O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti a. Sh. Xurramov umurtqasizlar zoologiyasidan



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/122
Sana12.07.2021
Hajmi6,67 Mb.
#116913
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari (A.Xurramov)

Ishning 
mazmuni. 
Tibbiyot 
zuluklari 
chuchuk 
suvlarda-buloqlar,  hovuzlar  va  sekin  oqar  suvlarda  hayot 
kechiradi.  Ular yirik zuluklar  hisoblanib, tanasining uzunligi 
12-20  sm.gacha  boMadi  (47-rasm).  Tanasi  sariq-qoramtir 
yoki biroz yashil tusda, yelka  tomoni bo’ylab bir necha sariq 
(qovoq) rangli chiziqlar borligi bilan boshqa zuluklardan farq 
qiladi. 
Tanasi 
dorzoventral 
tomoniga 
qarab 
biroz 
yassilangan.
139
www.ziyouz.com kutubxonasi


47-rasm. Tibbiyot zulugi - Hurido medicinalis 
l-old so’rg’ichi; 2-orqa so’rg’ichi.
Yelka  tomoni  qavariq,  qorin  tomoni  esa  yassi. 
Tanasining  oldingi  uchida  og’iz  so’rg’ichi  (so’rg’ichning 
o’rtasida og’iz teshigi joylashgan),  keyingi  uchida esa ancha 
katta anal  so’rg’ichi  mavjud.  Anal teshigi anal so’rg’ichining 
ustki  qismida  joylashgan.  Zulukning  tanasi  segmentlarga 
bo’lingan,  lekin  bu  haqiqiy  segmentlar  emas,  chunki  tashqi 
segment-halqalarning  soni  (102ta)  ichki  segmentlar  soniga 
(33ta)  teng  emas.  Segmentlarida  parapodiy,  tukchalar, 
paypaslagichlar boTmaydi.
Tana  segmentlarining  dastlabki  4  tasi  qo’shilib  og’iz 
so’rg’ichini,  oxirgi  7  ta  segmentlar  esa  anal  (keyingi)' 
so’rg’ichni hosil qilgan. Oldingi va keyingi so’rg’ichlar qorin 
tomoniga qaragan boTib, yopishish organi boTib ham xizmat 
qiladi.  Bosh qismining yelka  tomonida besh juft ko’zchalari 
mavjud.  Zuluklar  terisining  ustki  tomoni  yupqa  kutikula 
bilan  qoplangan,  uning  ostidagi  bir  qavatli  epiteliyda 
shilimshiq  modda  ajratadigan  juda  ko’p  bezlar  joylashgan. 
Ichki  organlarining  orasidagi  bo’shliq  biriktiruvchi  to’qima- 
parenxima  bilan  toTgan.  Haqiqiy  tana  bo’shlig'i  mavjud
140
www.ziyouz.com kutubxonasi


emas.  Zuluklaming  og’iz  bo’shlig'ida  bir-biriga  qarama- 
qarshi  joylashgan  xitindan  iborat  uchta  jag’i  mavjud. 
Ulaming ustki qismi qirrali, o’tkirlashgan bo’lib, unda 80-90 
ta  mayda  tishchalar  mavjud.  Bular yordamida  xo’jayinining 
terisini  kesib,  qonini  so’radi.  Shuning  uchun  ham  terida 
zuluk  qon  so’rganidan  keyin  3  qirrali  chandiq  izlari  qoladi. 
Zuluklar halqumi atrofida bezlar joylashgan. Bu bezlar qonni 
ivitmaydigan  maxsus  modda-gimdin  (antifibrin)  ishlab 
chiqaradi.  Gimdin  qonni  ivib  qolishidan  saqlaydi,  natijada 
qon bir necha oy davomida ichakda ivimay saqlanadi va asta- 
sekin  sarflanadi.  Og’iz,  halqumdan  keyin  endodermadan 
hosil  bo’lgan  o’rta  ichak  boshlanadi.  0 ’rta  ichak  10-11  juft 
yon  o’simtalar,  ya'ni  uchi  berk  xaltachalar  hosil  qiladi. 
Ularning  eng  so’nggi juft  o’simtasi  uzun  bo’lib,  u  tananing 
oxirgi  uchigacha  cho’ziladi.  Bu  xaltachalarda  gimdin  bilan 
aralashgan qon uzoq muddatga ivimasdan saqlanadi. Shuning 
uchun  ham  zuluk  1-1,5  yil  davomida  qon  so’rmasdan 
yashashi  mumkin.  Orqa ichak to’g'ri  nayga o’xshash va anal 
teshigi  bilan  tugaydi.  Ayiruv  vazifasini  bo’g’imlar  bo’ylab 
joylashgan  17  juft  metanefridiylar  bajaradi.  Tibbiyot 
zulugining  nerv  sistemasi  halqum  usti  va  uning  bilan 
qonnektivalar  yordamida  tutashgan  halqum  osti  nerv 
tugunlaridan,  shuningdek  qorin  nerv  zanjiridan  iborat. 
Barcha  zuluklar  kabi  tibbiyot  zulugi  ham  ikki  jinsli 
(germafrodit).
Erkaklik jinsiy  sistemasi  9 juft urug’don  (tananing  o’rta 
qismida)  dan  boshlanadi.  Urug’donlarning  har biridan  qisqa 
urug’  yo’li  chiqib,  tananing  ikki  yonidagi  ikkita  urug’ 
yo’llariga kelib tutashadi. Urug’  yo’llari esa tananing oldingi 
tomonida  bitta  umumiy  umg’  to’kish  nayini  hosil  qilib, 
qo’shilish  organiga  kelib  ochiladi.  Qo’shilish  organi 
zuluklaming  o ’zaro  qo’shilishi  vaqtida  tashqariga  qayrilib 
chiqish xususiyatiga ega. Urg’ochilik jinsiy sistemasi bir juft 
tuxumdon, qisqa tuxum yo’li va tor qin yo’lidan iborat. Jinsiy 
teshik  12-segmentdan tashqariga ochiladi.
141
www.ziyouz.com kutubxonasi


Zuluklarda  tuxumning  urugManishi  organizm  ichida 
kechadi,  tuxumlarini  pillaga  o ’rab  (9-11-segmentlardagi 
bezlar  ajralib  chiqargan  suyuqlikdan)  suv  tubidagi,  suv 
o’tlariga yoki qirg’oqdagi nam tuproqqa qo’yadi.
Ishning  bajarilishi:  tirik tibbiyot  zulugining harakatini, 
rangini suvli  idishga solib kuzating.  So’ngra uni spirtga solib 
jonsizlantiring  va  tashqi  tuzilishini  o’rganing. 
Ichki 
organlarini  o’rganish  uchun  yomg’ir  chuvalchangini  ochish 
usullaridan foydalaning.
Topshiriqlarga javob bering va bilimingizni baholang
1.  Zuluklarning  tanasi  doimiy  ravishda  nechta  sigmentdan 
iborat bo'ladi?
A .28;B . 33;  S. 36;  D.42;
2. Zuluk so’rgan qonni ivittirmaydigan modda?
A. Girudin; B. Xitin; S. Kutikula; D. Melanin;
3.  Zuluk nerv sistemasi qanday tuzilgan?
A.  Qorin  nerv  zanjiri;  B.  Ortogon;  S.  Tarqoq  tugunli; 
D. To'rsimon;
4. Zuluklar ayiruv tizimi nimadan iborat?
A.  Metanefridiylar;  B.  Fagotsitar  hujayralar;  S.  Protonef- 
ridiylar;  D. Malpigi naylari;
5.  Zuluklar tana segmentatsiyasi?
A.  Doimiy;  B.  0 ’zgaruvchan;  S.  Geteronom;  D.  Ichki 
segmentatsiya tashqiga mos;
6.  Zuluklarda  qonni  quyilishga  yo'l  qo'ymaydigan  qanday 
sekret ishlab chiqariladi?
A. Etolamin;  B. Formalin; S. Gimofilin;  D. Erudin;
Mustaqil ish  uchun topshiriqlar
1. Zuluklaming tashqi va ichki tuzilishi.
2. Zuluklaming ko’payishi va rivojlanishi.
2.  Zuluklarning biologiyasi va amaliy ahamiyati.
142
www.ziyouz.com kutubxonasi


3.  Tibbiyot zulugining morfo-anotomik tuzilishi aks ettirilgan 
rasmlarni chizing.

Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish