Nutq shakllari
Og`zaki nutq- (ziyolilar, ishchilar, qishloq xo`jalik xodimlari, amaldorlar), ijtimoiy guruhlar (masalan, san’atkorlar, kosiblar, o`g`rilar) o`rtasidagi erkin suhbat orqali uslubiy mazmun ham ifodalanadi. Har bir hududda yashovchilarning gaplari, suhbatlari, shevalari ham og`zaki nutqqa kiradi. Yozma nutq ma’lum bir fonetik, leksik, grammatik qonuniyatlarga asoslanadi.
Yozma nutq-yozma nutq adabiy til me’yorlari asosida tuzilgan rasmiy tildir. O`zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud:
So`zlashuv uslubi. Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so`zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi. So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi. Bu uslubning yana bir o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir.
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv uslubidir. So`zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir toifaning nutqida o`ziga xoslik seziladi: olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi, dehqonning so`zlashuvida farq bo`ladi. Hatto erkagu xotinlar so`zlashuvi o`rtasida ham ba’zi farqlar bo`ladi.
So`zlalashuv uslubining o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir. So`zlar tartibi erkin, asosiy maqsadni ifodalovchi gap bo`lagi ajratib ko`rsatiladi, fikr so`zga mantiqiy urg`u berish bilan ifodalanadi. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo`ladi. Og`zaki so`zlashuv uslubi grammatik qurilishi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo`ladi. Og`zaki so`zlashuv uslubi grammatik qurilishi soda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo`ladi. Bunda xalq maqollari va masallar, rivoyat va ertaklar, latifa va qo`shiqlar, so`z o`yinlari-pichinglar, hazil – mutoyi balar, askiya va qochirmalar muhim manba sanaladi. Jonli nutq jarayonida uslubiy bo`yoq iboralaridan (Onaginang o`rgilsin! Qoqindig`ing bo`lay!) keng foydalaniladi. Jonli so`zlashuv nutqida «xom» ibora va gaplar, behayo so`zlar ham uchraydi. Ba’zan bunday qatlamlar badiiy asarlardan ham o`rin oladi: Hoy xotin, tavba qildim, endi ichsam, birovdan pul olsam, go`rimda to`ng`iz qo`pay. Har holda hamma toifa kishilarning suhbati, so`z va gaplari tushunarli bo`ladi. Chunki umumiste’moldagi so`z, ibora va jumlalardan foydalaniladi.
Badiiy uslub. Badiiy uslubning o`ziga xos xususiyati shundaki, adabiy tilning barcha imkoniyatlarini o`z ichiga olish bilan birga, unda o`zbek shevalariga, kasb-hunarga doir leksik birliklar, bugungi kunda iste’moldan chiqib ketgan tarixiy so`zlar ham personajlar nutqi orqali ishlatila beradi. Badiiy uslub o`quvchiga estetik zavq bag`ishlaydi.
Badiiy uslub - badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo`lib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |