O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiyot” kafedrasi


 Mehmonxonalarda xizmat ko’rsatish bo’limlari va ularning



Download 1,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/93
Sana03.06.2023
Hajmi1,66 Mb.
#948521
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93
4.3. Mehmonxonalarda xizmat ko’rsatish bo’limlari va ularning 
vazifalari 
Har bir mehmonxona o’z yo’nalishi bo’yicha xizmat ko’rsatish 
bo’limlariga ega. Asosiy xizmatlar bo’limi - turistlarni qabul qilish va 
joylashtirish yoki porte xizmatlari, xona tozalash xizmatlari, animatsion 
xizmatlar, muxandis-texnik xizmatlar, tijorat va ma’muriy xizmatlar. 
Porte xizmati. 
Porte xizmati – bu mehmonda muammo paydo bo’lganida doim 
birinchi murojaat qiladigan joy. Aynan mijoz porte xizmatidan 
mehmonxona xaqida ta’surot oladi. Portening asosiy vazifasi 
mehmonlarni qabul qilish va bronlangan nomerlarga joylashtirishdir. 
Mehmon ro’yxat varaqasini to’ldiradi, pasport ma’lumotlari, doimiy 
yashash manzili ko’rsatilgan bo’ladi. Rasmiy belgilab olingandan so’ng 
yuk tashuvchi mehmonni nomergacha yuklarini eltib beradi. Portening 
yana asosiy funktsiyalaridan biri yashash hisob-kitobini yuritishdir. 
Har bir xodimning asosiy vazifasi mehmonlarga xizmat qilish va 
mexribonchilik ko’rsatishdir. 
Xona tozalash xizmati 
Xona xizmatchilarining boshlig’i xodimlarning nomerlarni tozaligi, 
ofis, ishlash joylarining ozoda saqlanishi bo’yicha olib borilayotgan 
ishlarga 
javobgardir. 
Bosh 
xizmatchi 
vazifalarni 
oladi 
va 
bo’ysinuvchilarga taqsimlab bo’ladi. Xizmatchilarning har kungi 
majburiyati nomer bo’sh yoki bandligidan qat’iy nazar nomer tozaligini 
saqlashdir. 
Animatsiya xizmati 
Zamonaviy inson ehtiyojining o’zgarishi, uning yashash tarzini 
o’zgarishiga olib keldi va uning dam olish hohishiga ham ta’sir o’tkazdi. 
An’anaviy dam olish o’zgardi. Turizmda yangi «Animatsiya» tushunchasi 
mavjud. Animatsiya – bu dam oluvchilarni bo’sh vaqtlarini sport va 
ko’ngilxushlik dasturi asosida vaqti chog’lik bilan o’tkazishini 
tushunishimiz mumkin. Kurort va klubli otellar turistlarga to’liq 
animatsiya dasturini taklif etish uchun (tennis korti, basketbol, voleybol, 
akvalangda sho’ng’ish, shuningdek basseynlar, plyaj barlari, 
«taverna»lar, kechki klublar) imkoniyatlari keng bo’lgan infratuzilmaga 
muhtojdir. Bu ob’ektlarning dizayni alohida e’tiborni talab qiladi. Ushbu 
faoliyat ko’rsatayotgan markazlar bir-biridan uzoq joylashmagan bo’lishi, 


dengiz yonida, sotuv nuqtalari (barlar va ovqatlanish joylari) yaqinida 
joylashgan bo’lishi kerak. 
Animatsiya bilan mustaqil bo’lim shug’illanishi yoki bo’lmasa 
aynan mehmonxona turistlarni animatsiyaga bo’lgan talablarini 
qondirishga qaratilgan bo’lishi kerak. Bu bo’limda xizmat qiluvchilar 
yuqori malakali mutaxassislar bo’lishi, ruhiyatni, musiqa, rassomchilik 
san’ati, chet tillarini biladigan bo’lishlari shart. 
Animatorlar birinchi meditsina tibbiy yordam ko’rsatishni 
bilishlari, gimnastika, aerobika mashqlarini olib bora olishlari, bunda dam 
oluvchilarni yoshlarini hisobga olishi shart. eng asosiysi ular 
xushmuomala bo’lishlari shart. Otel boshliqlari shuni esda to’tishlari 
kerakki – animatorlar alohida xizmatchilar, ularga yuqori e’tibor qaratish 
zarur. 
Muxandis-texnik xizmat 
Bu xizmat sanitar-texnik vositalarni maromli ishlashini va elektr 
qurilma hamda sistemalarni ta’mirlash va qurilish xizmatlarini, 
shuningdek ichki va tashqi qulayliklarni yaratishni ta’minlaydi.
Tijorat xizmati 
Tijorat xizmati strategik va operativ rejalashtirish, marketing, 
xo’jalik va moliyaviy faoliyatning natijalarini tahlili bilan shug’ullanadi. 
Bu xizmatni tijorat direktori, direktor o’rinbosari yoki moliyaviy-
iqtisodiy masalalar bo’yicha menejer shug’ullanadi.
Ma’muriyat (administratsiya) xizmati 
Ma’muriy xizmat mehmonxona majmuasining barcha xizmat 
bo’limlarining ishini tashkillashtirilishiga javob beradi. U moliya, 
xodimlar (kadrlar) bilan ta’minlash masalalari bilan shug’illanadi, 
xodimlarga yetarli ish sharoitlarini yaratish, texnika xavfsizligiga, 
ekologiya va yong’inga qarshi qo’yilgan normativ talablarni bajarilishini 
nazorat qiladi, hamkorlar va tashqi aloqalar bilan shug’illanadi. Bu 
bo’limni oliy toifali menejer yoki mehmonxona direktorining o’zi 
boshqaradi.
Xavfsizlik xizmati. 
Bu ishga otel xizmatchilari juda jiddiy munosabatda bo’ladilar. 
Mijozlarni va ularni buyumlarini xavfsizligini ta’minlash mehmonxona 
xizmatchilarining 
dastlabki 
majburiyatlaridan 
biri 
hisoblanadi. 
SHuningdek xavfsizlik xizmati yong’in chiqish xavfsizligiga ham 
javobgardir. Xavfsizlik xizmati keng ma’noda jismoniy xavfsizlik va 
mehmonlarni mulklari va mehmonxonaning xususiy mulklarining 
xavfsizligiga javobgar. 
Jismoniy xavfsizlikka quyidagilar kiradi: 
Bino va binoning hududi, otel hududidagi tungi yoritgichlar, otel yonidan 
o’tuvchi yo’lovchilardan va bezorilardan saqlash, suvdagi xavfsizlikni 
ta’minlash, 
vestibyuldagi buyumlarni, ofisdagi aloqa xizmatini 


shuningdek restoran va bardagi mulklarni yaxshi saqlanishini 
ta’minlashdir.
Mulklarni xavfsizligini ta’minlashning asosiy sharti har qanday holatga 
qarshi 
signalizatsiya 
o’rnatilganligidir. 
YOng’in 
chiqqandagi 
signalizatsiya hamma otellarda bor hisob. 
Mehmonxonalarda shuningdek yordamchi va qo’shimcha xizmatlar 
mavjud. YOrdamchi xizmatlar: kir yuvish, choyshablar almashtirish, 
xona tozalash xizmatlari, kiyim tozalash va boshqalar. 
Qo’shimcha xizmatlar: kichik ta’mirlash, sartaroshlik, sauna, basseyn, 
biznes markaz, savdo shaxobchalari, sport-sog’lomlashtirish markazi va 
boshqalar.

Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish