78
tashkilotlar. Fandreyzing (turli maqsadlar uchun pul mablag‘larini yig‘ish). Endaument (xayriya investitsion
fondi, universitet hamjamiyatini qo‘llab-quvvatlovchi juda muhim dastak).
3.
Tadbirkorlik universiteti doimiy ravishda yangi faoliyat turlari bilan shug‘ullanish borasidagi
ya’ni, raqobatchilikni kuchaytirish va faoliyatni diversifikatsiyalash, marketing xizmatini yaxshilash kabi
tashabbuslar bilan chiqadi. Shuningdek, mavjud (nazorat qilinadigan) resurslar va innovatsiyalar doirasidagi
imkoniyatlarni izlash, texnoparkli muhit va texnoparkcha tafakkur bilan shug‘ullanadilar.
4.
Tadbirkorlik
universiteti
o‘zining ichki kuchiga(permamentli) mos holda chuqur
transformatsiyasini amalga oshiradi. Tadbirkorlik universitetibu ambitsion maqsadlar + samarali tashkiliy
o‘zgarishlardir. Tadbirkorlik tashkilotiga fan, ta’lim va innovatsiya o‘rtasidagi yangi balans kerak bo‘ladi.
Innovatsiyaviylik va loyihali yo‘naltirilganlik ham ta’limni ham ilmiy tadqiqotlarni o‘z ichiga qamrab
oladi. Natijada, professionalizm tushunchasining o‘zgarishi ro‘y beradi. Fanlararo jamoaviy ishlash uslubi
tasdiqlanadi. Ilmiy tadqiqotlarda asosiy e’tibor asosan amaliy tadqiqotlarga va innovatsiyalarni ishlab chiqishga
qaratiladi.
5.
Tadbirkorlik universiteti xalqaro aloqalarni qo‘shgan holda tashqi muhit bilan o‘zaro xatti-
harakatlarni yangi bosqichga olib chiqadi. Tadbirkorlik universitetining hamkorlar bilan ko‘p tomonlama o‘zaro
xattiharakatlarini G.Iskovisning “Uchala spiral” tamoyili orqali ko‘rib chiqish mumkin: biznes, hukumat,
universitet.
“Uchala spiral” modelining asosida G.Iskovisning quyidagi tasdiqlari yotadi:
1)
biznes, hukumat va universitetning o‘zaro hamkorlikdagi tadbirkorlik faoliyatidagi imkoniyat tamoyili;
2)
hukumat, biznes va ta’lim modelida ular bir-biriga chambarchas bog‘liq bo‘lib, innovatsion
iqtisodiyotda universitet bosh rolni o‘ynaydi.
3)
ko‘rsatilgan sub’ektlar orasidagi o‘zaro munosabatlar borgan sari yaqinlashib, chegaralar bosqichma-
bosqich yo‘qolib bormoqda.
Tadbirkorlik universiteti rolining ortishi bilimlarni “generatsiyalash” mexanizmni shakllantirish sifatida
ularni amaliyotda qo‘llashgacha olib borishga qodirligi bilan izohlanadi. Bunda akselaratsion (kuchaytiruvchi)
dasturlar, asosan yoshlardan iborat bo‘lgan yangi jamoalar muvaffaqiyatli starup – startaplar (“jarayonning
boshlanishi”), spin-off - spinoflar (“reklama, xabar jo‘natish”, “hamkorlikdagi natija”) -tijorat maqsadidagi
takliflar uchun sho‘ba kompaniyalarni ajratish yo‘li bilan qayta tashkil etish muhim rol o‘ynaydi.
Bugungi kunda tadbirkorlik universitetlari global axborot jamiyatida va xalqaro aloqalarni
mustahkamlashda, sivilizatsiyalararo sinegriya siyosatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu
borada yevropaliklar amerikaliklardan o‘rganishgan bo‘lishsa, bizlar ham amerikaliklar ham yevropaliklardan,
ham xitoyliklardan ham o‘rganishimiz lozim.
Shunday qilib, tadbirkorlik universiteti – bu:
birinchidan, universitet-o‘z missiyasi doirasida tadbirkor;
ikinchidan, universitet-innovator. Uning sub’ektlari innovatsion, uning
faoliyati innovatsion, uning mahsuloti innovatsion; uchinchidan, universitet-integrator. Uning barcha
sub’ektlari faoliyati yakuniy natijaga yo‘naltirilgan bo‘lib mintaqaviy hamjamiyatga hamohang tarzda amalga
oshiriladi. U yetakchi mahalliy va xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi “strategik birlashmalar”ning ishtirokchisi
hisoblanadi.
Adabiyotlar va muomalada oxirgi paytlarda "tadbirkorlik universiteti" universitet 3.0 nomi bilan atalib
rossiyalik mutaxassislar G.N.Konstantinov va S.R.Filonovich tomonidan berilgan ta’rifga ko‘ra, tadbirkorlik
universiteti - bu uchta sohada - bilimlarni yaratish, o‘qitish va bilimlarni amalda o‘zgartirish - yangi faoliyatni
boshlash, ichki muhitni o‘zgartirish va tashqi muhit bilan o‘zaro munosabatlarni o‘zgartirish orqali cheklovlarni
yengib o‘tish uchun muntazam ravishda harakat qiladigan oliy o‘quv yurti
21
.
A.O.Grudzinskiy tadbirkorlik universitetini quyidagilar deb hisoblaydi: 1) o‘z faoliyatida maqsadli
innovatsiyalarga asoslangan, xavf va dinamik talab sharoitida ishlashga qodir bo‘lgan tashkilot; 2) rentabelli
faoliyat olib boradigan va birinchi navbatda o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiy jihatdan samarali
tashkilot; 3) egiluvchan tarmoqqa ega liberal tashkilot; 4) asosiy omillar odamlar, guruhlar va ularning to‘liqligi
bo‘lgan tashkilot, bunda odamlar ishi foyda va havf balansiga asoslanadi; 5) rahbariyati birinchi navbatda
xodimlarning harakatlarini rejalashtirish va nazorat qilishni emas, balki tashkilotning strategiyasi doirasidagi
faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydigan tashkilot, bu uchun rahbariyat ijrochilarga o‘z huquq va
majburiyatlarini imkon qadar topshiradi; 6) iste’molchi oldida turgan va uning talablariga kiritilgan
o‘zgarishlarga o‘z vaqtida va moslashuvchan javob berishga imkon beradigan tashkilot»
22
.
Do'stlaringiz bilan baham: