Nafas oluvchi ildizlar botqoqlik yoki botqoqlashgan joyda o’suvchi o’simliklarda uchraydi.
Bunday ildizlar uchun aerenxima to’qimasining kuchli taraqqiy etganligi xarakterlidir. Nafas
oluvchi ildizlar mangra o’simliklarida, xususan Amerikada o’suvchi botqoqlik sarvisida uchraydi.
Ilashuvchi ildizlar plyush o’simligi turlarida uchraydi. Ular novdalardan qo’shimcha o’sib
chiqadigan cho’tkasimon ildizlardir. Ilashuvchi ildizlarlari yordamida o’simlik tik tayanchga ilashib
yuqoriga tomon o’sib boradi. Ilashuvchi ildizlar vanilda, fikusning ba’zi turlari va boshqalarda hosil
bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |