12.4.Yer osti qurilmalaridan boshpana sifatida foydalanish.
Favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda panajoy sifatida metropolitenlardan foydalanish mumkin. Bu alohida uchastkalarda joylashgan chuqurlashtirilgan temir-beton germetik qurilmalardir. Metropoliten ham yer osti muhofaza inshootlariga kirishi mumkin. Bulardan tashqari yer to‘lalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘ljallangan omborlar va boshqa qurilmalarni yer osti muhofaza qurilmalari sifatida ishlatish mumkin.
Oddiy turdagi boshpana yoki pana joylarga yerto‘lalar, alohida turdagi chuqurliklar, binolarning pastki ratlari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini saqlash uchun qurilgan omborlar va boshqa qurilmalar moslashtiriladi. Ular qurilish konstruksiyasiga ko‘ra, oddiy himoya inshootlariga kiradi. Chunki, uni qurish uchun qisqa vaqt sarf etiladi.
Oddiy pana joylar ochiq va yopiq ko‘rinishda bo‘ladi. Tirqishlar (teshiklar)ni aholi qo‘lda bor vositalar bilan mahalliy materiallardan tayyorlaydi. Ochiq tirqish to‘lqin zarbasini 1,5-2 marotaba, yorug‘lik nurlari va oqib kiruvchi radiatsiyani 1,5-2 marta, radioaktiv zaharlanish hududida nurlanish darajasini 2-3 marta kamaytiradi.
Yopiq tirqish yorug‘lik nurlaridan to‘la, to‘lqin zarbasidan 2,5-3 marta, oqib kiruvchi radiatsiya va radioaktiv nurlanishdan 200-300 marta muhofazalaydi. U teri va kiyimga radioaktiv, zaharlovchi modda va bakteriyali vositalar tushishidan saqlaydi. U ochiq joyda ustiga hech narsa qulamaydigan, yomg‘ir suvi, suv bosmaydigan joyga quriladi. Oldin ochiq holda tayyorlanadi. U ilon izi kabi to‘g‘ri chiziqli 15 metrdan ortiq bo‘lmagan bir nechta qismlardan (bo‘lak) iborat. Chuqirligi 1,8-2 metr, yuqori qismining kengligi 1,1-1,2 metr, tubi 0,8 metr. Tirqish uzunligi har birodamga 0,5-0,6 metr hisobida aniqlanadi.
Tirqishlarining sig‘im miqdori 10-15 odamdan ko‘pi bilan 50 odamgacha. Tirqishlar ochiq yerto‘laday qaziladi, taxta, yog‘och bilan mahkamlanadi, ostidan uzunasiga kichik ariqcha qaziladi. O‘tirishga so‘ri tayyorlanadi. Ustini yog‘och bo‘laklari, taxta yoki boshqa materiallar bilan yopib, qalinligi 20 sm. Qilib suvab, ustidan yana chetlarining qalinligi 20 sm., o‘rtasi 40 sm. qilib tuproq tortib mahkamlanadi. Chetlariga ikki tarafdan ariqchalar qaziladi. Yomg‘ir suvi oqib ketishi uchun tomining umumiy qalinligi 50-60 sm. bo‘ladi.
Kichik-kichik eshiklar zich yopilgan dahlizdan ichkariga kiriladigan eshikka qalin matodan parda yopiladi.
Panajoy tarkibiga kiruvchi joylarni (germetizatsiya), ya’ni havo o‘tmaydigai qilish uchun sinchkovlik bilan hamma teshiklarini, tirqishlar, yoriqlar, tepadagi ochiq oynalarni, deraza teshiklarini, isitadigan va suv o‘tkazadigan quvurlarda hosil bo‘lgan teshik joylar yopib chiqiladi. Eshiklarni ruberoid, linoleum va boshqa qalin materiallar bilan, ularning chetlarini esa rezina bilan o‘rab (yopishtirib) chiqiladi. Maxsus joylarning himoya xususiyatini oshirish uchun devorlar, eshiklarning qalinligini oshirish, panajoylarning himoya qilish xususiyatini oshirish uchun yog‘och yoki temir tirgaklar, balonlar o‘rnatishni kuchaytirish kerak. Yerning ustki qatlamidan yuqorida joylashgan devorlarning tashqi tomonidan chiqish uchun deraza va qo‘shimcha eshiklar quriladi. Zaruriyatga qarab, uni pana qilish kuchaytiriladi, so‘ngra uning ustiga 60-70 sm qalinlikda tuproq sepiladi, havo tortib oluvchi moslama qo‘yiladi, eshikdan gamma nurlarining kirishidan himoyalanish uchun kirish qarshisida 1,5 metr masofada 40-50 sm qalinlikda g‘ishtdan devor quriladi. Panajoy ostidagi binolarning birinchi qavatlarini maxsuslashtirishda himoya xususiyatini oshirish, hamma joylarni berkitish ishlari olib boriladi, ochiq joylarni g‘isht, qum solingan, qop bilan berkitib chegaralanadi va h.k.
Sabzavot saqlanadigan ichki kurilmalarning devorlaridagi barcha teshik va yoriq joylar sinchkovlik bilan berkitilib chiqilishi kerak. Panajoyning tuproq katlami 60-70 sm gacha oshirib boriladi va devorni yer ustidan baland qilish uchun tuproq sepiladi. Sabzavot saqlanadigan panajoy ichiga faqat bitta kiradigan eshik qoldiriladi, qolganlari esa ko‘rinmaydiga qilib tuproq bilan yopib tashlanadi.
Tog‘-kon sanoati va ko‘mir sanoati bor rayonlardagi aholi panajoy sifatida shaxtalardan ham foydalanishlari mumkin, qora va rangli metallurgiya zavodi ishchilari, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan zavoddagilar va boshqalar yer osti yullaridai foydalanishi mumkin. Kirish joylarning qurilishi va avariya holatlarida chiqib ketish joylari, avariya holatlarda odamlarni tepaga ko‘tarilishi uchun vertikal zinapoyalar tayyer holatda turishi, panajoylarni toza havo bilan ta’minlash, ichimlik suvi yetkazib beradigan quvurlar tayyor holda turishi va boshqalar kiradi.
Jihozlanishning asosiy shartlari:
-kimyoviy va germetik to‘siqlarni o‘rnatish;
-kirish yo‘llarini odamlarni tez o‘tkazish uchun ta’minlash;
-odam ko‘tarish uchun mexanizmlarni tayyorgarlik holatiga keltirish;.
-yashirinuvchilarni hayot faoliyati uchun kerakli hamma narsalar bilan ta’minlash;
-yashirinuvchilarni shaxta suvlaridan foydalangan holda suv
manbaalarini tashkil qilish;
-boshqaruv va sanitar punktlarini, oziq-ovqat omborlarini, aloqa uzatishni va qabul qilishni ta’minlash;
-iloji boricha ikki qavatli so‘rilar va o‘rindiqlarni o‘rnatish;
-yong‘inga qarshi vositalar bilan kerakli miqdorda ta’millash kerak.
Yer osti qurilmalarida havo oqib keladigan kanalning ichiga changni ushlab qoladigan ramka ko‘rinishidagi filtr, ustiga doka tortilgan teshikli material o‘rnatiladi.
Turli xil ratsiatsiya va boshqa shu kabi ofatlardan aholini himoya qilish uchun yer osti qurilmalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
-uch sutkadan kam bo‘lmagan muddatda saqlash;
-suv bosmaydigan joylarga qurish;
-oqar suvlardan, kanalizatsiya kommunikatsiyalardan hamda qurilish kommunikatsiyalardan uzoqroq joylarda qurish;
-chiqish va kirish eshiklari bo‘lishi.
Yer osti qurilmalari asosiy va yordamchi binolardan iborat bo‘ladi. Asosiy binoda yashirinuvchilarni joylashtirish joyi ikki yoki uch qavatli so‘ri mavjud bo‘lishi mumkin. Ikkinchi yordamchi binoda sanitariya tarmog‘i, havoni tozalab almashtirib beruvchi kamera va sig‘imi katta inshootlarda tibbiyot xonasi, oziq-ovqat saqlanadigan ombor, artezan quduq va dizelli elektorostansiya uchun joy mavjud bo‘ladi. Saqlanish joyida qoidaga muvofiq kamida ikkita kirib-chiqish eshiklari bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |