O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI “O’ZBEKISTON TARIXI ” KAFEDRASI «O’ZBEKISTON TARIXI» FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Mustabit tuzumining qatag'onlik siyosati. “Paxta ishi”
Bajardi: _ Tarix _________fakulteti, _301-guruhi talabasi _____________________________
Tekshirdi:
Kurs ishi himoya qilingan sana:
“____” _______20____y
Komissiya a’zolari:
(imzo) (fish)
(imzo) (fish)
(imzo) (fish)
Ball________
Termiz– 2021
Mavzu: Mustabit tuzumining qatag'onlik siyosati. “Paxta ishi”
Reja
KIRISH I BOB. SOVET TUZUMINING QATAG`ON SIYOSATI. 1.1. Sovet tuzumining qatag`on siyosati boshlanishi.
1.2. XX asrning 20-30-yillarida O`zbekistonda o`tkazilgan sanoatlashtirish va jamoalashtirish siyosati, uning salbiy oqibatlari.
II BOB O’ZBEKISTONDA PAXTA ISHI
2.1 Urushdan kеyingi yillarda O`zbеkistonning iqtisodiy hayoti.
2.2 O’zbekistonda paxta ishi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Jamiyatimizda yuz berayotgan tub iqtisodiy, siyosiy, madaniy o‘zgarishlar o‘tmishga va bugungi tariximizga yangicha qarashlarni vujudga keltirish tabiiy xoldir. O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini belgilayotgan davrda tarixga, ayniqsa, 20-yillardagi tarixiy voqyealikka, davr xodisalarga qiziqish qonuniy ravishda kuchaydi. Zero, hozirgi vaqtda tarixiy haqiqatni to‘g‘ri baholash zarurati kun tartibidagi muhim masalalardan biri bo‘lib qoldi. Binobarin, tarix voqyealariga real baho berish ma'naviyatimizning tiklanayotganligidan nishonadir. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov aytib o‘tganidek: “Halqning ma'naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir. Ma'naviyat o‘z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi. Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi”1 . Shu nuqtai nazardan qaraganda bugungi kundagi ko‘pgina fojialarimiz va qiyinchiliklarimiz keyingi o‘n yillarda umuminsoniy qadriyatlardan chekinganimizning oqibatida yuz berayotganligi shubha tug‘dirmaydi. O‘tmishga, bo‘lib o‘tgan tarixiy burilish natijalariga murojaat qilargan millionlab odamlar ba'zan g‘ayriihtiyoriy ravishda, hozirgi zamonda ham inqilobiy to‘ntarishlarni amalga oshirish mumkinligiga ishonch xosil qiladilar. Tarixiy voqyealarning tajriba va saboqlaridan hozirgi sharoitda foydalanishga harakat qiladilar. Tarixiy fanlarning eng muhim masalalarini chuqur o‘rganishga qiziqish kuchaygan hozirgi vaqtda ziddiyatli 20-30 yillardagi O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy hayotini atroflicha, har tomonlama o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |