14.4. Terroristik harakatlarning xususiyatlari quyidagilardan iborat:
a) terroristik harakatlar qonun ustivor bo`lmagan, o`zaro jipslashmagan, rivojlanish darajasi ancha past bo`lgan hududlarda shakllanadi;
b) birinchi bo`lib o`zi shakllangan, birlashgan hududni o`z tasarrufiga olishga harakat qiladi;
s) o`ziga rivojlangan mamlakatlarda homiy izlashga harakat qiladi va har qanday homiy yordamini rad etmaydi;
d) tarqibotni har qanday usullardan: reklamalardan, matbuot, materiallaridan, og`zaki tashviqotlardan, turli mish - mishlardan va yolg`on gaplar tarqatishdan o`z maqsadlari uchun samarali foydalanishga urinadilar.;
e) ular o`zini portlatib yuboradigan (kamekadze) lar guruhini tayyorlaydi va o`z harakatlarini bilvosita amalga oshiradi;
f) ular hozirgi kunda fan, tehnika va tehnologiyalar yutuqlaridan foydalanib, terrorizmni "global" muammolarga aylantirishga urinadilar;
g) ular o`zlari panoh topgan mamlakatlar boshqaruvini garovga olish yoki nazoratda ushlab turgan holatda keng jamoatchilikni qo`rqitish, vahimaga solish, bo`ysudirish maqsadida ko`proq kuchli rivojlangan mamlakatlarda terroristik harakatlarni amalga oshiradilar va bu bilan o`zlarini namoyish etishga urinadilar.
(masalan, Saudiya Arabistonning "Al - Qoida", Iordaniyaning "Xamas", Ispaniyaning "Eta" terroristik ayirmachilik guruhlarining harakatlarini aytish mumkin).
Ayni paytda terrorizmning ham muhim jihatlari mavjud. Bu hususiyatlar hususida AQSH davlat departamentining 1999 yildagi global terrorizm to`g`risidagi ma’ruzasida ko`rsatib o`tilgan. Bular quyidagilardan iborat:
1. yahshi tashkil qilingan terroristik guruhlardan tuzilgan Xalqaro jinoiy uyushmaga aylanishi. Bularni mahalliy homiy davlatlar qo`llab - quvvatlab turadilar;
2. siyosiy terrordan diniy yoki g`oyaviy asoslari ustun bo`lgan terrorizmga aylanishi;
3. terrorizm markazining Yaqin Sharqdan Janubiy Osiyoga, hususan, Afg`onistonga ko`chishi, terroristik tashkilotlar tomonidan ular jazosiz harakat qilishi mumkin bo`lgan mintaqalardan joy qidirishi;
4. moliyalashtirishning hususiy homiylar, narkobiznes, uyushgan jinoyachilik va noqonuniy savdo - sotiq kabi manbaalaridan foydalanishi kabi hususiyatlari ko`rsatib o`tilgan.
Bularning ichida Xalqaro terrorizmning eng asosiy va havfli hususiyatlaridan biri, "zo`rlik - davlatni qulatvuchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi, parokandalikka olib keladi" - degan g`oyaga asoslanib harakat qilishdir. Bunda siyosiy masalalarni zo`rlik yo`li bilan hal qilishga harakat qilinadi.
Bu haqda, amerikalik mutahassis B. Jenkins "Terrorizm eng avvalo, qurbonlardan ko`ra, guvohlarga qaratilgan va vahima uyg`otishga yo`naltirilgan zo`rlik" deb baholaydi.
Boshqa bir amerikalik siyasatshunos J. Lonsning ta’rifiga ko`ra, terrorizm bevosita qurbonlardan ko`ra ko`proq odamlar fikriga ta’sir o`tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir.
Demak, har bir terrorchilik hurujining maqsadi - davlat to`ntarishini amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishga asoslanadi.
Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizmdir. Bu odamlarning behuda halok bo`lishiga olib keluvchi, davlatlar va ularni rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchi hamda Xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar o`rtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi Xalqaro miqyosdagi ijtimoiy havfli harakat va qilmishlar yig`indisidir. Xalqaro terrorizm XX asrning 60 - 70 yillariga kelib o`zini yaqqol namoyon qildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, o`z davlatiga nisbatan ekstremistik ruhdagi guruhlar birlashib, ijtimoiy - iqtisodiy jihatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat ko`rsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, Xalqaro miqyosda obro`ga ega bo`lgan siyasatchilarga chetdan turib suyuqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy havfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan samolyotlarni olib qochish bilan shug`ullana boshladilar. 80 yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jiddiy tus oldi.
Xalqaro terrorizm o`zining yovuz niyatlarini turli terroristik harakatlari bilan amalga oshiradi. Jumladan:
• mustaqil davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshirish;
• diniy ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etish;
• ekstremistik guruhlar tarkibida qo`poruvchilik harakatlari bo`yicha horijlik yo`rig`chilarning qatnashishi;
• ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan mahsus lagerlarda tayyorgarlik ko`rish;
• tayyorgarlik ko`rish va qo`poruvchilik sodir etishda, horijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamida Xalqaro tus olgan noqonuniy qurol - yaroq savdosi va narkobisnesdan keladigan manbalardan foydalanish;
Bulardan ko`rinadiki, Xalqaro terrorchilar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy havflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo`liga yadroviy, kimyoviy, biologik va zamonaviy hujumkor qurollarning tushib qolish havfi kuchaydi. Bularning hammasi jahon jamoatchiligini qattiq tashvishlantirib qo`ydi.
1977 yilda katta "yettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash to`g`risida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan havfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzusi bo`lib keldi. Chunki Xalqaro terrorizm bir tizimga birlashib harakat qila boshladi.Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhdagi shahslar, narkobiznes va qurol - yaroq savdosidan foyda ko`ruvchi jinoiy to`dalar, yollanib hizmat qiluvchilar paybo bo`ldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremistik markazida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan mahsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, hususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qo`yishga hamda hokimiyatga qarshi muqolifatni shakllantirishga harakat qildi.
O`zbekiston Respublikasi o`z mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab terrorizm va ekstremizmning har qanday ko`rinishiga qarshi qat’iyat bilan kurashib kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi Xalqaro terrorizm ko`rinishlariga qaratilgan ko`plab Xalqaro bitimlarning: "havo kemalarini qonunga hilof ravishda egallab olishga qarshi kurashish to`g`risida"gi 1970 yilda Gaaga konvetsiyasining; "Fuqaro aviatsiyasining xavfsizligiga qarshi kurash to`g`risida"gi 1971 yildagi Monreal Konventsiyaning; "Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shahslar, masalan diplomatik agentlarga qarshi jinoayatlarning oldini olish va jazolash to`g`risida"gi 1973 yildagi konventsiyaning; "Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to`g`risida"gi va boshqa konventsiyalarning ishtirokchisi hisoblanadi. 2004 yildan Toshkentda Shanhay hamkorlik Tashkiloti (ShhT)ning mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo`mitasi faoliyat ko`rsata boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |