O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi termiz davlat universiteti a. Sh. Xurramov umurtqasizlar zoologiyasidan



Download 6,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/122
Sana12.07.2021
Hajmi6,67 Mb.
#116913
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   122
Bog'liq
Umurtqasizlar zoologiyasidan laboratoriya mashg'ulotlari (A.Xurramov)

Mustaqil ish uchun topshiriqlar
1.  Koksidiyalarning  tuzilishi  va  rivojlanishidagi  muhim 
xususiyatlari.
2. Koksidiyalaming keltirib chiqaradigan kasaliiklar va uning 
ahamiyati.
3.  Quyon  koksidiyasining 
tuzilishi  va  rivojlanishi  aks 
ettirilgan rasmlami chizing.
9  - MASHG’ULOT
ODAM QONIDA YASHOVCHI BEZGAK 
PLAZMODIYASINING TURLI XIL TARAQQIYOT 
DAVRIDAGI TUZILISHI VA RIVOJLANISHI
Tip. Sporalilar -  Sporozoa 
Sinf. Koksidiyasim onlar- Coccidiomorpha 
Turkum . Qon sporalilar — Haemasporidia 
Avlod. Plasmodiyalar -  Plasmodium 
Tur. Uch kunlik bezgak - Plasmodium vivax
O yquv 
mashg 'ulotining 
ntaqsadi: 
sporaiilardan 
odamning  eritrositlarida  yashovchi  va  bezgak  kasalligini 
qo’zg’atuvchi  plazmodiumning  hayotiy  siklining  turli 
davrlaridagi tuzilishlarini o’rganish.
Kerakii 
jihozjar: 
bezgak 
plazmodiyasi 
bilan 
kasallangan  odam  qonidan  tayvorlangan  turli  preparatlar, 
immersion ob'ektivli mikroskoplar, ko’rgazmali vositalar.
Ishning  mazmuni.  qon  sporalilarning  odamda to’rt turi 
parazitlik  qiladi:  uch  kunlik  bezgak  -   Plasmodium  vivax; 
to’rt  kunlik  bezgak-Plasmodium  malaria;  tropik  bezgak  - 
Plasmodium  falciparum va ikki kunlik bezgak -  Plasmodium 
ovale.  Uch  kunlik  bezgak  plazmodiyasining  yosh  shizonti 
uzuk  shaklida,  to’rt  kunlik  bezgakniki  -   Ientasimon,  tropik
48
www.ziyouz.com kutubxonasi


bezgakniki 
esa 
nozik 
uzuksimon 
ko’rinish 
boMadi 
(eritrositlarda).  Bezgak  plazmodiyaning  rivojlanish  sikli 
xo’jayin almashtirish bilan o’tadi.  Ularning jinsiy  ko’payishi 
qon  so’ruvchi  anofeles 
pashshalari  ichagida,  jinssiz 
ko’payishi esa odam organizmida boradi. Pashshalar ularning 
asosiy  (definitiv)  xo’jayini,  odam  esa  oraliq  xo’jayini 
hisoblanadi.  Uch  kunlik  (Plasmodium  vivax)  bezgakning 
rivojlanish sikli quyidagicha kechadi (17-rasm).
Plasmodium  vivax  bilan  zararlangan bezgak pashshasi  odam 
qonini  so’rayotganida  uning  so’lagi  bilan  birga  parazitning 
sporozoitlari  odam  qoniga  o’tadi.  Bular  qonda  ma'lum  vaqt 
aylanib  yurgach,  jigar  va  taloq  to’qimalari  hujayralarida 
qolib rivojlanadi va ulardan merozoitlar shakllanadi.
17-rasm. Bezgak plazmodiyasi - Plasmodium vivaxning rivojlanishi 
A-chivin  organizmida;  B-odam  organizmida:  I-sporozoit;  2-4-jigar  hujay- 
rasiga  kirib  etilishi;  5-merozoitning  eritrosit  ichiga  kirishi;  6-9-shizont 
(merozoitlaming  eritrositlarda  etilishi); 
10-merozoitlar; 
11-12-makro- 
gametasitning 
rivojlanishi; 
11a-12b-mikrogametasitning 
rivojlanishi; 
13-makrogametasit; 
14-mikrogametasit; 
15-mikrogametalarning 
rivoj- 
lanishi;  16-gametalaming  qo'shilishi;  17-zigota;  18-ookineta;  19-ookine- 
taning  chivin  oshqozoni  devoriga  o'tishi;  20-23-oosista  va  unda  sporo- 
zoitlaming  etilishi;  24-sporozoitlaming  oosistadan  chiqishi;  25-sporo- 
zoitlaming oshqozon soMagiga o'tishi.
49
www.ziyouz.com kutubxonasi


Keyinchalik  merizoitlar qon plazmasiga o’tadi  va undagi 
qizil  qon  hujayralari-eritrositlar  ichiga  kirib  rivojlanishini 
davom  ettiradi.  Merozoitlar eritrositlarda o’sib,  dastlab  uzuk 
shaklini,  keyin  esa  amyobasimon  ko’rinishni  oladi  va 
ularning  yadrolari  bir  necha  marta  boMinib,  taxminan  40 
soatdan keyin,  12-24 ta merozoitlar etiladi.
Merozoitlar eritrositlar qobig’ini yemirib qon plazmasiga 
o’tadi  va  qaytadan  sogMom  eritrositlarga  kirib  jinssiz 
(shizogoniya)  ko’payishini  davom  ettiradi.  Eritrositlarda 
merozoitlaming  gemoglobin  bilan  oziqlanishi  natijasida 
melanin  hosil  boMib,  merozoitning  qon  plazmasiga  har  bir 
chiqishida  melanin  va  zaharli  moddalar  ham  qonga  chiqadi. 
Buning  natijasida  bezgak  xuruji  kuzatiladi.  Shizogoniya  bir 
necha  bor  qaytarilgach,  ma'lum  vaqtdan  keyin  eritrositlar 
ichiga  kirgan  merozoitlardan  urg’ochi-makrogametosit  va 
erkak  mikrogametositlar  shakllanadi.  Undan  keyin  parazit 
rivojlana olmaydi. Odam qonida gametositlar yashayveradi.
Anofeles  pashshasi  bezgak  bilan  kasallangan  odam 
qonini  so’rganda  gametositlar  pashshaga  o’tadi.  Pashsha- 
ning  oshqozon  -   ichak  sistemasiga  tushgan  gametositlar 
asta-sekin  etiladi.  Har  bir  mikrogametsitdan  4-8  ta xivchinli 
harakatchan  mikrogametalar,  har  bir  makrogametositdan  esa 
bittadan  makrogameta  voyaga  yetadi.  Mazkur  mikro  va 
makrogametalar 
pashsha 
oshqozon-ichak 
sistemasida 
qo’shilib 
zigota  hosil  qiladi.  Zigota  ovalsimon  va 
harakatchan  boMib,  u ookineta deb ataladi.  Ookineta pashsha 
oshqozon  devorini  yorib  chiqib  po’stga  o’raladi.  Bunga 
oosista  deyiladi.  Oosistada  yadro  ko’p  marta  boMinadi, 
natijada sporozoitlar hosil boMadi.  Yetilgan oosistalar yorilib, 
ulardagi  sporozoitlar gemolimfa suyuqligi orqali pashshaning 
so’lak  bezlariga  keladi.  Pashsha  odamni  chaqqanda  odam 
qoniga  soMagi  bilan  birga juda ko’p  sporozoitlami  yuqtiradi 
va jarayon yuqorida qayd qilganimizdek yana takrorlanadi.
50
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ishning  bajarilishi:  uch  kunlik  bezgak  plazmodiyasi 
bilan  zararlangan  odam  qonidan  tayyorlangan  preparatni 
mikroskopning  immersion  ob'ektivi  ostida  kuzatiladi. 
Preparatdagi 
eritrositlarni 
topib, 
ulardan 
parazitning 
rivojlangan davrlarini toping va aniqlang.

Download 6,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish