O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti biologiya kafedrasi



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/260
Sana31.12.2021
Hajmi3,95 Mb.
#200446
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   260
Bog'liq
botanika

 
 
 
 
 
Asosiy tushunchalar: poya,  ildizpoya, tugunak, piyozbosh, sukkulent (shira), fillokladodiy (barg 
shoxcha), tikanlar, jingalaklar, xivichsimon yashil novdalar, gajaklar, tunika (tashqi qavat), korpus (ichki 
qavat), epiderma, birlamchi po’stloq, stel (markaziy silindr), kambiy, boylamli, oraliq va boylamsiz tuzilishi, 
birlamchi va ikkilamchi po’stloq, yog’ochlik, o’zak, yadro. 
 
Poyaning  morfologik  tuzilishi.  Poya  ham  odatdagi  tuzilishli,  o’sishi  cheklanmagan 
polisimmetrik tuzilishdagi o’simlikning vegetativ o’q organi bo’lib, unda barg va kurtaklar bo’ladi. 
Poyaning  asosiy  vazifasi  tayanch,  mineral  va  organik  moddalarni  o’tkazishdir,  u  barg  bilan 
ildizlarni  o’zaro  bog’laydi.  Bulardan  tashqari  ko’p  yillik  poyalarda  oz  miqdorda  bo’lsa  ham  oziq 
moddalar  to’planadi.  Epiderma  ostida  xlorenxima  to’qimasi  bo’lgan  yosh  poyalar  fotosintez 
jarayonida  faol  qatnashadi.Yopiq  urug’li  o’simliklarning  poya  va  ildiz  uchlarida  esa  bir  necha 
sondagi  initsial  g’ujayralar  uchratiladi.  Ular  sitoplazmasining  quyuqligi  va  bir-birlariga  nisbatan 
farq  qiladi.  Poya  va  ildizda  o’sish  konuslarining  tuzilishi  bir-biridan  farq  qiladi.  Ildizning  nozik 
uchki meristemasi ildiz qini bilan o’ralgan. Uning o’sish konusida uch turdagi hujayralar  guruhini 
ajratish qabul qilingan: tashqi (dermatogen), o’rta (periblema) va ichki (pleroma). 
Dermatogen qatlami hujayralarning antiklinal, ya’ni o’sish konusi yuzasiga nisbatan perpendikulyar 
bo’linishi  natijasida  keyinchalik  ildizning  birlamchi  qoplovchi  to’qimasi  kelib  chiqadi.  Periblema 
qavati bir necha qator hujayralardan iborat bo’lib, uning hujayralari periklinal,  ya’ni o’sish konusi 
yuzasiga  nisbatan  parallel  bo’linadi  va  ulardan  asosiy  to’qima  hosil  bo’ladi.  Pleroma  hujayralari 
turli  yo’nalishda  bo’linish  xususiyatiga  ega  bo’lib,  ulardan  ildizning  mexanik  va  o’tkazuvchi 
to’qimalari shakllanadi. Poyaning o’sish konusi biri ikkinchisini yopib turuvchi mayda barglar bilan 
o’ralgan. Ular poyaning uchki qismi bilan birgalikda kurtak hosil qiladi. Poyaning o’sish konusida 
odatda  ikki  turdagi  hujayralar  guruhi  ajratiladi:  tashqi  qavat  (tunika)  va  ichki  (korpus).  Tunika 
hujayralari  dermatogen  hujayralariga  o’xshash  antiklinal  bo’linish  xususiyatiga  ega  va  ulardan 
poyaning  epidermasi  hosil  bo’ladi.  Korpus  qavati  hujayralari  turli  yo’nalishda  bo’linishi  sababli 
ulardan poyaning birlamchi tuzilishiga xos bo’lgan barcha to’qimalar kelib chiqadi. 
 
Poyaning  birlamchi  ichki  tuzilishi.  Poyaning  birlamchi  tuzilishida  epiderma,  birlamchi 
po’stloq va markaziy silindlar ajratiladi. 
 
Epiderma  tunika  qavatidan  shakllanadi.  Agarda  u  bir  necha  qavat  hujayralardan  iborat 
bo’lsa, birlamchi po’stloqning tashqi qavatlari ham hosil bo’lishi mumkin. 
 
Birlamchi  po’stloq  asosiy  parenxima  to’qimasidan  tashkil  topib,  tashqi  qavatidagi 
hujayralarida  xloroplatlar  ham  kuzatiladi.  Kupchilik  o’simliklarda  birlamchi  po’stloq  tarkibiga 
mexanik  to’qima  kollenxima  ham  kiradi.  Sklerenxima  kamdan-kam  hollarda  uchraydi.  Birlamchi 
po’stloqning ichki hujayralari endoderma halqasini hosil qiladi. Markaziy silindr endoderma bilan 
chegaralangan  peritsikl,  o’tkazuvchi  elementlar  sistemasi  va  o’zakdan  tashkil  topgan.  Peritsikl 


 
48 
birlamchi yon meristema hisoblanib, u kambiy hujayralari, qo’shimcha ildizlar yoki kurtaklani hosil 
qiladi.  Ko’pchilik  o’simliklarda  peritsikl  butunlay  mexanik  to’qima  yoki  asosiy  to’qima 
hujayralariga ajralib ketadi. Markaziy silindrning o’tkazuvchi elementlari o’sish konusidagi maxsus 
qism,  prokambiydan  rivojlanadi.  Prokambiy  birlamchi  meristemaning  ba’zi  hujayralarini  bo’yiga 
bo’linish natijasidan kelib chiqadi. 
 
O’ziga xos ingichka va cho’ziq, quyuq, donador sitoplazma bilan to’lgan hujayralar to’dasi 
paydo  bo’lib,  ular  poyaning  markaziga  qarab  birlamchi  yog’ochlik  elementlari,  chekkalarda  esa 
birlamchi  lub  elementlarini  hosil  qiladi.  Markaziy  silindrning  ichki  qismi  o’zakni  tashkil  etuvchi 
parenxima  to’qima  hujayralaridan  iborat.  O’zakning  bo’lishi  poyaning  ildizdan  farq  qiluvchi 
xarakterli  belgisidir.  Poyaning  o’zak  qismi  parenxima  hujayralaridan  tashkil  topgan.U  birlamchi 
o’zak  nurlari  orqali  birlamchi  po’stloq  bilan  bog’lanadi.  O’zak  ba’zi  o’simliklarda  qisman  yoki 
butunlay yemirilib ketadi. Bunda poyaning o’rtasi bo’shliqdan iborat bo’lib qoladi. O’sish konusida 
prokambiy  turlicha  shakllanishi  mumkin.  Uning  shakllanishi  va  keyingi  taraqqiyoti  bir  pallali 
o’simliklar poyalarining o’tkazuvchi boylamlarini tuzilishi va joylashish xarakterini belgilaydi. 
Kambiy.  Kambiy  yupqa  qobiqqa  ega  bo’lgan  cho’ziq  to’g’ri  to’rburchak  shakldagi 
hujayralardan  iborat.  Uning  tangental  yo’nalishida  bo’linishi  natijasida  yog’ochlik  va  lub 
elementlari hosil bo’ladi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, yog’ochlik elementlari ko’proq sonda hosil 
bo’ladi. Kambiy halqasida hujayralar soni ortishi ularning radial yo’nalishida bo’linishi hisoblanib, 
natijada  poyaning  cheksiz  yo’g’onlashish  imkoni  yaratiladi.  Kambiyning  ishlash  faoliyati  yil 
davomida  bir  xil  emas.  U  ayniqsa  bahor  faslida  ancha  aktiv  bo’lib,  keyinchalik  uning  faoliyati 
sekin-asta susayadi va kuzga borib butunlay to’xtaydi. 
 
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish