Ichki turizm-o’z davlat chegarasida sayohat. Ekspertlar xulosasiga ko’ra turist 40 km dan oshgan masofaga sayohat qilsa, turizm sayohati deyiladi.
Kirish turizmi-O’zbekistonga boshqa davlatlardan turistlarning kelishi.
Chiqish turizmi-O’zbekistonliklarning boshqa davlatlardagi turistik faoliyati
Xalqaro turizm-turistlarning jahon davlatlaridagi turistik faoliyati
Milliy turizm-ma’lum bir davlatning ichki, chiqish turizmlarini birlashtiradi.
Ushbu tizimga muvofiq Yevropa davlatlari o’tgan asrning 70-yillaridan boshlab o’z davlatlarida ichki turizmni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqdi va bu dasturlarda asosiy vazifa aholining bo’sh vaqtlarida o’z davlatlari hududlarida sayr-sayohat qilishi , dam olishni tashkil qilishga qaratilgqan edi. Ikkinchidan, mamlakatlar aholini turizm sohasidagi tadbirkorlikga ko’p yillar davomida bosqichma-bosqich tayyorlab bordilar.
Ichki turizmni rivojlantirishda eng muhim omil aholining turistik resurslar, turistik xizmatlar va mahsulotlar, turistik infratuzilmalar haqida axbarotga ega bo’lganligi darajasi hisoblanadi. Ikkinchidan, turistik xizmatlar va turistik infratuzilmalarning narxi aholining barcha qatlamlariga mosligidir. Yevropa davlatlari maktab o’quvchilari, institut, kollejlar va universitetlar talabalariga xizmat ko’rsatish va infratuzilmalar narxini 10% pat belgilagan va bu tarkibda faoliyat yurituvchi turistik firmalarga ko’plab imtiyozlar berishadi. Ana shunday davlat dasturlarini bizning mamlakatimizda ham ishlab chiqishimiz maqsadli bo’ladi.
Milliy turizmni rivojlantirishda eng muhimi qayd etilgan hujjatlar viloyatlar hokimliklarining viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalariga kiritilishi kutilgan maqsadlarni berishi aniq. Lekin qayd qilish lozimki, bu muhi masala hozirgacha e’tiborda chetta qoldirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezdenti I.A Karimovning “2012-2016 yillarda O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to’g’risidagi” qaroridagi “ko’rsatilayotgan xizmatlarning erishilgan darajasi va sifati, ayniqsa qishloq joylarida , iqtisodiy rivojlangan mamlakatlar darajasiga, respublika aholisining real talablariga , mavjud resurslar hamda imkoniyatlarga hali mos kelmayapti. Xizmat ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, avalambor qishloq joylarida ko’rsatilayotgan xizmatlarning turlarini kengaytirish hamda sifatini yaxshilash va buning asnosida mamlakat iqisodiyotini barqaror va shiddatli rivojlantirishda, aholining bandligini ta’minlash, daromadini ko’paytirish va farovonligini yuksaltirishda xizmat ko’rsatish sohasining rolini oshirish maqsadida …” kabi muhim ta’kidlarning o’zi ham viloyatlar hokimyatlarining turizmni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda alohida , ayri holatda emas balki , barcha ijtimoiy-iqtisodiy ishlab chiqarish jarayonlarida birga, qo’shib rivojlantirishni talab qilmoqda.
Ma’lumki, xalqimiz azaldan vatanimizdagi barcha ziyoratgohlarni aziz va muqaddas bilib kelishadi. Eng muhimi, dastlab yashab turgan mamlakatimiz atroflaridagi muqaddas ziyoratlarga, so’ngra esa boshqa tumanlardagi va boshqa viloyatlardagi aziz joylarga safarlar uyushtiramiz. Ichki turizmni rivojlantirishda xalqimizdagi bu ulug’ odatni va xususiyatlarni e’tiborga olishimiz va foydalanishimiz lozim. Shuning uchun ham turizm mutaxasislari, turizmdagi tadbirkorlar ichki ziyorat turizmini rivojlantirishda har bir viloyatlardagi va har bir tumanlardagi ziyoratgohlarning ro’yxatini, manzilini va ziyorat qilish xususiyatlari haqidagi axbarot ma’lumotlarni puxta ishlab chiqishi talab qilinadi.
Milliy turizmni shaharliklar qishloqlarga va qishloqliklar shaharlarga shiori va dasturi asosida rivojlantirish Yevropa davlatlarida o’tgan asrning 80-yillaridan mukammal amalga oshirilib kelinmoqda. Ayniqsa, qishloqlardagi maktab o’quvchilarini shaharlar hayoti va diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish ekskursiyalarni muntazam tashkil qiluvchi turistik firmalarga ko’plab imtuyizlar yaratish Yevropa davlatlarida Milliy turizmni rivojlantirish dasturlariga kiritilgan.
Viloyatlar va tuman hokimliklari o’z hokimliklari tasarrufida yangi ish o’rinlarini yaratish, aholini dam olish tizimini samarali tashkil qilishda ichki turizmni rivojlantirish imkoniyatlaridan unumli foydalanish salohiyatlari juda katta ekanligini e’tiborga olishlari lozim ya’ni ziyoratgohlarga ziyorat va dam olish infratuzilmalarini yaratish, ishlamayotgan va ta’mirtalab ziyoratgohlar va rekreatsiya obyektlarini tadbirkorlarga berish, vatanimizni o’rganamiz dasturlarini yaratish va boshqalar.
Maktablarimizdagi yozgi ta’til vaqtida shaharlarga , tog’larga, tabiatning so’lim maskanlariga, tabiiy geografik mintaqalarga o’quvchilar ekskursiyalarni tashkil qilishda viloyatlar va tumanlar, shahar hokimliklarining mablag’larini jalb qilishning huquqiy me’yorlarini ishlab chiqish vaqti keldi. Buning uchun birinchi navbatda ushbu yo’nalishda turistik faoliyat ko’rsatuvchi turistik firmalarga bir qator moliyaviy yordam va imtiyozlar tizimini ishlab chiqish zarur bo’lmoqda.
Qayd qilinganlardan quyidagi tavsiyalarga to’xtalish lozim bo’ladi:
Mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish davlat dasturini yaratish;
Milliy turizmda viloyatlarda va tumanlardagi barcha turistik resurslarning ro’yxati , ta’rif –tavsiflarini yaratish;
Milliy turizmda ko’rsatiladigan xizmatlar va infratuzilmalarning narxini ko’p darajali tizimlarda tashkil qilish, ya’ni arzon, o’rtacha, qimmat;
Milliy turizmda tashabbuskorlik va tadbirkorlikni tashil qilishda davlat datatsiyasini qo’llash;
Milliy turizmni rivojlantirishning davlat hisobidan bepul axborotlar va reklamalar tayyorlash markazlarini tashkil qilish;
Milliy turizmda ijtimoiy turizmni rivojlantirish tizimlarini ishlab chiqish;
Milliy turizmni rivojlantirishda grantlar tashkil qilish;
Har bir viloyatlar va tumanlar hokimliklarida turizm mutaxasisi vazifasini tashkil qilish;
Milliy Turizm bakalavrini tayyorlash universitetlari va Samarqand iqtisodiyot va servis institutidagi turizm ta’lim yo’nalishida o’qitilayotgan fanlarga “O’zbekistonda turizmni rivojlantirish” mavzusida maruzalar kiritish lozim.
Yana bir muhim turizm bu ya’ni Milliy turizm rivojlanishida ham balkikirish turizmiga ham hissa qo’shadigan bu – qishloq joylaridagi resurslaridan samarali foydalanishdir. Ayni vaqtda, qishloq joylarida respublikamizda turizmning rivojlanishi nafaqat amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarga, balki mavjud turistik resurslardan samarali foydalanish darajasiga ham bevosita bo’gliqdir. O’zbekiston mustaqillikga erishgandan keying dastlabki yillardan boshlab iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida tub islohotlar va yangilanishlar boshlandi. Shu davrda turizm sohasida ham tub islohotlar olib borildi va davlat tomonidan kata e’tibor berilib, uning rivojlanishi uchun sezilarli imkoniyatlar yaratildi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining 2001-yildagi “Chimyon-Chorvoq kurort zonasida tabiat boyliklarini saqlash, sog’lomlashtirish va dam olishni rivojlantirishni tartibga solishning chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorlari qishloq joylarida turizm sohasining rivojlanishiga katta turtki bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |