O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti yuridik fakulteti



Download 3,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/258
Sana13.01.2022
Hajmi3,87 Mb.
#355921
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   258
Bog'liq
Олий таълим МҲ МАЖМУА магистратура 2021 107 билан

© 
Олий таълимда меъёрий ҳужжатлар
 
23 
Ushbu  qonunning  o‘ziga  xos  xususiyatlari  ta’lim  sohasiga  bir  qator  yangiliklar  kiritilganligida 
namoyon  bo‘ladi.  Jumladan,  unda  belgilangan  masofaviy  ta’lim  haqidagi  qoidalar  o‘quv  rejalari  va  o‘quv 
dasturlariga  muvofiq  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  zarur  bilim,  malaka  va  ko‘nikmalarni  axborot-
kommunikatsiya  texnologiyalaridan  hamda  Internet  jahon  axborot  tarmog‘idan  foydalangan  holda 
masofadan turib olishga qaratilgan.  
Shuningdek,  qonunda  dual  ta’limga  oid  qoidalar  belgilanib,  u  ta’lim  oluvchilar  tomonidan  zarur 
bilim,  malaka va  ko‘nikmalarni  olishga  qaratilgan bo‘lib,  ularning  nazariy  qismi  ta’lim  tashkiloti  negizida, 
amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.  
Shu  bilan  birgalikda,  katta  yoshdagilarni  o‘qitish  va  ularga  ta’lim  berish  haqida  qoidalarda  katta 
yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish bu butun umr davomida o‘qitishning markaziy tarkibiy qismi 
bo‘lib,  ta’lim  berish  hamda  o‘qitishning  jamiyat  hayotida  va  mehnat  faoliyatida  katta  yoshdagilarning 
ishtirok etishini ta’minlashga qaratilgan barcha shakllarini o‘z ichiga olishi, shuningdek rasmiy, norasmiy va 
informal o‘qitish jarayonlarining butun majmuini qamrab olishi  bayon etilgan.  
Bundan tashqari, qonunga inklyuziv ta’lim to‘g‘risidagi qoidalar kiritilib, unga binoan, inklyuziv ta’lim 
alohida  ta’lim  ehtiyojlari  va  individual  imkoniyatlarning  xilma-xilligini  hisobga  olgan  holda  barcha  ta’lim 
oluvchilar  uchun  ta’lim  tashkilotlarida  ta’lim  olishga  bo‘lgan  teng  imkoniyatlarni  ta’minlashga  qaratilgan. 
Jismoniy,  aqliy,  sensor  (sezgi)  yoki  ruhiy  nuqsonlari  bo‘lgan  bolalar  (shaxslar)  uchun  ta’lim  tashkilotlarida 
inklyuziv  ta’limni  tashkil  etadi.Bu  kabi  misollarni  ko‘plab  keltirish  mumkin.  Vaholanki,  mazkur  o‘zgarishlar 
Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish borasida ulkan 
ishlarni  amalga  oshirishga  qaratilganligi  soha  vakillarining  zimmasiga  har  qachongidan  ko‘proq  mas’uliyat 
yuklaydi. 
Demak,  «Ta’lim  to‘g‘risida»gi  qonun  O‘zbekiston  Respublikasi  ta’lim  tizimini  xalqaro  ta’lim 
standartlari darajasida takomillashtirish, ta’lim sohasida davlat hokimiyati va davlat boshqaruvi organlari hamda 
mahalliy  davlat  hokimiyati  organlari  vakolatlarini  belgilash  va  ular  o‘rtasidagi  munosabatlarni  tartibga  solish, 
ta’lim  sohasida  yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  huquqlari,  majburiyatlari  va  javobgarligini  hamda  ularning 
o‘zaro munosabatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun qabul qilindi. 
Mamlakatimizda Harakatlar Strategiyasi doirasida oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida 
ham  ko‘plab  ishlar  amalga  oshirilmoqda.  Jumladan,  2017-2021  yillarda  oliy  ta’lim  tizimini  kompleks 
rivojlantirish dasturi qabul qilindi.  
Yangi  tashkil  etilgan  institut  va  filiallar  hisobidan  yurtimizdagi  oliy  ta’lim  muassasalari  soni  81  taga, 
hududlardagi  filiallar  15  taga,  xorijiy  universitetlar  filiallari  7  taga  yetdi.  Shular  qatorida  Olmaliq  shahrida 
Moskva po‘lat va qotishmalar institutining, Toshkent shahrida esa AQShning Vebster universitetining filiallarini 
tashkil  etish  bo‘yicha  kelishuvlarga  erishilganini  ta’kidlash  lozim.  Oliy  ta’lim  muassasalarida  iqtisodiyotning 
real sektoridagi talab va ehtiyojdan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo‘limlar ochildi.  
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimi takomillashtirildi, moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi, uning 
tarkibida bir qator ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar faoliyati tiklandi. Ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng Fanlar 
akademiyasiga saylov o‘tkazilib, o‘zining ilmiy ishlari bilan mamlakatimiz va xalqaro miqyosda nom qozongan 
iste’dodli  olimlar  akademik  degan  yuksak  sharafga  sazovor  bo‘ldilar.  Endi  barchamiz  Fanlar  akademiyasidan 
yangi ilmiy ishlanmalar, istiqbolli tadqiqotlar yaratish bo‘yicha amaliy natijalar kutib qolamiz.  
Bularning  barchasidan  biz  yagona  bir  maqsadni  ko‘zda  tutmoqdamiz.  Ya’ni  O‘zbekiston  ilm-fan, 
intellektual  salohiyat  sohasida,  zamonaviy  kadrlar,  yuksak  texnologiyalar  borasida  dunyo  miqyosida 
raqobatbardosh bo‘lishi shart”
3

«Ta’lim to‘g‘risida»
gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini bajarish yuzasidan va oliy ma’lumotli yuqori 
malakali kadrlar tayyorlash, ta’limning uzluksizligi va davomiyligini ta’minlash, jahon ta’lim tizimiga qo‘shilish, 
shuningdek  oliy  ta’limning  o‘quv-metodik  va  normativ-huquqiy  bazasini  takomillashtirish  maqsadida  Vazirlar 
Mahkamasi Davlat ta’lim standartlarini tasdiqlaydi.  
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga oliy ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan 
vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda:  
ta’lim  sohalarining  davlat  ta’lim  standartlarini,  bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishlari  va  magistratura 
mutaxassisliklari  uchun  malaka  talablari,  o‘quv  rejalari  va  fanlar  dasturlarini  ishlab  chiqish  va  tasdiqlash,  ular 
asosida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratish;  
oliy ta’lim tizimi uchun normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan «Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizom» va 
«Oliy ta’lim muassasasining vasiylik kengashi to‘g‘risidagi nizom»ni ishlab chiqish va tasdiqlash;  
Oliy  ta’lim  yo‘nalishlari  va  mutaxassisliklari  klassifikatoriga  zaruriyat  bo‘lganda  O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish; oliy ta’lim, o‘rta 
 
3
 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Миромонович Мирзиёевнинг Олий мажлисга мурожаатномаси. 2017-йил 22-декабрь 


24 
 
va  o‘rta  maxsus  professional  ta’lim  kadrlarini  tayyorlash,  qayta  tayyorlash  va  ularning  malakasini  oshirishni 
muvofiqlashtirish yuklatiladi.  
DTS o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash 
sifatini  baholashni  tartibga  soluvchi  tegishli  normativ  hujjatlar  (ta’lim  sohalarining  davlat  ta’lim  standartlari, 
bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishlari  va  magistratura  mutaxassisliklari  uchun  malaka  talablari,  o‘quv  rejalari,  o‘quv 
fanlari dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi.  
DTS  oliy  ma’lumotli  kadrlar  tayyorlashda  idoraviy  bo‘ysunishi  va  mulkchilik  shakllaridan  qat’i  nazar, 
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir.  
Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi:   
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari:   
- Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar;  -Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari 
klassifikatori.   

 
Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim 
standartlari — ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari.   
Muayyan ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:   

 
zarvaraq (titul);   

 
mundarija;   

 
muayyan ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi;   

 
bitiruvchilarning soha bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan umumiy talablar;   

 
o‘quv reja tuzilmasi;  

 
kadrlar tayyorlash sifatini baholash.  
Ta’lim  sohasining  davlat  ta’lim  standarti  ikkita  (bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishlari  va  magistratura 
mutaxassisliklari) qismdan iborat bo‘ladi.  
Quyidagilar oliy ta’limning normativ hujjatlari hisoblanadi:  

 
oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligining malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv fanlari dasturlari;  

 
oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim 
muassasalarining muayyan ish faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar.  
Oliy ta’limning ta’lim sohalari davlat ta’lim standartlari va normativ hujjatlari «DTS. Asosiy qoidalar» 
va Oz DSt 1.0:1998, O‘zRST  
1.8-94, Oz DSt 1.9-1995. standartlariga muvofiq holda ishlab chiqiladi.  
Oliy  ta’limning  birinchi  bosqichida  o‘quv  rejalari  va  fanlar  dasturlari  umumiy  o‘rta  va  o‘rta  maxsus 
professional  ta’lim  ta’limi  bilan  uzluksizlik  va  uzviylik  ta’minlanishini  inobatga  olgan  holda  ishlab  chiqilishi 
zarur.  
O‘quv rejalar majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi 
shart.   
Bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishi  o‘quv  rejalari  va  fanlar  dasturini  o‘zlashtirishda  talabalarning  o‘quv 
fanlariga oid bir qancha masalalar va muammolar bo‘yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim.   
Bakalavriat  ta’lim  yo‘nalishlari  uning  o‘quv  rejalariga  muvofiq  ravishda  yakuniy  davlat  attestatsiyasi 
bilan tugallanishi shart.  

Download 3,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish