lib, u har qanday jamiyatning 
ustqurmasida o‘z ifodasini topadi. G‘oya - mafkura falsafiy tushuncha bo‘lib, ma’lum maqsadga 
qaratilgan  inson  aql-zakovatini  ifoda  etuvchi  g‘oyalar  va  qarashlar  yig‘indisidir.  Ammo,  har 
qanday fikr va qarash ham g‘oya bo‘la olmaydi.  G‘oya inson ongida paydo bo‘lsada inson va 
jamiyat  ruhiyatiga  singib  boradi.  U  odamning  ichki  dunyosiga  kirib  borib,  uni  harakatga 
keltiruvchi, etaklovchi kuchga aylanadi. 
Inson  hayotida  ham,  jamiyat  taraqqiyotida  ham  g‘oyalar  muhim  o‘rin  tutadi.  Shu 
ma’noda, insoniyat tarixi - g‘oyalar tarixidir. 
Xo‘sh, g‘oya nima, nega unga bu qadar katta e’tibor va ahamiyat beriladi? Ma’lumki, 
har  qanday  millat  va  xalq,  har  qanday  ijtimoiy  tuzum  va  davlat  muayyan  bir  tamoyillar  va 
qadriyatlar asosida hayot kechiradi hamda o‘z manfaatlari, maqsad-muddaolari, orzu-intilishlarini 
ko‘zlab harakat qiladi. Binobarin, ular hayotdagi ma’lum bir mafkuraga tayanadi. 
Umuman,  g‘oya  -  bu  tadqiqot  maqsadini,  uning  yo‘nalishi  va  mohiyatini 
ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. G‘oya o‘z tabiatiga ko‘ra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida 
uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bo‘lib, borliqning to‘g‘ri yoki xato in’ikosidir. 
Ma’lumki,  inson  o‘zining  aql-zakovati,  iymon-e’tiqodi  va  ijodiy  mehnati  bilan 
boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. 
Inson  -  ongli  mavjudot.  Ongni  shartli  ravishda  ikki  katta  qismga  bo‘lish  mumkin: 
birinchisi, insonning ruhiy olami: ikkinchisi - fikriy olam, ya’ni tafakkur olamidir. Ruhiy olam 
(bu sohani ruhshunoslik ilmi - psixologiya tadqiq etadi) o‘z tarkibiga sezgilar, idrok, tasavvur, 
kechinma,  his-hayajon,  diqqat,  xotira  va  boshqalarni  qamrab  oladi.  Tafakkurning  mantiqiy 
shakllariga tushuncha, hukm va xulosa kiradi (bularni logika, ya’ni mantiq fani o‘rganadi). 

Falsafaning oltin qoidalaridan biri  - til va tafakkur birligidir. Tilning eng  birlamchi 
mahsuli so‘z bo‘lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli - tushunchadir. Tushunchalar bir yoki 
bir necha so‘zlar bilan ifoda-lanadi; ammo har qanday so‘z ham tushuncha bo‘la olmaydi. So‘zlar 
vositasida anglatilgan fikr gap deb atalishini biz boshlang‘ich sinflardanoq bil-ganmiz. 
Inson tafakkuri voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g‘oyalar va 
ta’limotlar  yaratadi.  Binobarin,  g‘oyalar  ham  inson  tafakkurining  mahsulidir.  Lekin  tafakkur 
yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g‘oya bo‘la olmaydi. Faqat eng 
kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g‘oya bo‘la olishi mumkin. 
G‘oyalarning  oddiy  fikrlardan  farqi  yana  shundaki,  bular  garchi  tafakkurda  paydo 
bo‘lsa-da, inson (va jamiyat) ruhiyatiga, hatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G‘oya shunday 
quvvatga egaki, u odamning ichki dunyosigacha kirib borib, uni harakatga keltiruvchi, maqsad 
sari etaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi. 
Jahon tajribasiga nazar tashlasak, butun dunyo taraqqiyotiga ulkan ta’sir ko‘rsatgan 
nazariya, ta’limot va mafkuralarni yaratish uchun insoniyat tarixining turli davrlarida ulkan aql-
zakovat, iste’dod va teran tafakkur egalari mislsiz zahmat chekkanini ko‘ramiz. Sokrat va Platon, 
Konfutsiy  va  Najmiddin  Kubro,  Alisher  Navoiy  va  Maxatma  Gandi  kabi  buyuk  mutafakkirlar 
faoliyati buning yaqqol tasdig‘idir. 
Har  qanday  g‘oyaning  paydo  bo‘lilishi,  shakllanishi  va  rivojlanishi  kishilik 
jamiyatining mavjudlik shakllariga bog‘liqdir. G‘oya, birinchi navbatda, kishilik jamiyati tarixiy 
rivojlanishining mahsulidir. Kishilik jamiyatidan tashqarida g‘oya mavjud emas. G‘oya moddiy 
va  ma’naviy  borliqning  kishilar  ongidagi  in’ikosi  sifatida  vujudga  keladi,  shakllanadi  va 
rivojlanadi.  Shu  nuqtai  nazardan  qaraganda  har  bir  g‘oyaning  tabiatiga  obyektivlik  va 
subyektivlik xosdir. 
Bunda  g‘oyaning  obyektivlik  xususiyati  birinchidan,  uning  vujudga  kelishiga, 
shakllanishiga, rivojlanishiga turtki beradigan ob’yektiv reallikning, ya’ni tashqi olam - tabiat, 
jamiyatning, ularga tegishli bo‘lgan narsa, hodisa, voqea, jarayonlarning mavjudligi; ikkinchidan, 
bir g‘oya va mafkuralar tizimining ikkinchi bir g‘oya va mafkuralar tizimiga bog‘liq bo‘lmagan 
holda faoliyat olib borishi; uchinchidan, g‘oyaning biron-bir shaxs tomonidan o‘zicha xayolan 
o‘ylab  topilmaganligi;  to‘rtinchidan,  uning  real  tarixiy  shaxs  faoliyati  bilan  bog‘liqligida 
ko‘rinadi. Bu hayotda amal qilayotgan g‘oyalarning tashqi olam, tabiat va jamiyatda sodir bo‘lgan 
jarayonlar  asosida  shakllangan  ijtimoiy  hodisa,  ya’ni  ontologik  tabiatga  ega  bo‘lgan  voqelik 
ekanligini ko‘rsatadi. Bu esa o‘z navbatida g‘oyani ontologik jihatdan tushunish imkonini beradi. 
Demak,  g‘oya  ontologik  jihatdan  mavjud  ijtimoiy  borlikni  o‘zida  aks  ettiruvchi  obyektiv 
mazmunga ega bo‘lgan ma’naviy hayot shakllaridan biridir. 
Shu  sababli  g‘oya  gnoseologik  nuktai  nazaridan  "g‘oya  -  inson  ongining  tarkibiy 
qismi;  tashqi  olamning  obrazli,  in’ikosi  va  aksi;  inson  va  hodisalarni  anglash  shakli;  inson 
ongining tashki olam va hayot hodisalariga nisbatan aks ta’sirining namoyon bo‘lish shakllaridan 
biri",  -  degan  ma’noni  anglatadi.  Demak,  g‘oyaning  gnoseologik  tabiatini  falsafiy  jihatdan 
anglash, uni ilmiy tushuncha sifatida ta’riflash, tavsiflash va tasniflash imkonini beradi hamda 
g‘oyani siyqalashtirish maqsadga muvofiq emasligini ko‘rsatadi. 
G‘oyaning ontologik va gnoseologik tabiatidan kelib chiqqan holda unga quyidagicha 
falsafiy ta’rif berish mumkin: 
G‘oya deb inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bo‘lgan, 
ruhiyatga  kuchli  ta’sir  o‘tkazib,  jamiyat  va  odamlarni  harakatga  chorlaydigan,  maqsad-
muddao sari yetaklaydigan kuchli, teran fikrga aytiladi. 
Har qanday g‘oya dunyoni bilishning muayyan bosqichi va o‘ziga xos shakli sifatida 
bir qator xususiyatlarga egadir. Bunda, g‘oyaning namoyon bo‘lish xususiyatlari deb uning o‘ziga 
xos,  boshqalardan  ajralib  turadigan  tomoni,  o‘ziga  xos  belgilariga  aytiladi.  Ularga  quyidagilar 
kiradi: 
G‘oya  eng  avvalo,  muayyan  maqsadni  ifodalaydi,  odamlarni  ana  shu  maqsadga 
erishish uchun chorlaydi, safarbar etadi. 

G‘oya hayotiy va ilmiy dalillarga asoslangan holda ish ko‘radi, faoliyat olib boradi. 
G‘oya  biron-bir  ijtimoiy  voqelikning  in’ikosi  bo‘lib  obyekt  va  subyektning  o‘zaro 
dialektik birligiga asoslanadi. 
G‘oya muayyan mafkura uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
G‘oya nazariy va amaliy bilimlar birligiga tayanadi. 
G‘oya biron-bir farazni ifodalaydi. 
G‘oya mohiyatan ijtimoiy xarakterga ega. Muayyan g‘oyalar odatda alohida olingan 
shaxs ongida shakllanadi, keyinchalik esa jamiyatning turli qatlam-lariga tarqaladi, turli elatlar va 
millatlar orasida  yoyiladi.  Mustaqil hayotga qadam  qo‘yayotgan  yangi  avlod  jamiyatda mavjud 
g‘oyalar  ta’sirida  tarbiyalanadi,  muayyan  qarashlar  va  g‘oyalarni  o‘z  e’tiqodiga  singdiradi,  o‘z 
navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib etadi. 
G‘oyalarning  ijtimoiy  xarakteri  deb,  tarixiy  makon  va  zamonda  yashagan  tarixiy 
shaxslar 
tomonidan 
o‘rtaga 
tashlanib, 
muayyan 
ijtimoiy 
guruhlar 
tomonidan 
qo‘llab-quvvatlanib: 
elat, 
millat 
va 
xalqlarning 
ruhiyatga 
kuchli 
ta’sir 
o‘tkazib, 
jamiyat 
va 
odamlarni 
harakatga 
chorlagan, 
maqsad- 
muddao sari yetaklagan kuchli, teran fikrlarning paydo bo‘lish, shakllanish va rivojlanib borish 
jarayonlariga aytiladi. 
Demak,  g‘oyalarning  ijtimoiy  xarakteri:  a)  insonning  paydo  bo‘lishi,  uning 
shakllanishi va rivojlanishi; b) jamiyatning kelib chiqishi, unda yuz berayotgan narsa, hodisa va 
jarayonlarning  genezisi,  qaror  toptan  ijtimoiy-iqtisodiy,  siyosiy-huquqiy,  ma’naviy-madaniy 
munosabatlarning  rivoji;  v)  jamiyatda  mavjud  bo‘lgan  turli  xil  ijtimoiy  guruhlarning  maqsad-
muddaolarini  ifodalashi;  g)  g‘oyaning  yetuk  shaxslar  tomonidan  yaratilishi  va  uning  ijtimoiy 
guruhdar mafkurasiga aylanish jarayonlarining tarixiy takdiri kabilar bilan ifodalanadi. 
Shuni unutmaslik kerakki, har qanday g‘oyaning asosida bilim yotadi. Bilimlarning 
g‘oyaga  aylanishi  uchun  birinchidan,  o‘rganilayotgan  hodisa  yoki  voqea  haqidagi  bilimlarning 
aniq bo‘lishi, bilimlar hodisada, voqeada, jarayonda bo‘layotgan o‘zgarishlarni aniq va to‘la aks 
ettirgan  bo‘lishi,  ikkinchidan,  to‘plangan  bilimlarni  amaliyogga  ko‘llash  uchun  ehtiyoj,  ya’ni 
zaruriyatning  ortib  borishi,  uchinchidan,  bilimlarni  ishlab  chiqargan  kishilarni  (olimlar,  shoirlar, 
yozuvchilarni)  jamiyatda  sodir  bo‘layotgan  voqealar  yoki  tabiiy  muhitda  vujudga  kelgan 
muammolarni  tezroq  bartaraf  etish  uchun  o‘z  oldilariga  qo‘ygan  maqsad-vazifalari  aniq  rejalari 
puxta  ishlab  chiqilgan  bo‘lishi  lozim.  Yangi  ishlab  chiqilgan  g‘oyalar  faqat  moddiy  vositalar 
yordamida  emas,  balki  insonning  ruhiy,  ma’naviy  energiyasi  yordamida  ham  amalga  oshishi 
mumkin. 
Har bir narsaning o‘z ibtidosi va intihosi bo‘ladi. G‘oyalar ham o‘z «umri»ga ega. Ular 
ham  ma’lum  makonda  va  zamonda  paydo  bo‘lishi,  jamiyat  rivojiga  muayyan  hissa  qo‘shishi, 
kishilarning ongi va qalbidan joy olishi, o‘z umrini yashab, joziba kuchi va quvvatini yo‘qotgach, 
tarixiy xotiraga aylanishi ham mumkin. G‘oyaga ta’rif berish uchun uning mohiyatini namoyon 
etadigan  asosiy  xususiyatlarini  sanab  o‘tish  lozim  bo‘ladi.  G‘oyaning  eng  muhim  xususiyati  - 
insonni  va  jamiyatni  maqsad  sari  etaklaydigan,  ularni  harakatga  keltiradigan,  safarbar  etadigan 
kuch ekanidadir. 
G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasi, ma’no-mazmuni. G‘oyalar xilma-xilligini 
taqozo etuvchi shart-sharoit va omillar. 
Ilmiy bilishda g‘oya muhim rol o‘ynaydi.  
  G‘oyalar tabiatiga ko‘ra:    a) ilmiy g‘oyalar; b) badiiy g‘oyalarga bo‘linadi.  
  G‘oyalar  xarakteriga  ko‘ra:      a)  borliqning  to‘g‘ri,  real  in’ikosidan  iborat  g‘oyalar, 
b)borliqning xato yoki fantastik in’ikosidan iborat g‘oyalar.  
  Shuningdek, g‘oyalar: a) progressiv va b) reaksion g‘oyalarga ham bo‘linadi. Progressiv 
g‘oyalar  ilmiy  bilishni  rivojlantirishga  xizmat  qilsa,  reaksion  g‘oyalar  unga  to‘sqinlik 
qiladi. 
Umuman  olganda,  g‘oyalarni  namoyon  bo‘lish  xususiyatlariga  qarab  quyidagi 
turlarga:  
  bunyodkor va vayronkor;  

  ilmiy va xayoliy;  
  falsafiy;  
  dunyoviy va diniy;  
  badiiy;  
  ijtimoiy-siyosiy;  
  milliy va umuminsoniy;  
  ma’naviy va ma’rifiy;  
  axloqiy va estetik;  
  tarbiyaviy g‘oyalar va hokazolarga ajratamiz. 
Bunyodkor  g‘oyalar.  Bunyodkor  g‘oyalar  jamiyat  va  odamlarni,  turli  guruh  va 
qatlamlar, millat va davlatlarni tarashiyot sari yetaklovchi, xalqni ezgu maqsad yo‘lida birgalikda 
harakat kilishga undovchi g‘oyalar bo‘lib, ularga ozodlik, mustaqillik, adolat, tinchlik, tenglik, 
do‘stlik,  birdamlik,  hurfikrlik,  hamkorlik,  xalqparvarlik,  insonparvarlik  va  boshqalar  kiradi. 
O‘zbek xalqi milliy mafkurasining bosh va asosiy g‘oyalari ham shular jumlasidandir. 
Vayronkor  g‘oyalar.  Vayronkor  g‘oyalar  deb,  inson  va  jamiyatni  tubanlikka 
boshlaydigan, odamlarni g‘arazli niyat va qabih maqsadlarga undaydigan, xalqlar va davlatlarni 
tanazzul  va  halokatga  mahkum  etadigan  g‘oyalar  bo‘lib,  ularga  mustabidlik,  bosqinchilik, 
terorchilik,  aqidaparastlik,  jaholatparastlik,  irqchilik,  millatchilik,  mahalliychilik,  vatansizlik, 
yovuzlik g‘oyalari kiradi. 
Dunyoviy  g‘oyalar.  Dunyoviy  g‘oyalar  deb,  har  bir  elat,  millat,  xalq,  davlat  va 
jamiyat ehtiyoj va manfaatlaridan kelib chishan holda inson huquqi va erkinliklarini, demokratik 
qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash asosida ularni ezgu maqsadlar sari yetaklaydigan fikrlar 
majmuiga  aytiladi.  U  bugungi  kunda  demokratik  taraqqiyot,  hayotni  erkinlashtirish,  vijdon 
erkinligi,  inson  manfaatlarini  ta’minlash,  fikrlar  rang-barangligi,  mulkiy  plyuralizm,  ijtimoiy 
hamkorlik va bag‘rikenglik tamoyillariga tayanadi. 
Dunyoviy  g‘oyalar  adolat  va  haqikat,  erkinlik  va  mustaqillik  ruhini,  taraqqiyot 
yo‘lidagi oliyjanob maqsad-muddaolarni o‘zida ifoda etib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq 
farovonligi uchun xizmat qiladi. Ular hurfikrli, mutelik va jur’atsizlikdan holi bo‘lgan, bilimi va 
kuchiga  ishonib  yashaydigan,  o‘zining  mustaqil  qarashlariga  ega  bo‘lgan  kishilar  jamiyatining 
g‘oyalaridir. 
Shuning uchun hozirda demokratik, umuminsoniy mazmundagi g‘oyalar, irqi, millati 
va  jinsidan  kat’i  nazar,  insonlar,  ko‘p  sonli  mamlakatlar  hayotiga  chuqur  kirib  borib,  ularning 
asosiy g‘oyalariga aylanib bormokda. 
Demokratiya  asosida  shakllantirilgan  ijtimoiy  bag‘rikenglik  va  adolat  ham  uning 
tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Bu g‘oyalar dunyoviy davlatdagi turli millat va din vakillarining 
erkin faoliyati, hamjihatligi va haq-hukuqlarini kafolatlaydi. 
Demak,  dunyoviy  g‘oyalar  birinchidan,  muayyan  g‘oyalarni  ifodalash  uchun 
qo‘llaniladigan  tushuncha  bo‘lsa,  ikkinchidan,  jamiyat  va  insonni  ezgu  maqsadlar  sari 
yetaklaydigan  sog‘lom  fikrlar  majmui  hisoblanadi.  Bu  g‘oyalarni,  o‘z  navbatida  mazmun-
mohiyatiga ko‘ra, umuminsoniy, ilmiy, falsafiy kabi bir necha turlarga bo‘lish mumkin. 
Diniy g‘oyalar. Diniy g‘oyalar deb, har bir diniy ta’limot va oqimning asosini, diniy 
iymon-e’tiqodning negizini tashkil etuvchi da’vatlar, aqidalar, qadriyat va maqsadlar ifodalangan 
qarashlar majmuiga aytiladi. Ular muayyan dinning mavjudligini ta’minlab beruvchi omil bo‘lib 
xizmat qiladi. 
Diniy bag‘rikenglik g‘oyasiga tayangan ko‘plab davlatlarda xilma-xil diniy e’tiqodga 
ega  bo‘lgan  turli  millat  vakillari  hamjihat  bo‘lib,  bir  osmon  ostida  tarixiy,  madaniy,  ma’naviy, 
ruhiy mushtaraklikda yashab, mehnat qilmokda. Bu esa, kishilarning bir zamin, bir Vatan uchun, 
oliyjanob  g‘oya  va  niyatlar  yo‘lida  hamkor  va  hamjihat  bo‘lib  yashashini  anglatadi.  Hozirgi 
zamonda  bu  g‘oya  -  ezgulik  yo‘lida  nafaqat  dindorlar,  balki  butun  jamiyat  a’zolarining 
hamkorligini  nazarda  tutadi,  tinchlik  va  barqarorlikni  mustahkamlashning  muhim  sharti 
hisoblanadi. 

Download 1,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish