O'quvchilar sog'ligi holatining ish qobilyati va kasb o'rganishga
bo'lgan ta'siri.
Kasallik (betoblik, xastalik) tashqi va ichki muhitning zaharli
ta'siri natijasida organizm hayot faoliyatining buzilishi, oqibatda mehnat
qobilyatining vaqtincha yoki butunlay pasayishi hamda yo'qolib ketishga sabab
bo'ladigan jarayon bo'lib, organizmning tashqi muhit bilan o'zaro munosabati
buziladi. Bolalar va o'smirlarda yuzaga kelgan kasalliklar, o'zgarishlar to'g'ridan-
to'g'ri ularning ish qobilyatiga, kasb-hunar o'rganishga bo'lgan faoliyatiga,
salbiy ta'sir qilib, aqliy va jismoniy harakat imkoniyatlarini pasaytiradi.
Ayniqsa, ruhiy o'zgarishlarga ega, nerv sistemasi kasalliklarini boshidan
kechirgan bolalar va o'smirlarda aqliy mehnat faoliyati past va turg'un bo'ladi.
Sust aqliy mehnat faoliyati gemoglobin miqdori kamaygan, endokrinologik
o'zgarishlarga ega, past darajadagi jismoniy rivojlanishga ega bo'lgan va tez-tez
kasal bo'lib turadigan bolalar va o'smirlarda uchraydi. O'quv jarayonidagi
yuklamalar natijasida yanada susayishi mumkin.
Revmatizm bilan og'irigan o'quvchilarda ham o'quv va mehnat faoliyati
past bo'lib, orqada qolish kuchayib boradi. Hozirgi davrdagi o'quv rejimi, ta'lim
yuklamalari ularning sog'ligining holatini yomonlashtirib yuborishi mumkin.
129
Butun o'quv yili davomida bunday o'quvchilarga bir yilda o'rtacha 22 kun dars
qoldirish to'g'ri keladi, vaholanki sog'lom bolalarda bu ko'rsatkich 10 kunni
tashkil etadi.Ular orqada qolmaslik uchun uyda ko'proq dars qilishga majbur
bo'ladilar, oqibatda kun tartibi buziladi, uyqu va ochiq havoda bo'lish doimiyligi
buziladi.
Bunday bolalarda yurak-qon tomir sistemasidagi o'zgarishlar 56%,
shunday bolalarda buyrak usti bezlarining glyukokortikoid va androgen
funksiyalaridagi garmonal buzilishlar kuzatiladi. Jismoniy tarbiya darslaridan
ozod qilingan o'quvchilarning 59% qismi revmatizm va uning yurakka ta'siri bor
bo'lgan o'quvchilar hisoblanadi. Tonzillit, tuberkulyoz intoksikasiyasi va boshqa
surunkali kasalliklar fiziologik funksiyalarning rejimi, tartibi buzilishi oqibatida
odamda ish qobilyatining va turli kasalliklarga olib keladi. Ayniqsa bolalik va
o'smirlik davrida tez toliqib qolish, o'quv jarayonida ishchanlikning keskin
pasayishiga olib keladi. Har qanday, qisqa muddat davom etadigan bo'lsa ham,
kasalliklar o'tish davri va sog'ayish davrida organizm reaktivligining pasayishiga,
markaziy nerv tizimining buzilishiga, yuqori darajadagi toliqib qolishga, past
darajadagi ish qobilyatiga, funksional tizimlar faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi.
Yoshga xos bo'lgan darajadagi aqliy ish qobiliyatining tiklanishi anginadan
so'ng 8-9 kundan keyin o'quvchilarda kuzatilgan. Gripp, o'tkir respirator
kasalliklar, xrotin tonzillit bilan og'rigan bolalarni maktab ustaxonalariga
maktabga kelgach 7-15 kundan keyin (grippda -7-8 kundan, anginada 9-10
kundan, xrotin tonzillitda 11-15 kundan keyin) ishlashga ruxsat beriladi.
Quyida bir qancha kasalliklardan so'ng jismoniy darslarga qo'yish muddati
ko'rsatilgan.
Kasalliklar
Maktabga
kelgan vaqtdan
keyin
Izoh
Gripp
2-4 hafta
Keyngi davrda sovuq qotishdan
saqlanish kerak.
Angina
3-4 hafta
Bronxit
1-3 hafta
Pnevmoniya
1-2 oy
Plevrit
1-2 oy
O'tkir yuqumli
kasalliklarda
1-2 oy
Agar yurak-qon tomir tizimi
maromida bo'lsa, tekshiruvdan
so'ng.(20 o'tir-to'r. 30 sekunda)
O'tkir lefrit
2 oy
130
Yuqumli genatit
8-12 oy
Appendisit(op-yer)
1-2 oy
Suyak sinishi
1-3 oy
Miya chayqalishi
2 oy-1 yil
Davolash
davridagi
davo
gimnastikasini davom ettirish
kerak. Chayqalish turiga ko'ra.
Do'stlaringiz bilan baham: |