©
Олий таълимда меъёрий ҳужжатлар
7
•
"qonunda belgilangan tartibda" deb ko‘rsatilganda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi,
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
•
"qonunosti hujjatlarida belgilangan tartibda" deb ko‘rsatilganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari
va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari nazarda
tutiladi.
1.2.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti,
O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar,
mahalliy davlat hokimiyati organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan organlar yoki
mansabdor shaxslar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun karorlar tarzida me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari
asosida hamda ularni ijro etish uchun farmonlar, qarorlar va farmoyishlar tarzida me’yoriy -huquqiy
hujjatlar
qabul qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun karorlar tarzida
me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolati doirasida buyruqlar hamda qarorlar tarzida
me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qiladi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari O‘zbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Buyruqlar vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka tartibda amalga
oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Qarorlar davlat qo‘mitalari tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilishni mazkur idoraning
kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari boshqa vazirliklar, davlat
qo‘mitalari yoki idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qo‘shma qarorlar tarzida me’yoriy - huquqiy
hujjatlar qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari hamda hududiy organlari me’yoriy -
huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolati doirasida qarorlar tarzida me’yoriy - huquqiy hujjatlar
qabul qiladi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarorlari va farmoyishlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati yuqori turuvchi organlarining qarorlari
asosida va ularni ijro etish uchun qabul qilinadi.
Turli me’yoriy - huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi bo‘yicha o‘zaro nisbati O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organlarning vakolatiga va
maqomiga, ushbu hujjatlarning turlariga, shuningdek, me’yoriy-huquqiy hujjat qabul qilingan sanaga muvofiq
belgilanadi.
Me’yoriy - huquqiy hujjat o‘ziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan me’yoriy -huquqiy
hujjatlarga muvofiq bo‘lishi shart. Me’yoriy - huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, yuqori yuridik
kuchga ega bo‘lgan me’yoriy - huquqiy hujjat qo‘llaniladi.
Teng yuridik kuchga ega bo‘lgan me’yoriy - huquqiy hujjatlar o‘rtasida tafovut bo‘lgan taqdirda, keyinroq
qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi.
Agar me’yoriy - huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlikning, davlat qo‘mitasining yoki idoraning ijtimoiy
munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun maxsus vakolati bo‘lsa, ushbu organ
qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tomonidan qabul qilingan
me’yoriy - huquqiy hujjatga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega bo‘ladi.
1.3.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash
bo‘yicha ishini muvofiqlashtirib turish, qonun hujjatlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
tomonidan amalga oshiriladi.
8
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunchilik ijodkorligi faoliyatini takomillashtirishning ustuvor
yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, ularning amalga oshirilishini ta’minlaydi, davlat boshqaruvi organlarining
qonunchilik ijodkorligi masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularga metodik rahbarlikni amalga
oshiradi, davlat boshqaruvi organlari tomonidan qonun loyihalari tayyorlashning zarurligi masalalari bo‘yicha
oldindan kelishishni amalga oshiradi.
Hujjat rasmiy normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanishi uchun:
a) "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi Qonunda belgilangan shaklda qabul qilingan;
b) Umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida qonun hujjatlari normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki
bekor qilishga qaratilgan bo‘lishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 84-moddasi talabiga ko‘ra, qonun O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilinib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Senati tomonidan ma’qullanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangach hamda qonunda
belgilangan tartibda rasmiy nashrlarda e’lon qilingach, yuridik kuchga ega bo‘ladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar "Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida"gi Qonunning 16-23-moddalariga
asosan, normativ-huquqiy hujjatlarga qo‘yiladigan asosiy talablarga binoan qabul qilinishi lozim, ya’ni:
•
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mazmuniga qo‘yiladigan talablarga asosan tayyorlanishi;
•
normativ-huquqiy hujjatni qo‘llash amaliyotini hamda jamoatchilik fikrini o‘rganish;
•
normativ-huquqiy hujjatning loyihasini normativ-huquqiy hujjatni qabul qiluvchi organga kiritish;
•
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish;
•
normativ-huquqiy hujjatning rekvizitiga ega normativ-huquqiy hujjatlar rasmiy matnini imzo qo‘yib
tasdiqlash;
•
qonunning 22-moddasida nazarda tutilgan hollarda normativ-huquqiy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan
o‘tkazish;
•
yangi normativ-huquqiy hujjat qabul qilinganligi munosabati bilan ilgari qabul qilingan hujjatlarni
qayta ko‘rib chiqish talab etiladi.
Normativ-huquqiy hujjatlar, bundan tashqari, qonunning 24-30-moddalarida belgilangan tartibda rasmiy
manbalarda e’lon qilinishi, kuchga kirishi shart. Hammaning e’tibori uchun rasman e’lon qilinmagan qonun
asosida hech kim sudlanishi, jazoga tortilishi yoki mol-mulkidan mahrum qilinishi mumkin emas.
Normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, ular
Do'stlaringiz bilan baham: