O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Markaziy bank tomonidan tijorat banklari likvidliligi va to’lov qobiliyatini tartibga solish



Download 2,42 Mb.
bet63/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Markaziy bank tomonidan tijorat banklari likvidliligi va to’lov qobiliyatini tartibga solish.


Iqtisodietni pul-kredit vositalari orqali tartibga solish nazariyasining tarkibiy qismi sifatida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish nazariyalari hozirgi zamon iqtisodiy fanining tez sur‘atlar bilan o‘zgarib va rivojlanib boraetgan yo‘nalishlaridan biridir.
Pul-kredit siesatining asosiy maqsadi iqtisodietga to‘la bandlik va inflyatsiyaning yo‘g‘ligini tavsiflovchi umumiy ishlab ishlab chiqarish darajasiga erishishda yordam ko‘rsatishdan iborat. Uning mohiyati ishlab chiqarishning yalpi hajmini, bandlik va baholar darajasini barqarorlashtirish maqsadida pul taklifini o‘zgartirishdan iborat. yanada soddaroq qilib aytganda pul-kredit siesati ishlab chiqarish darajasi pasayaetgan paytda xarajatlarni rag‘batlantirish maqsadida pul taklifini kengaytirish, inflyatsiya sharoitida esa aksincha xarajatlarni cheklash maqsadida pul taklifini qisqartirishga qaratilgan.
Pul-kredit vositalari orqali tartibga solishning halqaro amalietda uchta asosiy vositasidan keng foydalaniladi. Ular quyidagilardir:

      1. Ochiq bozor operatsiyalari.

      2. Majburiy rezerv me‘erining o‘zgarishi.

      3. Uchet stavkasining o‘zgarishi.

Ochiq bozordagi operatsiyalar - bu Markaziy bank tomonidan tijorat banklarining ortiqcha rezerviga ta‘sir ko‘rsatish maqsadida davlat obligatsiyalarini tijorat banklariga va aholiga sotish eki sotib olish operatsiyalaridir. Markaziy bank tomonidan davlatning qimmatli qog‘ozlari tijorat banklaridan va aholidan sotib olinganda tijorat banklarining rezervlari oshadi. Bu vaziyatda tijorat banklari o‘z qimmatli qog‘ozlari portfelining bir qismini Markaziy bankka o‘tkazadilar va Markaziy bank bu qimmatli qog‘ozlar uchun tijorat banklari rezervlarini xarid summasiga oshirish yo‘li bilan to‘laydilar. Tijorat banki esa xususiy shaxslardan obligatsiyalarni sotib olganda ularning joriy schetini oshiradi. Ushbu bitimning eng muhim jihati shundaki, Markaziy bank tijorat banklaridan qimmatli qog‘ozlarni sotib olganda tijorat banklarining rezervlari va shu orqali kreditlash imkoniyatlari oshadi.
Markaziy bank davlatning qimmatli qog‘ozlarini aholidan sotib olganda ham pul taklifining o‘zgarishi mohiyatan shunday bo‘ladi.
Markaziy bank tomonidan qimmatli qog‘ozlarni bevosita tijorat banklaridan sotib olish bilan aholidan sotib olish o‘rtasida sezilarli farq mavjud. Agarda tijorat banki dastlab o‘zining barcha kredit imkoniyatlarini ishlatib bo‘lgan holatda Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridan obligatsiyalarning sotib olinishi tijorat bankining haqiqatdagi va ortiqcha rezervlarini sotilgan obligatsiyalarning butun summasiga oshirsa, Markaziy bank tomonidan obligatsiyalarning aholidan sotib olinishi tijorat bankining haqiqatdagi rezervlarini, shu bilan birga joriy schetlarini oshiradi. Ushbu mablag‘larning bir qismi Markaziy bankdagi majburiy rezervlar schetiga ko‘chirilishi lozim va shunda bank tizimining ortiqcha rezervlari majburiy rezervlar schetiga ko‘chiriladigan mablag‘ smiqdoriga kamaytiriladi. Obligatsiyalarning aholidan sotib olinishi tijorat banklari tizimi tomonidan yangidan olingan rezervlarning bir qismini joriy schetlardagi yangi pullarni saqlash uchun ishlatilishi bilan barobardir.
Markaziy bank qimmatli qog‘ozlarni ochiq bozorda sotib olganda tijorat banklarining rezervlari oshadi. Agarda bank o‘zining ortiqcha rezervlarini ssudaga bersa, unda mamlakatdagi pul taklifi o‘sadi.
Markaziy bank tomonidan qimmatli qog‘ozlar sotilgan paytda tijorat banklari rezervlarining kamayishi ro‘y beradi.[39]
Aytaylik Markaziy bank qimmatli qog‘ozlarni ochiq bozorda tijorat banklariga sotmoqda:

  1. Markaziy bank qimmatli qog‘ozlarni ularni sotib olaetgan tijorat banklariga o‘tkazadi;

  2. tijorat banklari ushbu qimmatli qog‘ozlar qiymatini o‘zlarining Markaziy bankdagi rezervlari hisobidan to‘lab beradilar va Markaziy bank ushbu summada tijorat bankining rezervini kamaytirib qo‘yadi.

Majburiy rezervlar me‘erini oshirishi bank tizimining pul yaratish qobiliyatiga ikki tomonlama ta‘sir ko‘rsatadi:

  1. U ortiqcha rezervlar hajmini o‘zgartiradi.

  2. U pul mulütiplikatri hajmini o‘zgartiradi.

Markaziy bankning asosiy ananaviy funktsiyalaridan biri bu "so‘nggi instantsiyadagi kreditor"ligidir. Ayrim hollarda Markaziy bank mustahkam moliyaviy mavqiyga ega, ammo kutilmaganda zudlik bilan vaqtinchalik qo‘shimcha mablag‘larga muhtoj bo‘lib qolgan tijorat banklarniga ssudalar berishi mumkin.
Tijorat banklari tomonidan Markazi bankdan olinadigan ssuda ular uchun majburiyat hisoblanadi va tijorat banklari balansida " Markaziy bankdan olingan ssudalar" nomi ostida aks ettiriladi, bu ssuda Markaziy bankning balansida esa aktiv hisoblanib " Tijorat banklariga berilgan ssudalar" nomi ostida aks ettiriladi.[17]
Shunday qilib Markaziy bank Tijorat banklariga kredit beraar ekan uning umumiy rezervlarni oshiradi va shu yo‘l bilan ularning xo‘jalik yurituvchi su‘ektlar va aholini kreditlash imkonini yaratadi.
Respublikamizning bozor iqtisodtetiga o‘tilaetgan sharoitda iqtisodietni Davlat tomonidan pul-kredit vositalari orqali tartibga solish zaruriyati iqtisodietda yuz beraetgan quydagi jaraenlardan kelib chiqadi.

  • turli mulkchilik shakliga asoslangan korxonalarni tashkil topishi va rivojlanishi;

  • tashqi iqtisodiy aloqalarni kengayishi;

  • respublikani xalqaro valyutmoliya munosabatlariga kirishishi;

  • mustaqil hisob-kitob, kredit va boshqa operatsiyalarni amalag oshiriuv tijorat banklarni faoliyatiningrivojlanishi;

  • normal faoliyat ko‘rsatuvchi pul tizimini vujudga kelishi va milliy valyutaning barqarorligi uchun sharoitning yaratilishi va hokozo.

Mustaqillikka erishilgandan so‘ng Respublikamizda iqtisodietni bozor munosabatlariga o‘tkazish va uning tarkibiy qismi sifatida markazlashtirilgan bank tizimidan markazlashmagan ikki poqonali bank tizimiga htkazish rejalari ishlab chiqildi. Bunday sharoitda iqtisodiy o‘sish va inflyatsiya su‘ratini jilovlashag aniq ishlab chiqilgan va tartib bilan olib borilaetgan pul-kredit siesati orqali erishiladi.
Hozirgi kunda Respublika Markaziy banki emission markaz va pul-kredit siesatini olib boruvchi rasmiy muassasa hisoblanadi. Turli mulk shakillaroiga asoslangan tijorat banklari esa mustaqil bo‘lib ularning faoliyati Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi.
Pul-kredit siesati orqali muvofiqlashtirishning ajralmas qismi sifatida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish zaruriyati quyidagilardan iborat:[24]

    • banklarning likvidliligini ta‘minlash orqali ular inqirozini oldini olish;

    • pul va boshqa moliya resurslari ustidan manopol nazoratga yo‘l qymaslik hamda kam sonli kredit muassasalarning qo‘lida kapitalning to‘planib qolishini cheklash.

Banklarni inqirozga uchrashini oldini olish maqsadida O‘zbekiton respublikasi Markazi banki banklar uchun yuqori xatarga ega bo‘lgan va ularni lekvidligini pasayishiga olib keladigan operatsiyalarni qonuniy chegaralaydi.
Shunday qilib bank faolatini tartibga solishning asosiy maqsadlari moliya tizimining yuqori samaradorligini saqlab turish, uning barqarorligi va xavfsizligini kafolatlash, shunindek investorlarni himoya qilishning muvofik darajasini saqlab turishdan iboratdir. Rivojlaninning turli davrlarida qayd etilgan maqsadlarning muhimlik darajasi mamlakatdagi siesiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazyatlardan kelib chiqib o‘zgarib turadi. Demak, respublikamizning bozor munosobatlariga o‘taetgan hozirgi sharoitda tartibga soluvchi organlar faolatida birinchi galdagi vazifalardan biri bu pul, kredit va fond bozorlarini rivojlantirishdir. Bu bilan banklar va moliya muassasalari
faoliyatining samaradorligini oshirish, butun bank tizimining barqarorligini saqlab va investorlar manfaatlarini himoya qilishni ta‘minlash imkonini beruvchi "o‘yin qoidalari" ning talablariga rioya etilishini nazorat qilish orqali banklar o‘rtasida soqlom raqobat muhitini saqlab bo‘lib qolmoqda.



    1. Download 2,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish