Tortuvchi ildizlar – bu ildizlar tuproqqa juda mahkam joylashgan bo’lib, o’simlikni
tuproqning ichiga qarab tortadi (piyozlar, lola, gladiolus va b.).
Ko’pchilik o’simliklar o’sish va rivojlanish uchun kerak bo’lgan ozuqa moddalarini turli
organlarida to’playdilar. Mana shunday organizmlardan biri ildizdir.
G’amlovchi ildizlar – bu ildizlarda g’amlovchi parenxima hujayralari yaxshi rivojlanganligi
sababli ildiz kuchli yo’g’onlashgan shaklda bo’ladi. Parenxima hujayralari birlamchi po’stloqda,
yog’ochlikda va o’zakda rivojlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |