O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi


-MA’RUZA. MAVZU;KOMPYUTER VIRUSLARINING XARAKTERISTIKALARI, VIRUSLARNI ANIQLASH VA ULARDAN HIMOYA QILISH DASTURLARI



Download 14,76 Mb.
bet71/94
Sana29.06.2021
Hajmi14,76 Mb.
#104704
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94
Bog'liq
Kompyuter ta'minoti O'QUV USLUBIY MAJMUA 2018-2019

21-MA’RUZA. MAVZU;KOMPYUTER VIRUSLARINING XARAKTERISTIKALARI, VIRUSLARNI ANIQLASH VA ULARDAN HIMOYA QILISH DASTURLARI.

MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

21.1.Virus va uning turlari.

21.2.Kompyuter viruslaridan himoyalash.

21.3.Antivirus dasturlari.

Tayanch so’z va iboralar: Kompyuter virusi; Zararkunanda dasturlar; viruslar kompyuter sistemasi uchun jiddiy xavf; Biologik viruslar.

21.1.Virus va uning turlari.

Kompyuter virusi — bu maxsus yozilgan dastur bo’lib, u boshqa dasturlarga qo’shilishi (ya’ni uni zaharlashi) mumkin, shuningdek kompyuterda noma’qul harakatlarni amalga oshirishi mumkin. Ichida virus bo’lgan dastur „zararlangan“ deyiladi. Bunday dastur ishni boshlaganda boshqaruvni avvalo virus amalga oshiradi. Virus bosh­qa dasturlarni topadi va zararlaydi, shuningdek qandaydir buzg’unchi harakatlarni bajaradi (masalan, diskdagi fayllarni va shu fayl­lar joylashgan jadvalni ishdan chiqaradi (buzadi) operativ xotirani bo’lar-bo’lmas „axlat“ bilan to’ldiradi va h.k.). Virus o’zini yashirish maqsadida dasturni zararlantirish harakatlari har doim ham bajarilavermaydi. Ular faqat muayyan sharoitda amalga oshadi. Virus kerakli harakatlarni bajarib bo’lgandan so’ng, u boshqaruvni o’sha dasturga beradi (virus shu dasturning ichida yotadi) va u oldingidek ishlayveradi. Shu bilan bir qatorda virus bilan zararlangan dastur xuddi viruslanmagan dastur kabi faoliyat ko’rsatadi.

Zararkunanda dasturlar va, awalo, viruslar kompyuter sistemasi uchun jiddiy xavf hisoblanadi. Bu xavfni nazarpisand qilmaslik foydalanuvchilar axboroti uchun jiddiy oqibatlarga sabab bo'lishi mumkin. Viruslar xavfini haddan tashqari oshirib yuborish ham kompyuter sistemalarining barcha imkoniyatlaridan foydalanishga salbiy ta’sir ko'rsatadi. Viruslar ta’siri mexanizmini, ular bilan kurashish metodlarini bilish viruslarga qarshi samarali kurashishni tashkil etishga, ular ta’siri natijasida zararlanish ehtimolini va yo‘qotishlarni eng kam miqdorga keltirishga imkon beradi.

«Kompyuter virusi» atamasi 80-yillarning o‘rtalarida kiritilgan. Biologik

viruslarga tegishli o‘lchamlaming kichikligi, o‘z-o‘zidan ko'payib va obyektlarga singib (ularni zaharlab), tez tarqalish qobiliyati, sistemaga salbiy ta’siri kabi alomatlar zararkunanda dasturlarga ham xosdir. Kompyuter viruslari bilan ish ko‘rilganda, «virus» atamasi bilan bir qatorda, «zaharlanish», «yashash muhiti», «profilaktika» kabi tibbiyot atamalaridan ham foydalaniladi. «Kompyuter viruslari» — kompyuter sistemalarida tarqalish va o‘z-o‘zidan qaytadan tiklanish (replikatsiya) xususiyatlariga ega bo‘lgan bajariluvchi yoki sharhlanuvchi kichik dasturlardir. Viruslar kompyuter sistemalarida saqlanuvchi dasturiy ta’minotni o'zgartirishi yoki yo‘qotishi mumkin.

Hozirda dunyoda faqat ro'yxatga olingan 40 mingdan ortiq kompyuter viruslari mavjud. Zamonaviy zararkunanda dasturlarning aksariyati o‘z-o‘zidan ko‘payish qobiliyatiga ega bo'lganligi sababli, ular ham kompyuter viruslariga taalluqli deb hisoblanadi. Barcha kompyuter viruslari quyidagi alomatlariga ko‘ra tasniflanishi mumkin:

— yashash muhiti bo‘yicha;

— yashash muhitining zaharlanishi bo‘yicha;

— zararli ta’sirining xavflilik darajasi bo'yicha;

— ishlash algoritmi bo'yicha.

Yashash muhitiga ko‘ra kompyuter viruslari quyidagilaiga bo'linadi:

— tarmoq viruslari;

— fayl viruslari;

— yuklama viruslar;

— kombinatsiyalangan viruslar.

Tarmoq viruslarining yashash muhiti kompyuter tarmoqlarining elementlaridir. Fayl viruslar bajariluvchi fayllardajoylashadi. Fayl viruslar ichida makroviruslar alohida o‘rin tutadi. Makroviruslar — makrotillarda yozilgan zararkunanda dasturlar, elektron jadvallar va h.k. Yuklama viruslar tashqi xotira qurilmalarining yuklama sektorlarida (boot-sektorlarda) bo‘ladi. Kombinatsiyalangan viruslar bir necha yashash muhitida joylashgan bo'ladi. Misol tariqasida yuklama fayl viruslarni ko‘rsatish mumkin.

Yashash muhitining zaharlanishi usuli bo'yicha kompyuter viruslari:

— rezident;

— rezident bo'lmagan viruslarga bo‘linadi.

Rezident viruslar faollashganlaridan so‘ng to‘laligicha yoki qisman yashash muhitidan (tarmoq, yuklama sektori, fayl) hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga ko‘chadi. Bu viruslar, odatda, faqat operatsion sistemaga ruxsat etilgan imtiyozli rejimlardan foydalanib yashash muhitini zaharlaydi va ma’lum sharoitlarda zararkunandalik vazifasini bajaradi. Rezident bo’lmagan viruslar faqat faollashgan vaqtlarida hisoblash mashinasining asosiy xotirasiga tushib, zaharlash va zararkunandalik vazifalarini bajaradi. Keyin bu viruslar asosiy xotirani butunlay tark etib yashash muhitida qoladi. Agar virus yashash muhitini zaharlamaydigan dastumi asosiy xotiraga joylashtirsa, bunday virus rezident bo'lmagan virus hisoblanadi.

Virusning zararkunandalik imkoniyatlari ularni yaratuvchining maqsadi va malakasiga hamda kompyuter sistemalarining xususiyatlariga bog‘liq. 27

Kompyuter viruslarini foydalanuvchining axborot resurslari uchun xavflilik darajasi bo'yicha quyidagilarga ajratish mumkin:

• beziyon viruslar;

• xavfli viruslar;

• juda xavfli viruslar.

Beziyon kompyuter viruslari kompyuter sistemasi resurslariga

qandaydir shikast yetkazishni maqsad qilmagan mualliflar tomonidan yaratiladi. Ulaming maqsadi, odatda, o‘zlarining dasturchilik imkoniyatlarini ko‘z-ko‘z qilishdir. Bunday viruslarning zararkunandaligi monitorda aybsiz matnlami va rasmlaming, musiqiy parchalaming ijro etilishiga olib keladi va h.k.

Ammo bezarar bo’lib ko‘ringan bunday viruslar kompyuter sistemalariga ma’lum shikast yetkazadi. Birinchidan, bunday viruslar kompyuter sistemalari resurslarini sarflaydi, natijada uning ishlash samaradorligi pasayadi. Ikkinchidan, kompyuter viruslarida kompyuter sistemalarining axborot resurslariga shikast keltiruvchi xatoliklar bo'lishi mumkin.

Xavfli viruslarga kompyuter sistemalari samaradorligi jiddiy pasayishiga olib keluvchi, ammo xotirlovchi qurilmalarda saqlanuvchi axborotning yaxlitligini va maxfiyligini buzmaydigan viruslar kiradi. Bunday viruslar ta’siri oqibatlarini unchalik katta bo'lmagan moddiy va vaqt resurslari sarfi evaziga yo‘qotish mumkin. Bu viruslarga misol tariqasida hisoblash mashinasi xotirasini egallaydigan, ammo tarmoq ishiga ta’sir qilmaydigan viruslarni, dasturning qaytadan ishlanishi, operatsion sistemaning qaytadan yuklanishi yoki ma’lumotlarning aloqa kanallari orqali qaytadan uzatilishi va h.k. zaruratini tug‘diruvchi viruslarni ko'rsatish mumkin.

Juda xavfli viruslarga axborotning maxfiyligi buzilishiga, yo‘q qilinishiga, takrorlanmaydigan turlanishga (shifrlash ham shu qatorda) hamda axborotdan foydalanishga to‘sqinlik qiluvchi va natijada apparat vositalaming ishdan chiqishiga hamda foydalanuvchilar sog‘lig‘iga shikast yetishiga sabab bo’luvchi viruslar kiradi.

Ishlash algoritmining xususiyatlari bo‘yicha viruslarni:

• tarqalishida yashash makonini o'zgartirmaydigan;

• tarqalishida yashash makonini o‘zgartiradigan sinflarga ajratish mumkin.

Yashash makonini o'zgartirmaydigan viruslar, o‘z navbatida:

• «yo‘ldosh» viruslar (companion),

• «qurt» viruslar (worm) dan iborat ikki guruhga ajratilishi mumkin.

«Yo‘ldosh» viruslar Fayllarni o'zgartirmaydi. Uning ta’sir mexanizmi bajariluvchi fayllarning nusxalarini yaratishdan iboratdir.

«Qurt» viruslar tarmoq orqali ishchi stansiyaga tushadi, tarmoqning boshqa abonentlari bo‘yicha virusni jo'natish adreslarini hisoblaydi va virusni uzatadi. Virus Fayllarni o'zgartirmaydi va disklaming yuklama sektorlariga yozilmaydi. Ba’zi bir «qurt» viruslar diskda virusning ishchi nusxasini yaratadi, boshqalari faqat hisoblash mashinasining asosiy xotirasida joylashadi.

Algoritmlarning murakkabligi, mukammallik darajasi va yashirinish

xususiyatlari bo‘yicha yashash makonini o'zgartiradigart viruslar:

• talaba viruslar;

• «stels» viruslar (ko'rinmaydigan viruslar);

• polimorf viruslarga bo‘linadi.

Talaba viruslar malakasi past yaratuvchilar tomonidan yaratiladi.

Bunday viruslar, odatda, rezident bo'lmagan viruslar qatoriga kiradi, ularda ko'pincha xatoliklar mavjud bo‘ladi, osongina taniladi va yo‘qotiladi.

«Stels» viruslar malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladi. «Stels» viruslar operatsion sistemaning shikastlangan fayllarga murojaatlarini ushlab qolish yo‘li bilan o'zining yashash makonida ekanligini yashiradi va operatsion sistemani axborotning shikastlanmagan qismiga yo'naltiradi.Virus rezident hisoblanadi, operatsion sistema dasturlari ostiga yashirinadi, xotirada joyini o‘zgartirishi mumkin. «Stels» — viruslar rezident antivirus vositalariga qarshi ta’sir ko‘rsata ohsh qobiliyatiga ega.28

Polimorf viruslar ham malakali mutaxassislar tomonidan yaratiladi va doimiy tanituvchi guruhlar — signaturalarga ega bo‘lmaydi. Oddiy viruslar yashash makonining zaharlanganligini aniqlash uchun zaharlangan obyektga maxsus tanituvchi ikkili ketma-ketlikni yoki simvollar ketma-ketligini (signaturani) joylashtiradi. Bu ketma-ketlik fayl yoki sektorning zaharlanganligini aniqlaydi. Polimorf viruslar virus tanasini shifrlashdan va shifrlash dasturini turlantirishdan foydalanadi. Bunday o'zgartirish evaziga polimorf viruslarda kodlarning muvofiqligi bo’lmaydi.

Ma’lum viruslar bilan ishlashda qulaylikni ta’minlash maqsadida viruslar katalogidan foydalaniladi. Katalogda viruslaming quyidagi standart xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumot joylashtiriladi: nomi, uzunligi, zaharlanuvchi fayllar, fayldagi o‘rni, zaharlash metodi,rezident viruslar uchun asosiy xotiraga joylashtirish usuli, keltirib chiqaradigan natijalari, zararkunandalik vazifalari bor (yo‘q)ligi va xatoliklar. Kataloglaming mavjudligi viruslarni tavsiflashda ularning standart xususiyatlari va ta’sirlarini tushirib qoldirib, faqat o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rsatishga imkon beradi.




Download 14,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish