O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Download 2,42 Mb.
bet57/73
Sana24.06.2022
Hajmi2,42 Mb.
#699063
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73
Bog'liq
BOYEV

Nazorat uchun savollar


  1. Faktoring so‘zi qanday ma‘noni anglatadi?

  2. Faktoringda regress huquqi qanday qo‘llaniladi?

  3. Regress huquqisiz deganda nimani tushunasiz?

  4. Banklarning faktoring kreditlari qanday rasmiylashtiriladi?

  5. Banklarning faktoring operatsiyalarini amalga oshirishning qanday me‘yoriy-huquqiy asoslari mavjud?

  6. Faktoring kreditlari bilan bog‘liq bo‘lgan qanday risklar mavjud?

MAVZU. TIJORAT BANKLARINING LIZING OPERATsIYaLARI


Reja

    1. Lizing operatsiyalarining turlari.

    2. Lizing operatsiyalarini o‘tkazish tartibi va lizingning avzalligi.

    3. Lizing operatsiyalari bilan bog‘liq risklar.

    4. Tijorat banklarida lizing operatsiyalarini rivojlantirish masalalari..



Tayanch iboralar


Amortizatsiya ajratmasi, lizing, lizing to‘lovi, lizing krediti, lizing ob‘ekti, moliyaviy ijara, moliyaviy lizing, operativ lizing, sublizing, foiz stavkasi, qaytariladigan lizing.


    1. Lizing operatsiyalarining turlari.


Lizing so‘zi inglizcha leasing degan so‘zdan olingan bo‘lib, ijaraga berish, degan ma‘noni anglatadi.
Tarixchilarning guvohlik berishicha, lizing g‘oyasi Aristotel davrida, ya‘ni eramizdan avvalgi 384 – 382 yillarda paydo bo‘lgan bo‘lib, Aristotel: ―boylik mulkka egalik qilishda emas, balki undan foydalanish‖ degan fikrni ilgari surgan. Bu esa, hozirgi zamon ta‘biri bilan aytganda, kishining daromad olishi uchun qandaydir bir mulkka albatta egalik qilishi shart emas, balki undan foydalanish huquqiga ega bo‘lishi va natijada foyda olishining o‘zi kifoya qiladi.
Faoliyati zamonaviy lizingga asoslangan birinchi kompaniya 1952 yilda AQShning San- Frantsisko shahrida shahrida takshil etildi. Bu AQShning ―Yunayted steyts lizing korporeyshn‖ lizing kompaniyasi edi.
XX asrning 30 – yillarida Genri Ford o‘zining avtomobillarini sotish samaradorligini oshirish uchun lizingdan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi. Ammo avtomobil lizingi biznesining qonuniy otasi bo‘lib, Zolli Frenk hisoblanadi. U 40 – yillarning boshida avtomobillarni uzoq muddatga ijaraga berishni birinchi bo‘lib taklif etgan chikagolik savdo agenti bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgi davrda transport lizingidan tushayotgan yalpi daromadlar yiliga 50 mlrd. AQSh dollaridan oshib ketmoqda.
G‘arbiy Evropada dastlabki lizing kompaniyalari XX asrning 50-yillarida paydo bo‘ldi. Ammo bu davrda G‘arbiy Evropa mamlakatlarining soliq qonunchiligida lizing shartnomalari o‘z aksini topmagan edi. Keyinchalik lizing shartnomalarining huquqiy maqomini sliq qonunchiligida aks etishi bilan lizing munosabatlari keskin rivojlanib ketdi.
XX asrning 60-yillariga kelib, lizing jadal sur‘atlar bilan rivojlana boshladi. Buning sababi shundaki, ijaraga sanoat vositalari yoppasiga berila boshladi. Xususan, bahosi yuqori bo‘lgan va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar - texnologik asbob-uskunalar, mashinalar, mexanizmlar, kemalar, samolyotlar uzoq muddatli ijara sifatida lizingga berila boshladi.
Hozirgi davrda xalqaro lizing bozorining asosiy qismi uch yirik moliya markazida – AQSh, Yaponiya va G‘arbiy Evropada joylashgan.
AQSh va G‘arbiy Evropada ixtisoslashgan lizing kompaniyalarining faoliyati rivojlangan bo‘lib, ular lizing bozorida tijorat banklari bilan raqobat qiladi.
Yaponiyada lizingdan nafaqat yirik kompaniyalarning faoliyatini texnik va texnologik qurollantirish vositasi sifatida, balki kichik biznesni rivojlantirish omili sifatida ham keng foydalaniladi.
―Xuddi shunday kredit va lizing o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlikni hisobga olgan holda banklarning lizing operatsiyalari bilan xizmat ko‘rsatishi ham mamnunli holatdir‖,- degan fikrni iqtisodchi olim D. Stefan bildirgandir.91
Ta‘kidlash joizki, lizing uzoq muddatli ijara sifatida talqin qilinsada, u prokat shaklidagi ijaradan farq qiluvchi jihatlarga ega.



91 ―The Banking System; Commercial Banking- Business Lending‖ by Stephen D.Simpson, "Investopedia‖
Shunday qilib, prokat ijara munosabatlarining eng oddiy turi bo‘lib, bu ijaraga asosan maishiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq tovarlar (nikoh liboslari, muzlatgichlar, televizorlar, tikuv va yozuv mashinalari, mavsumiy sport anjomlari va h.k.) beriladi.

Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish