Chalabutalar va chalabutachalar-poyasining faqat pastki qismi yog’ochlanib, qolgan qismlari
har yili qishda qurib qoladi, faqat ko’p yillik bazal qismi saqlanib qolinadigan o’simliklar
hisoblanadi. Monokarp novdalarning rivojlanish jarayoni 3-5 yildan oshmaydi. O’simlikning
umumiy balandligi odatda 50-80 sm bshlib, ba’zan 1,5-2 m gacha yoki undan ham baland bo’lishi
mumkin. Asosan quruq mintaqalarda tarqalgan.
O’tsimon polikarplar- ko’p marta gullab, meva beruvchi ko’p yillik o’tlar hisoblanadi. Yer ustki
tikka o’suvchi novdalari vegetatsiya davrining birinchi yili oxirida nobud bo’ladi. Yoniga o’suvchi
novdalari esa bir necha yil davomida saqlanishi mumkin. Bu hayot shakllari yer yuzida juda keng
tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |