O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TARIX FAKULTETI, TARIX (MAMLAKATLAR VA MINTAQALAR BO’YICHA) TA’LIM YO’NALISHI
TARIXIY O`LKASHUNOSLIK FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: Arxiv manbalarining o`lka tarixini o`rganishdagi ahamiyati. Arxivshunoslik to`g`risida umumiy ma’lumotlar
Bajardi: 203- guruh talabasi KUZIYEV SARDOR
Ilmiy rahbar: ____________________________
Mavzu: Arxiv manbalarining o`lka tarixini o`rganishdagi ahamiyati. Arxivshunoslik to`g`risida umumiy ma’lumotlar
Reja:
Kirish
Asosiy qism
Arxivlar haqidagi umumiy tushuncha
Arxivlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixiga bir nazar
Arxiv manbalarining o’lka tarixini o’rganishdagi ahamiyati
Arxivshunoslik to’g’risida umumiy ma’lumotlar.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan
yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning
odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan
aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun
zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu
o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq
his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z
davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin.
Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin.
SHAVKAT MIRZIYOYEV
KIRISH.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Biror-bir jamiyat ma’naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma’naviy va ahloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o’z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Mana shunday ekan bugungi kunda o’z-o’zimizni anglab milliy qadriyatlarimiz o’z o’rnini topib mustaqilligimiz kun sayin mustahkamlanib borayotgan bir vaqtda ona yurtimizning har bir farzandi o’z Vatanini va tarixini sevish, o’ng asosiy burchimiz bo’lishi kerak. Shuning uchun ham o’tmish tarixiy va moddiy-madaniy yodgorliklarini o’rganish muhofaza qilishning rolini oshirish muammolarini hal qilishga hozirgi kunda katta e’tibor bermoqda.
«Tarixiy o’lkashunoslik» kursi quyidagi masalalarni o’z ichiga oladi. O’zbek xalqining tarixiy-madaniy va me’morchilik yodgorliklarini va ularni har tomonlama ilmiy va amaliy jihatdan o’rganish taqozo etadi. Bu vazifani amalga oshirishda biz arxeologik va etnografik ma’lumotlardan qanday tadqiqot natijalaridan, toponomika - joy nomlaridan arxiv va muzey fanlaridan xalq og’zaki ijodi va manbalardan keyin miqyosda foydalanamiz.
Tarixiy o’lkashunoslik fani asosan ikki maqsadni ko’zda tutadi:
1. O’z o’lkasining o’tmishi va hozirgi hayot tarixini har tomonlama ilmiy asosda o’rganish.
2. To’plangan tarixiy materiallardan o’quv-tarbiyaviy ishlarda samarali foydalanib yosh avlodni milliy mafkuramiz millatimiz ravnaqiga xizmat qiluvchi yetakchi g’oyalarga sadoqat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni ko’zda tutadi.
O’rta Osiyo haqida ilk ma’lumotlar miloddan avvalgi V–IV asrda bu yerlarga sayohat qilgan yunonlar tomonidan yozib qoldirilgan. Ular Sirdaryo va Amudaryo o’rtasidagi yerlarni Transok soniya (Transoxiana) deb ataganlar. Bizga tarixdan ma’lumki, o’lkamiz har xil nomlar bilan atalib kelgan. Qadimda Turon o’lkasi, Arablar bosqini davriga kelib Movaraunnahr, Rus bosqini davriga kelib Turkiston, deb atalib kelgan Turkistondan keyin O’rta Osiyo deb atalib kelmoqda. Bu atamalar bu yer O’zbekiston uchun emas O’rta Osiyo Respublikalarining hammasi shu nomlar atalgan, shu jumladan O’zbekiston ham.
Do'stlaringiz bilan baham: |