57-rasm. Falanga - Galeodes araneoidesning tuzilishi
1-xepitsera; 2-pedipalp; 3-yurish oyoqlari; 4-ko’krakning orqa segmenti;
5-qorin segmentlari; 6-boshko’krak oyoqlari; 7-ko’z.
Boshko’krakning ikkinchi bo’g’imida bir juft uzun va
bo’g’imli yurish oyoqlariga o’xshab ketuvchi pedipalpalari
mavjud bo’lib, u sezishga, mayda narsalarni ushlashga va
yurishga yordam beradi. Pedipalpalarning uchi tirnoqcha
bilan tugallanadi.
To’rt juft yuruvchi oyoqlarining hammasi 7 bo’g’imli
bo’lib, tuklar bilan qoplangan va uchlari qo’sh timoqlar bilan
qurollangan. Falangalarda zahar ishlab chiqaruvchi bezlar
boMmaydi, ammo u tishlaganda juda qattiq og’ritgani holda,
undan shish ham paydo boMadi. Bu esa xeliseralaridagi har
xil infeksiyalaming jarohatlangan joyga tushganidan so’ng
170
www.ziyouz.com kutubxonasi
yuzaga keladi.
Q oraqurt - zaharli o’rgimchaklardan biri hisoblanadi.
Uning chaqishi odam va yirik hayvonlar hayoti uchun xavfli
hisoblanadi.
Qoraqurtning gavdasi boshko’krak va qorin qismlarga
bo'linadi. Boshko’krakda bir juft xelisera, bir juft pedipalpa
(mo’ylovga o’xshash) va to’rt juft oyoqlari joylashgan. Zahar
bezlari xeliseraning asosida bo’ladi. Qoraqurt tanasi yaqqol
ajralib turuvchi bo’g’imlarga bo’linmagan (58-rasm).
58-rasm. Urg'ochi - Latrodectus tredecimguttatus (chapda) va erkak
(o’ngda) qoraqurt
Urg'ochi va erkak qoraqurtlar katta-kichikligi va boshqa
xususiyatlariga ko'ra farqlanishadi. Urg’ochi qoraqurtning
tanasi boshko’krak va duxobaga o’xshash qora yumaloq
qorin qismidan iborat. Qorin qismining ustida atrofi oq
hoshiya bilan o’rab olingan qizil dog’lari bo'ladi.
Urg’ochisining tana uzunligi 1-2 sm.ga teng, erkagi urg'o-
chisidan 3-4 marta kichik. Erkaklarining qorin qismi
cho’zinchoq bo’lib, oyoqlari uzun bo’ladi.
Pedipalpalarning uchlari yumaloq bo’lib, qo'shilish
organlari
vazifasini
bajaradi.
Qoraqurtning
yurish
oyoqlarining hammasi 7 bo’g’imli va tuklar bilan qoplangan.
Boshko'krak ustida 4 juft ko’zlari joylashgan. Qornining
171
www.ziyouz.com kutubxonasi
uchida ipak (tola) ishlab chiqaruvchi 3 juflt so’gaIIari mavjud.
Ularning shakli naysimon, noksimon va pufaksimon
ko’rinishda bo’ladi. Bezlar ajratgan ana shu suyuqliklar
so’gallar orqali tashqi muhitga chiqib, darhol qotib ipga
aylanadi. Qoraqurt bu tolalardan uya va pilla yasashda
foydalanadi.
Urg’ochi qoraqurtlar voyaga yetganda o’zi to’qigan inda
yashaydi. Ulaming urugManishi iyun va iyulning boshlariga
to’g’ri
keladi.
Kopulyatsiya
(qo’shilish)dan
keyin
urg’ochilari erkaklarini yeb qo’yadi. UrugMangan urg’ochi-
lari yangi joylarga ko’chib o’tib, tuproqdagi chuqurchalar,
kemiruvchilaming inlari, yirik toshlar ostiga in quradi.
Maxsus pillalar to’qib, ichiga 100-700 tagacha tuxum
qo’yadi. Bu holat sentyabr oyigacha davom etadi. Tuxumdan
chiqqan yosh qoraqurtchalar pillalar ichida qishlaydi. Aprel
oyida yosh qoraqurtchalar pilladan chiqib shamol yordamida
(tolalar chiqarib) atrof-muhitga tarqaladi. Yosh qoraqurtcha-
lar bir necha bor po’st tashlab iyun oyida jinsiy voyaga
yetadi. Urg’ochi qoraqurtlar bir yerdan ikkinchi yerga
ko’chganda (may, iyun, iyul) odam va turli hayvonlarni
' chaqishi mumkin. Qoraqurtning zahari odamga, tuya va
otlarga kuchli ta'sir qilib, ulami halok qilishgacha olib kelishi
mumkin. Erkak qoraqurtlaming zahari kamroq va ta'siri
kuchsiz bo’ladi.
Iksod kanasi. Iksod (it) kanasining boshko’krak va qorin
qismlari qo'shilib ketib, yaxlit xaltasimon ko’rinishda
bo’ladi. Iksod kanasining tanasi qoramir jigarrangda,
ovalsimon yoki tuxum shakliga ega. Urg’ochilarining
uzunligi 15mm.gacha, erkaklariniki esa 5mm.ga yetadi.
Gavdasidagi hamma bo’g’imlar qo’shilib ketgan bo’lib,
boshko'krak va qorin boMimlarga aniq ajralmagan (59-rasm).
172
www.ziyouz.com kutubxonasi
59-rasm. Iksod kanasining tuzilishi
A,B-urg'ochi och kana, orqa (A) va qorin (B) tomonidan ko'rinishi,
V-qonga to'ygan kana, G-ichki tuzilishi: 1-xartumcha; 2-so’lak bezlari;
3-malpigi naychalari; 4-traxeyalar; 5-tuxumdon; 6-miya; 7-qizilo’ngach;
8-o’rta ichak; 9-o’rta ichakning ko’r o’simtalari. D-Iichinkaning qorin
tomonidan ko'rinishi, E-nimfa, J-xartumning ko'rinishi, 1-gipostom;
2-xeliseraning oxirgi bo’g’imi; 3-pedipalpasi.
Tanasining oldingi qismida xelisera va pedipalpalaming
birikishidan hosil bo’lgan xartumchasi (gnatosoma) mavjud.
Bu sanchib-so’ruvchi og’iz apparatidir. Xeliseralarida uchi
orqa tomonga qarab joylashgan xitindan iborat ko’p
ilmoqchalari
bo’ladi.
Kanalar xeliseralari
yordamida
xo’jayini terisini qirqib qon so’radi. Shakli o’zgargan
pedipalplar-gipostom deb ataladi.
Gipostom ilmoqlari va xeliseralar xo’jayin terisiga
mahkam ushlanib turishga yordam beradi. Tanasining oldingi
uchida 4 juft yuruvchi oyoqlari joylashgan. Kananing xitinli
kutikulasi uning yelka tomonida qalqon hosil qiladi. Bu
qalqonning katta-kichikligi urg’ochi va erkak kanalarda turli
xil boMishi mumkin. Erkaklarida qalqon deyarli butun yelka
qismini, urg’ochilarida esa uchdan bir qismini qoplab turadi.
Ishning bajarilishi: fiksasiya qilingan falangalarni petri
173
www.ziyouz.com kutubxonasi
kosachasi yoki vannachalarga solib, qo’l lupasi yordamida
ularning tashqi ko’rinishini atroflicha ko’rib chiqing. Xuddi
shunday ishlami o’rgimchaklar va kanalar bo’yicha ham
bajaring.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1. Qaysi o'rgimchaksimonlarda zahar bezi bo'lmaydi?
A. Qoraqurtda; B. Falangada; S. Biyda; D. Chayonda;
2. Erkak o'rgimchaklaming kuyikish a'zolarini aniqlang?
A. Yurish oyoqlari; B. Xeliseralari; S. Pedipalpalari;
D. Pedipalp va xeliseralari;
3. Falanglaming eng yirigi qancha bo'ladi?
A. 30-40 mm; B. 50-70 mm; S. 3-4 sm; D. 10-15 sm;
4. Yosh qoraqurtning qorin ustida nimasi bo'ladi?
A. T o'r to'qiydigan bezlari bor; B. Qora dog'lari bo'ladi;
5. Qizg'ish dog'lar bo'Iadi; D. Oq dog'lari bo'ladi;
5. To'rt jufl oyoq qaysi bo'g'imoyoqlilarda mavjud?
A. Qisqichbaqasimonlar; B. O'rgimchaksimonlar; S. Hasha-
, rotlar; D. Barchasida;
6. Butli o ’irgimchak to’r to’qish bezlari qayerda joylashgan?
A. Qorinchada; B. Pedipalpada; S. Xeliserada; D. Ko’k-
rakda;
7. O'rgimchak tanasining bo'limlari?
A. Yaxlit boshko'krak va qorin; B. Bosh, ko'krak va qorin;
S. Bosh, bosh ko'krak va qorin; D. Bosh va ko'krak;
8. O'rgimchakning qorin bo'limi uchida nima bo'ladi?
A. Ikki juft o'rgimchak so'gallari; B. Butsimon oqish dog';
S. Xeliseralar; D. Pedipalplar;
9. O'rgimchakning nafas olish organini aniqiang?
A. Bir juft o'pka va traxeyalar; B. Ikki juft o'pka; S. Ikki
tutam traxeyalar; D. Ikki juft o'pka va bir tutam traxeyalar;
174
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |