O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Bankni ro‘yxatiga olish hamda litsenziya berish tartibi



Download 2,42 Mb.
bet10/73
Sana09.01.2023
Hajmi2,42 Mb.
#898448
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

Bankni ro‘yxatiga olish hamda litsenziya berish tartibi

  1. Bankni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bosqichi.

Bu bosqich uch davrni o’z ichiga oladi:
Bank ochish haqidagi ariza bilan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga murojat qilish. Bunda arizaga quyidagi xujjatlar ilova qilinishi kerak:

  • yangi tashkil etilayotgan bankni ta‘sis etish bo’yicha xujjat;

  • muassislar tomonidan imzolangan va ularning muhrlari bilan hamda notarial tartibda

tasdiqlangan ta‘sis shartnomasi. Ta‘sis etuvchilar jismoniy shaxs bo’lganlarida ularning imzolari notarial tasdiqlanadi;

  • muassis aksiyadorlar yig’ilishi tomonidan tasdiqlangan va muassislar tomonidan uch nusxada imzolangan bank ustavi;

  • bank tashkil etish haqidagi qaror, ustav kapitalining miqdori va ustavni tasdiqlash, bank kengashi, taftish komissiyasi va boshqaruvini saylash haqidagi qarorlarni o’z ichiga olgan bank kengashi raisi tomonidan tasdiqlangan ta‘sis yig’ilishining bayonnomasi.

O’ayd etib o’tilgan hujjatlarning loyihalari Markaziy bankning banklarni litsenziyalash departamenti ma‘qullaganidan keyingina imzolanadi va tasdiqlanadi.
Bulardan tashqari, Markaziy bankka muassislar to’g’risidagi ma‘lumotlar: bank kengashi a‘zolari ro’yxati (kengash raisi, uning birinchi o’rinbosari) ko’rsatilgan holda ushbu shaxslarning Markaziy bank talablariga muvofiq kelishlarini tasdiqlovchi ma‘lumotlar, yangi tashkil etilayotgan bankning tashkiliy tuzilishi, ichki audit to’g’risidagi Nizomi, kredit siyosati to’g’risidagi Nizomi, biznes rejasi, ariza topshiruvchining muassislar nomidan ariza topshirish vakolatini tasdiqlovchi hujjat, tashkil etilayotgan joydagi Markaziy bank bosh boshqarmasining bank tashkil etishning maqsadga muvofiqligi haqidagi xulosasi, muayyan hududida bank tashkil etish mo’ljallanayotganligi haqida mahalliy hokimiyat va boshqaruv organlariga berilgan bildirishning nusxasi ham topshirilishi lozim.
Tijorat banki filialini tashkil etish paytida ham ushbu hujjatlar (ta‘sis hujjatlaridan tashqari) taqdim etilishi kerak bo’ladi.
Xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat banki tashkil etilayotganda yuqorida ko’rsatib o’tilgan hujjatlarga qo’shimcha ravishda yana quyidagilar taqdim etilishi talab etiladi:

  • tegishli xorijiy muassisning bank tashkil etishda ishtirok qilishi haqidagi qarori;

  • norezident bankning O’zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasi tomonidan tasdiqlangan ustavi;

  • bank joylashgan mamlakat bank nazorat organi tomonidan muassis bank faoliyatini yuritish uchun litsenziyaga egaligi va xususan, qaytarib berish sharti bilan o’z mamlakatida pul depozitlari va boshqa boyliklarni qabul qilish huquqiga egaligini tasdiqlovchi xat;

  • bank nazorati organining muassis bankning o’zi joylashgan va ro’yxatdan o’tkazilgan joyda nazorat ostida ekanligi haqidagi yozma tasdiqnoma;

  • muassis bankning oxirgi uch moliya yili uchun tuzilgan, auditorlik firmasi tasdiqlagan yillik hisobotlari, shu jumladan, foyda va zararlar haqidagi konsolidatsiyalangan balansi va hisoboti;

  • bank nazorati organi muassis bank tashkil etayotgan bankning ustav kapitalida ishtirok etishi uchun bergan yozma ruxsatnomasi yoki bunday ruxsatnoma muassis bank mansub bo’lgan davlatning qonun hujjatlariga muvofiq talab etilmasligining yozma tasdig’i.

Faoliyat yuritib turgan banklar ustav kapitalidagi hissa xorijiy shaxslar tomonidan sotib olinayotganda ham ushbu hujjat xorijiy shaxs tomonidan Markaziy bankka taqdim etilishi lozim bo’ladi.

Banklar Markaziy bankda Tijorat banklarini ro’yxatga olish kitobida ro’yxatga olingan vaqtdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladilar. Ro’yxatga olish bilan bir vaqtda ularga litsenziya beriladi.


Bankni ro’yxatga olish va litsenziya olish uchun muassislar dastlabki ruxsat olingan kundan boshlab uzog’i bilan olti oy muddatda quyidagi talablarni bajarishlari shart:

  1. muassislarning vakolatli shaxsi imzolagan bankni ro’yxatga olish va litsenziya berish to’g’risidagi arizani taqdim etish;

  2. bankni ro’yxatga olish va litsenziya olish uchun ushbu Nizomda nazarda tutilgan barcha zaruriy talablarni bajarish;

v) bank binolari muhofazasini ta‘minlash hamda muxandis-texnik qo’riqlash vositalari bilan jixozlash, dasturiy mahsulotlarni tayyorlash;

  1. Markaziy bank tomonidan belgilangan minimal talabdan kam bo’lmagan miqdorda bank ustav kapitalini shakllantirish hamda ustav kapitaliga yo’naltirilgan to’lovni tasdiqlovchi hujjatlarni va muassislar ro’yxatini taqdim etish;

  2. bank boshqaruvi raisi va uning o’rinbosarlari, bosh buxgalter va uning o’rinbosarlari egallab turgan lavozimlariga kasbiy muvofiqliligini baholash bo’yicha Markaziy bankning ijobiy xulosasini taqdim etish;

  3. sanab o’tilgan barcha hujjatlarning fayl (elektron) ko’rinishdagi nusxalarini ham taqdim etish.

Bankni ro’yxatga olish to’g’risidagi ariza taqdim etilganidan so’ng Litsenziyalash departamenti ochilayotgan bankni mazkur Nizomning talablariga muvofiqligi yuzasidan tekshiradi.
Bankni ro’yxatga olish va unga litsenziya berish to’g’risidagi qaror Markaziy bankning barcha talablari bajarilgan kundan boshlab bir oy ichida qabul qilinadi.
Quyidagilar bankni ro’yxatga olish va unga litsenziya berishni rad etish uchun asos bo’ladi:

  1. ta‘sis shartnomasi va ustavning qonun hujjatlariga mos kelmasligi;

  2. bir yoki bir necha muassis moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi;

v) muassislar mablag’lari manbalarining deklaratsiya qilinmaganligi (xususiy tijorat banklari ustav kapitalida ishtirok etayotgan rezident jismoniy shaxslardan tashqari);
g) bank ro’yxatga olinadigan vaqtgacha bank eng kam ustav kapitalining shakllantirilmaganligi;

  1. bank binolari muhofazasining ta‘minlanmaganligi hamda muxandis-texnik qo’riqlash vositalari bilan jixozlanmagani, dasturiy mahsulotlarning tayyor emasligi;

  2. tashkil etilayotgan bank rahbari va bosh buxgalterining kasbga nomuvofiqligi.

Markaziy bank tomonidan berilgan litsenziya bankka unda ko’rsatilgan faoliyat turlari bilan shug’ullanish huquqini beradi.
Tashkil etilayotgan bankni boshqarish imkoniyatlari, umumiy tavakkalchilik va kapital tuzilmasini o’rganish asosida ayrim faoliyat turlari cheklab qo’yilishi mumkin.
Litsenziya uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
CHet el valyutasida operatsiyalar amalga oshirish uchun banklarga «Tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar berish qoidalari»ga (ro’yxat raqami 463, 1998 yil 3 avgust) muvofiq bosh yoki ichki litsenziyalar beriladi.
O’zbekiston Respublikasining "Valyutani tartibga solish to’g’risida", "O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risida" xamda "Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash to’g’risida"gi qonunlariga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat
banklariga, ularning arizasiga ko’ra chet el valyutasida operatsiyalar o’tkazilishiga, ularning bunga tayerligidan kelib chiqib litsenziya beradi.

Litsenziyalar bosh litsenziya va ichki litsenziyalarga bo’linadi. Bosh litsenziya tijorat banklariga O’zbekiston Respublikasi xududida xamda chet elda xorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish uchun berilgan xuquqdir.


Ichki litsenziya tijorat banklariga O’zbekiston Respublikasi xududida chet el valyutasidagi operatsiyalarni to’la yoki cheklangan doirada amalga oshirish uchun berilgan xuquqdir.
CHet el valyutasida operatsiyalar o’tkazish uchun bosh yoki ichki litsenziya olgan bank (bundan buyon vakolatli bank deb ataladi) qonunchilikka muvofiq va litsenziya shartlari asosida o’z faoliyatini amalga oshiradi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tasdiqlagan talabnomalar asosida tijorat banklari chet el valyutasidagi operatsiyalarni amalga oshirishga qay darajada tayyor ekanligi aniqlanadi. Mazkur talablar malakaviy va texnik talablarga bo’linadi.
Tijorat banklari litsenziya olish uchun mazkur qoidalarning ilovasida ko’rsatilgan xujjatlarni topshirishlari kerak.
Xorijiy kapital ishtirokidagi banklar xujjatlarni O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibga muvofiq xolda taqdim etadilar.
Bir yildan ortiq faoliyat ko’rsatayotgan, ya‘ni to’la moliyaviy (operatsiya) yilini tugatgan va rasmiy yillik xisobot tayyorlayotgan tijorat banklarining arizalarigina ko’rib chiqish uchun qabul qilinadi. Litsenziyalar xorijiy kapital ishtirokidagi banklar belgilangan muddatdan ilgari berilishi mumkin. Xususiy tijorat banklariga chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish uchun litsenziyalar ularning faoliyatiga olti oy to’lishi bilan berilishi mumkin.



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish