O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi maktabgacha ta’limda tasviriy faoliyatga o’rgatish metodikasi fanidan


-MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TASVIRIY QOBILIYATI VA IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH



Download 5,37 Mb.
bet7/148
Sana01.06.2022
Hajmi5,37 Mb.
#624117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   148
Bog'liq
TASVIRIY FAOLIYAT UMK РИСОВАНИЕ

1.3-MAVZU: MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI TASVIRIY QOBILIYATI VA IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISH


Reja :

1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirish


2.Tasviriy qobiliyatlarni aniqlovchi tushuncha.
3.MTMda tasviriy faoliyat mashg`ulotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirish


Tayanch so’z va iboralar: tasviriy qobiliyat, maktabgacha yosh, bolalar tasviriy faoliyati, fanning predmeti, asosiy tushunchalari, rivojlantirish, bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlar,rasm, loy, qirqib yopishtirish, mashg’ulotlar.


1.Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyati va ijodkorligini rivojlantirish

Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar ijodkorligini tarbiyalashga qaratilgan ishlar mazmuni. Bugungi kunda jahonning ilg‘or mamlakatlarida ta’lim tizimini isloh etishga katta ahamiyat berilmoqda. Buning pirovardida inson paydo bo‘lishidan to umrining oxirigacha davom etadigan tarbiya va o‘qitishni yaxlit ajralmas tizim deb qarashga va uni amaliyotga tatbiq etishga undalmoqda. Bunda yosh ota-onalar, ijtimoiy muhit va bolaning olamini o‘zaro bog‘langan va harakatdagi tizimini yaratish e’tiborga molikdir. Bu tizimni o‘rganadigan fanlar yangi yondashuvlar, tamoyillar, metod va qarashlar bilan yanada boyib bormoqda. Bunday zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishlar, ta’lim tizimining modernizatsiya qilinishi, uni tarkibiy jihatdan qayta qurish, ta’lim, fan, texnika va texnologiyalarning, iqtisodiyot va madaniyatning jahon miqyosidagi zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda ta’lim dasturlarini o‘zgartirib, yangilab borishni ko‘zda tutadi.


O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunida maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilib, uning 11-moddasida maktabgacha ta’lim bolalarni jismoniy, ma’naviy, aqliy, axloqiy, estetik, xullas, har jihatdan ta’limning keyingi turida, ya’ni maktabda o‘qishga tayyorlashi lozimligi ta’kidlanadi.
Ta’lim muassasalarining bir turi sifatida maktabgacha ta’lim muassasasi, shubhasiz, ularning har qaysisiga xos, bolalarning tarbiyasi, ta’limi, rivojlanishi va salomatligiga yaxshi yo‘nalganligi bilan bog‘liq umumiy xususiyatlarga ega. Shu asnoda tarbiyalanayotgan bolalarning yosh xususiyatlariga ko‘ra maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati boshqa ta’lim muassasalarida kechadigan pedagogik jarayonlardan jiddiy farq qiladi.
Mamlakatimiz o‘z mustaqilligiga erishgach, uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarni har tomonlama tarbiyalash, ularning iqtidori va iste’dodini rag‘batlantirishga e’tibor kuchaytirildi. Ayniqsa, maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy-intellektual salohiyatini oshirish, ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirining samarali mexanizmlari ishlab chiqildi va takomillashtirildi. Maktabgacha yoshdan boshlab bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bugungi kundagi tarbiyaviy ishning ustuvor yo‘nalishidir. Bolalar har xil fe’l-atvorga va aql darajasiga ega bo‘lgani kabi ulardagi iste’dod hamda ijodiyotga bo‘lgan mayl va intilish ham turlicha bo‘ladi. Ma’lumki, har bir bola tug‘ma layoqat bilan tug‘iladi, faqat uni o‘z vaqtida payqay olish va qobiliyatga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni erkin fikrlaydigan, ijodkor, zamon bilan hamnafas qilib tarbiyalash zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish va rivojlantirishda tarbiyachi-pedagoglarining roli muhim ahamiyatga ega. Chunki tarbiyachi-pedagoglar bolaning bog‘chadagi kundalik hayoti davomida turli mashg‘ulotlar, ko‘ngilochar o‘yinlar, bayram ertaliklari, mehnat faoliyati orqali ularning qobiliyat va imkoniyatlarini namoyon etish bilan birgalikda muntazam rivojlantirib boradilar. Zero, qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi. Malakali tarbiyachi–pedagog ta’lim-tarbiya jarayonida bolalardagi ijodkorlikni, iste’dod qirralarini shakllantirishga va rivojlantirishga yordam beradi. O‘z ustida tinimsiz ishlaydigan, izlanuvchan tarbiyachilargina bolalarda ijodiy qobiliyatni shakllantirishga harakat qiladi va bolalarning qiziqishlarini yanada oshirish uchun ta’lim-tarbiyaning turli vositalari, metod va shakllaridan foydalanadi. Jumladan, bolalarning ijodiy ishlari: rasm chizish, loy va plastilindan narsalar yasash, tabiiy va tashlandiq materiallardan narsalar yasash, milliy hunarmandchilik bo‘yicha yasalgan buyumlaridan ko‘rgazmalar tashkil etadi va musobaqalar uyushtiradi.
Bolaning fantaziyasi kuchli bo‘ladi. U qo‘liga tushgan oddiygina bir narsada o‘zi hohlagan shaklni ko‘radi va tasavvur qiladi. Ayniqsa, bolaning qo‘liga bir parcha qog‘oz berilsa, bola uni hohlasa qayiq, hohlasa samolyot, hohlasa paqilloq, hohlasa varrak, hohlasa geometrik figuralar shakliga kiritadi, yoki bog‘cha opasidan va ota-onasidan, aka-opalaridan o‘zi хohlayotgan narsani yasab berishlarini so‘raydilar. Agar ular хohlagan narsalarni yasab berishmasa harxashi qilishlari tayin.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga estetik tarbiya berish masalalari har doim ta’lim tarbiya ishining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib kelgan. Halqimiz azaldan ma’naviy fazilatlarga boy bo‘lib kelgan. Har bir ota-ona farzand tarbiyasida ularning hulq-atvori, yurish-turishiga, jamiyatda o‘zini tutishiga ayniqsa e’tibor qaratilgan. Ularning kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko‘rsatishlarini, o‘rinsiz nojo‘ya harakatlarga yo‘l qo‘ymaslikni bola tarbiyasining ahamiyatli omili deb qaraganlar.

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish