O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish


Milliy turizm taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi muammolar va ularni hal etish imkoniyatlari



Download 0,5 Mb.
bet5/7
Sana01.07.2022
Hajmi0,5 Mb.
#724928
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
mohi

3.Milliy turizm taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi muammolar va ularni hal etish imkoniyatlari
Yuqoridagi boblarda ko’rib chiqganimizdek miliy turizm rivojlanishi bu O’zbekiston iqtisodiyoti rivojlnishi, aholi turmush darajasi yaxshilanishi, atrof muhitga bo’lgan e’tiborni oshirib, mamlakatimiz iqtisodiyotini oldinga olib chiquvchi muhim mashina o’xshatsak xato qilmagan bo’lamiz. Lekin afsuski milliy turizm rivojlanishiga salbiy ta’sir qiluvchi muammolar ham yo’q emas. Agar muammolarni birin ketin tahlil qiladigan bo’lsak
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida rivojlanishida ishlab chiqarish korxonalarining yuksalishi bilan bir qatorda noishlab chiqarish sohasining hissasi ham katta o’rinni egallaydi. Bu sohalarda biri turizm sohasidir. Turizm sohasi bugungi kunda butun dunyo bo’ylab keng quloch yoygan va har yili millionlab insonlar uning ishtirokchisiga aylanadi. Turizm ancha vaqatdan beri insonlarning dam olish, sayohat qilish, ko’ngil ochishga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida rivojlanib keldi va mo’may daromad topish manbaiga ham aylanib ulgurdi. Dunyoning ba’zi mamlakatlarida davlat budjetining asosiy qismini aynan ushbu soha va unda ko'rs’tilgan xizmatlar evaziga kelgan daromadlar tashkil etadi. Uning yalpi ichki mahsulot (YaIM) dagi o’rni ham sezilarli.
Qadimdan jahon sivilizatsiyasi o’choqlaridan bo’lib kelgan O’zbekistonda ham turizm sohasini rivojlantirishga katta ahamiyat berilgan. Turizm industriyasini rivojlantirish yuzasidan davlat siyosatini yuritishda bir qator qonunlar va normativ hujjatlar ishlab chiqilgan. “O’zbekistonda turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

  • Turizm va turistik industriyani rivojlantirish;

  • Fuqarolarning sayohat qilish paytidagi dam olish, erkin harakatlanish va boshqa huquqlarini ta’minlash;

  • Turistik resusrslaridan oqilona foydalanish va ularni saqlash;

  • Turizm sohasidagi normativ bazani shakllantirish;

  • Bolalar, yoshlar, nogironlar va aholining kam ta’minlangan qatlamlari turizmi uchun sharoit yaratish;

  • Turistik industriyani rivojlantirish uchun invistitsiyalar jalb qilish;

  • Tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun turistik xizmatlar bozorida teng imkoniyatlar yaratish;

  • Turistlarning xavfsizligini, ularning huquqlari, qonuniy manfaatlari va mol-mulki muhofaza qilinishini ta’minlash;

  • Turizm sohasining ilmiy ta’minotini tashkil qilish va rivojlantirish;

  • Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

  • Chet mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish”.

O’zbekiston o’zining 22 yillik mustaqil taraqqiyoti davomida yuqorida sanab o’tilgan bir qator yo’nalishlar bo’yicha qanday yutuqlarga erishdi, va aksincha, turizmni rivojlantirish borasida qanaqa muammolar yuzaga kelishi mumkin, ularni bartaraf etish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Respublikamizda turizmning rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar mavjud. Birinchidan, mamlakatda hukum surayotgan tinchlik va osoyishtalikning mustahkamligi, ikkinchidan, O’zbekistonning o’ziga xos iqlim sharoiti va go’zal tabiati, uchinchidan, qadim-qadimdan jahon xalqlari e’tiborini o’ziga qaratib kelgan, sharq me’morchiligining durdonalari bo’lgan ko’plab tarixiy obidalar xorijiy sayyohlarning yurtimizga tashrif buyurishlari uchun asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Mamlakatimiz geosiyosiy jihatdan biroz noqulay joylashgan. Negaki, bir necha yillardan beri urush o’chog’i bo’lib kelayotgan Avg’oniston bilan chegaradoshmiz. Bu masala xorijiy sayyohlarning tashrifini salbiy tomonga og’diruvchi, boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, turizm infratuzilmalarining rivojiga to’sqinlik qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Bunday holatni bizning mamlakatimiz 2001-yildan kuzatdi. Ya’ni, o’sha yili qo’shni mamlakatda amalga oshirilgan antitolib harakatlar natijasida ko’plab xorijiy turistik firmalar O’zbekiston mehmonxonalaridagi joy bronlarini zarurat bo’lmasa-da, ehtiyotkorlik yuzasidan bekor qilishdi. Bu esa mamlakatimiz turizm bozori natijalariga sezilarli ta’sir ko’rsatdi.
Yuqorida ta’kidlanganidek, mustaqillikga erishganimizga ko’p yil bo’lhan va yurtimiz turizm salohiyati yil sayin oshib borayotgan bo’lsa-da, bu sohadagi mavjud ba’zi kamchilik muammolarni o’z joyida aniqlab, uning maqbul yechimini topish asosiy vazifa hisoblanadi. Bunday muammolar sirasiga yo’l-qurilish sohasidagi muammolar, xizmat ko’rsatishning oqsashi, gid kadrlarning ba’zi holatlarda yetarlicha malakaga ega emasligi, reklama borasidagi muammolar kiradi.
Xorijiy sayyohlar bilan muloqotga kirishganimizda ham ularning aksariyati yuqoridagi muammolarga to’xtalishdi. Shaharda harakatlanish uchun sayyohlarga beriladigan xaritalarni ham mukammallashtirish, yo’llardagi belgilar va ko’chalarning nomlarini ko’rinarli va aniqroq qilib joylashtirish maqsadga muvofiqligini ta’kidlashdi. Ko’chalarda paydo bo’layotgan chuqurliklar o’z holiga tashlab qo’yilishi ko’plab muammolar keltirib chiqarishi bilan bir qatorda hududning tashqi qiyofasiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatishini aytib o’tishning esa hojati yo’q.
Turizmni rivojlantirishda mamlakatimizda birdan bir muammolarning biri orol muammosi. Turizm sohasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayoni eklogik atrof muhit bilan bog’lanmagan holda rivojlanishi mumkin emas. Negaki turistik faoliyat natijasida artof muhitning o’zgarishi sodir bo’ladi. Shuning uchun ham hozirgi kunda atrof muhitni himoya qilish tabiatni saqlash sof ekalogiyani shakllantirishga katta e’tibor berilishi lozim. Turizm rivojlanishini boshqarish vositasi va aniq rejalashtirish asosida atrof muhitga yetkazilgan zararni va salbiy holatlarni kamaytirish imkoniyatlari mavjud. Atrof muhitni muhofaza qilish siyosati uzoq muddatli va har tomonlama o’ylab amalga oshiriladigan turistik mahsulotlarning mavjud bo’lishiga amal qilishi kerak.
Lekin mavjud kamchiliklarga qaramasdan yurtimizga tashrif buyuruvchi xorijliklarning safi yil sayin oshib bormoqda. Demak-ki, mehmonlarga ko’rsatiladigan xizmat sifatini oshirish O’zbekiston turizm sayohatining dunyo miqyosida yuqori o’rinda bo’lishiga asosiy omil bo’lib xizmat qiladi.
Hozirgi kunda O’zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy turistlarga asosan madaniy tanishuv turlari taklif etiladi. Bu turlar davomida sayyohlar xalqimizning madaniyati , turmush tarzi, arxitektura yodgorliklari bilan tanishtiriladi. Turli xildagi ko’ngil ochar va rekreatsion turlarni taklif qilish borasida O’zbekiston dunyoning turizm sohasi rivojlangan mamlakatlari bilan teng kurashli raqobatga kirisha olmasada bu borada amalga oshirilayotgan chora tadbirlar ham ahamiyatiga molik.
Yana bir narsa aytib o’tilishi lozim ya’ni hududlarda turistlarni ko’proq jalb qilish uchun ba’zi bir muammolar hal qilinishi talab etiladi. Xorijiy turistlarni jalb qilishni kenggaytirish uchun viza bilan bog’liq talablarni yengillashtirish, mehmonxonalarda yaxshi sharoitlar yaratish, ularda xizmat sifatini yaxshilash, xalqaro andozalarga moslashtirish lozim. Barcha tarmoqlar qatori turizm sohasi ham professional kadrlarga muhtoj. O’zbekistonda turizmning rivojlanish modelini tezroq shakllantirishda malakali kadrlarni o’rni katta. Xalqaro andozalarga mos keladigan mutaxassislarni tayyorlash bu soha rivojlanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Bundan tashqari hozirgi davrda ichki turizmni rivojlantirish uchun, vatanimiz hududlarida turli xil ishlar amalga oshirilayotgan bo’lsada, o’ziga yarasha kamchiliklar ham mavjud. Bunga sabab mamlakatimiz hududida xizmat ko’rsatish bir xil ko’rinishga ega emas.
Tahlillarimdan kelib chiqqan holda qishloq joylarida rekreatsiya faoliyatining samaradorligini tabiiy omillarning foydali ta’siri va bunday faoliyatni ushbu omillar mavjud hududlarda tashkil etish bilan bog’liqdir. Qishloq joylarida rekreatsiya sohasini rivojlantirish va jonlashtirish, uning samaradorligini oshirish muammolarini hal etishda quyidagi vazifalarni bajarishga alohida ahamiyat berish lozim:

  • Tumanlar va qishloq hududlarida rekreatsiyada tabiatdan foydalanish imkoniyatlarining optimal strukturasini shakllantirish;

  • Tabiiy rekreatsiya resurslarini muhofaza qilish, ulardan ratsional foydalanish, ularni takror ishlab chiqarish bo’yicha xo’jalik tadbirlarini baholash;

  • Tabbiy rekreatsiya resurslaridan foydalanishning samaradorligini baholash.

Quyidagi ishlarni asta sekinlik bilan amalga oshirilib e’tibor qaratilsa, yaqin yillarda O’zbekiston milliy turizmiga juda kata ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa ichki turizm rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqadi.
Keyingi dolzarb muammodan biri bu chiqish turizmining O’zbekistonda oqsoqlanayotganligi, turizmning bu yo’nalishi ham milliy turizmning asosiy qismilaridan biri hisoblanadi. Bu turizmdan tushayotgan daromadning atigi 5% ni tashkil qiladi, bunga sabab hali bizda yetarli muammmolar mavjud. Bularni quyidagilar deyish mumkin:

  • Mahalliy aholining o’rta qatlami daromadlarining pastliligi;

  • Mamlakatimizda mavjud visa olish protsedurasining qiyinligi;

  • O’zbekiston havo yo’llari Avia kompaniyasi biletlarining qimmat narxlari aholi daromadlariga mos kelmasligi;

  • Bundan tashqari chiqish turizmini rivojlantirish uchun hukumatimiz tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti;

Aholining sayohat qilish yo’llari va imkoniyatlari haqida ma’lumotga ega emasligi.
milliy sayyohlik mahsulotlarining raqobat bardoshligiga yashash va aviaparvozlar uchun yuqori narxlar, servis darajasining cheklanganligi, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarning nomukammalligi, qulay sayyohlik axborot ta'minoti (navigatsiya va axborot markazlari) mavjud emasligi, malakali kadrlarning tanqisligi, O‘zbekistonni xorijda targ‘ib qilishning zaifligi jiddiy muammolardir.
Bundan tashqari, sayyohlar uchun ma'muriy va iqtisodiy to‘siqlar, viza tartiblari, turizm faoliyati bilan shug‘ullanishda (litsenziyalash va sertifikatlash) davlat nazoratining o‘ta kuchli ekani shunday muammolar sirasiga kiradi.
Milliy turizmning o‘sish sur'atini va iqtisodiyotning boshqa sohalari, aholi farovonligi o‘sishiga ijobiy ta'sirini e'tiborga olgan holda hamda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha choralar qabul qilish zaruratidan kelib chiqib, turizm sohasi mamlakat taraqqiyotining barqaror o‘sishida eng kuchli vositalardan biri bo‘lishi kerak.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish