O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti


Kredit shartnomasi, uning mazmuni va ahamiyati



Download 2,42 Mb.
bet28/73
Sana24.06.2022
Hajmi2,42 Mb.
#699063
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73
Bog'liq
BOYEV

Kredit shartnomasi, uning mazmuni va ahamiyati.


Kredit shartnomasi bo‘yicha asosiy qarzni (yoki asosiy qarzning bir qismini) qaytarish muddati uzaytirilgan davrdagi bank foizlari ustamasining oshirilishi qarzdor tomonidan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun to‘lanadigan neustoyka yoki oshirilgan foizlar shaklidagi javobgarlik bo‘lmay, sudlar tomonidan unga kredit mablag‘laridan foydalanganlik uchun shartnomaviy to‘lov shakli sifatida qaralishi lozim.
Muqaddam kechiktirilgan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun (majburiyatlarning bajarilishi uzaytirilgan qismi ijrosi kechiktirilganligi uchun) javobgarlik choralari sudlar tomonidan kredit shartnomasida belgilangan shartlar bo‘yicha qo‘llaniladi. Agar kredit shartnomasida majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun javobgarlik choralari ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kredit tashkilotlari FKning 736-moddasi birinchi qismiga muvofiq javobgarlik choralarini qo‘llashni talab qilishga haqlidir.
FKning 736-moddasi birinchi qismiga muvofiq, agar qonun hujjatlarida yoki qarz shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda FKning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar to‘langan bo‘lishidan qat‘i nazar, qarz qaytarib berilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan FKning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanishi kerak.
Kredit shartnomasining muddatidan oldin bekor qilinishi kredit tashkilotini kredit shartnomasini bekor qilish paytidan boshlab qaytarish kuniga qadar pul mablag‘laridan
foydalanilgan butun davr uchun FKning 734-moddasida nazarda tutilgan foizlarni olish huquqidan mahrum qilmaydi.
Agar shartnomada qarz to‘lovining kechiktirilganligi munosabati bilan foizlar miqdori oshirilishi belgilangan bo‘lsa, qarz mablag‘laridan foydalanganlik uchun to‘lov oshirilgan stavka miqdori FKning 327-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq shartnomada belgilangan boshqa foizlar miqdori deb hisoblanishi lozim.
FKning 736-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar fuqarolik-huquqiy javobgarlik chorasi hisoblanadi. Ko‘rsatilgan, qarz summasini qaytarishni kechiktirish munosabati bilan undiriladigan foizlar, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, pul mablag‘laridan foydalanganlik uchun qaytarish kuniga hisoblangan foizlarsiz ushbu summaga hisoblanadi.
Qonun hujjatlarining mazmuniga ko‘ra, qonun bo‘yicha har qanday haqiqiy majburiyat garov bilan ta‘minlanishi mumkin. Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishiga yo‘l qo‘yiladigan har qanday mol-mulk (korxona, bino, inshoot, jihoz, boshqa ishlab chiqarish jamlamalari, qimmatbaho qog‘ozlar, pul mablag‘lari, mulkiy huquqlar va hokazo) garov narsasi bo‘lishi mumkin.
Shu bilan birga, garov huquqi shartnoma bilan garovga qo‘yuvchining mulki (to‘la xo‘jalik yuritishi)ga kelgusida qo‘shiladigan mol-mulkiga ham tatbiq etilishi mumkin.
Qarzdorning o‘zi ham, uchinchi shaxs ham garovga qo‘yuvchi bo‘lishi mumkin.
Kafillik — uchinchi shaxsning boshqa shaxs kreditori oldidagi mazkur shaxsning kredit shartnomasidan kelib chiqadigan majburiyatlari bo‘yicha to‘la yoki qisman javobgar bo‘lish majburiyatidir.
Kafillik shartnomasi boshqa shaxsning kreditori va kafil o‘rtasida tuziladi. Kafillik shartnomasi bo‘yicha majburiyatning mazmuni qarzdor asosiy majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganda kafilning qarzdor bilan birga kreditor oldida javob berish majburiyati hisoblanadi.
Kafillik alohida shartnoma bilan rasmiylashtirilishi, shuningdek kafillik to‘g‘risidagi shartlar ular bilan qaysi shartnoma majburiyatlari ta‘minlanayotgan bo‘lsa, shu shartnomaga kiritilishi mumkin. Bunday holda shartnoma kreditor, qarzdor va kafil tomonidan imzolanadi.
Ayni paytda sudlar e‘tiborga olishlari lozimki, kreditorning (bank yoki boshqa kredit tashkilotining) vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan, qarzdor va kafil o‘rtasida tuzilgan kafillik shartnomasi uch tomonlama bitim hisoblanishi mumkin.
Qonunga muvofiq qarzdor kafillik bilan ta‘minlangan majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob beradilar, basharti qonunda yoki kafillik shartnomasida kafilning subsidiar javobgar bo‘lishi nazarda tutilgan bo‘lmasa (FKning 293-moddasi birinchi qismi).
Asosiy majburiyat bo‘yicha qarzdorning javobgarligiga nisbatan kafil majburiyatining solidarligi kreditorning asosiy majburiyat bo‘yicha ham qarzdorga, ham kafilga, ham birgalikda, ham alohida, ham to‘la, ham qarzning qismiga nisbatan o‘z talablarini taqdim etishga haqli ekanligini anglatadi.
Basharti, kafillik shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafil kreditor oldida qarzdor bilan baravar hajmda javob beradi, shu jumladan foizlar, qarzni undirib olish bo‘yicha sud chiqimlarini va qarzdor majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi tufayli kreditor ko‘rgan boshqa zararlarni to‘laydi.
Kreditor tomonidan da‘vo bir vaqtning o‘zida kafil va qarzdorga nisbatan qarzdor tomonidan asosiy majburiyat bajarilmaganligi munosabati bilan taqdim etilib, solidar javobgarlik to‘g‘risidagi qoidalarni qo‘llash lozim bo‘lgan hollarda, bunday javobgarlik faqat kafil yoki faqat qarzdorga yuklatilishi mumkin emas. Kafil va qarzdor kreditor oldida solidar javob berishlari kerak.
Kreditorning kafilga nisbatan da‘vosini ko‘rishda asosiy qarzdorni ishda ishtirok etish uchun jalb qilish haqida kafilning iltimosnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda, sud bunday iltimosnomani qanoatlantirishi shart.
Sug‘urta polisini olish uchun tegishli sug‘urta badallarini o‘z vaqtida to‘lash lozim. Sug‘urta badallarining miqdori bevosita garovga qo‘yilgan mol-mulkning hajmiga qarab belgilanadi. Agar notarius garov shartnomasini tasdiqlamoqchi bo‘lsa, garov xaqidagi amaldagi qonun xujjatlarining barcha talablarini va albatta, taraflardan biri shartnoma shartlarini buzsa, ularning kelishuvi qanday huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tomonlarga tushuntirish lozim.
Kafolatga binoan bank, boshqa kredit muassasasi yoki sug‘urta tashkiloti (kafil) boshqa shaxs (printsipal)ning iltimosiga ko‘ra kafil o‘z zimmasiga olayotgan majburiyat shartlariga muvofiq printsipalning kreditori (benefitsiar) pul summasini to‘lash haqida yozma talabnoma taqdim etsa, pulni unga to‘lash haqida printsipalga bir tomonlama yozma majburiyat beradi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, kafolat bo‘yicha faqatgina bank, boshqa kredit muassasasi, sug‘urta tashkiloti kafil beruvchi bo‘la oladi.
Shartnoma ishtirokchilarining nizo va tortishuvlari kelgusida sudgacha etib bormasligi uchun qarz beruvchi va qarzdor o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar jarayonida vakolatli notariusning oqilona maslahati va yo‘l-yo‘riqlari juda asqotadi. Bitimlar qonuniy tuzilishining kafili sifatida notarius imkon qadar tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik va nizolar kelib chiqishining oldini olishi kerak.
Garov shartnomalarining yana bir afzalligi shundaki garov narsasini almashtirishga, agar garov narsasi nobud bo‘lgan yoki shikastlangan yoxud unga bo‘lgan mulk huquqi yoki xo‘jalik yuritish huquqi qonunda belgilangan asoslarga ko‘ra bekor qilingan bo‘lsa garovga qo‘yuvchi oqilona muddatda (nizo chiqqan taqdirda esa sud belgilagan muddatda) garov narsasini tiklashga yoki shartnomada boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, uni teng qiymatli boshqa mol-mulk bilan almashtirishga haqli.
Tomonlar bir-birining oldidagi majburiyatini to‘la bajarganidan keyin qarz beruvchi ikkinchi tarafga hech qanday da‘vosi yo‘qligini notariusga yozma ravishda ma‘lum qiladi. Ayni vaqtda garovga qo‘yilgan mulkni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash chorasi olib tashlanadi.
Majburiyatning bajarilishini ta‘minlash uchun berilgan kafolatda nazarda tutilgan majburiyat asosiy majburiyatdan mustaqil hisoblanadi. Kafil printsipalning javobgarligidan qat‘i nazar, benefitsiar oldida javobgar bo‘ladi. Agar kafolat matnida boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, kafilning benefitsiar oldidagi majburiyati benefitsiar asosiy majburiyatni bajarish talabi bilan printsipalga dastlab murojaat qilmagan bo‘lsa ham, benefitsiarning talabi bo‘yicha bajarilishi lozim.



Download 2,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish