10-Mavzu: Urug’. Meva
1. Bir pallali va ikki pallali o’simliklarning urugi va murtagi. Chala rivojlangan va
reduktsiyalangan murtak. Urugning zaxira moddalari. Urug’ning morfologik xillari. Urug’ning
xo’jalik axamiyati.
2. Tinim xoldagi urug’. Urug’ning unishi. Urug’ sifati, sifatini baxolash usullari va ularni undirish.
Meva. Meva ta’rifi.
3. Mevaning xosil bo’lishi. Meva xillari. Geterokarpiya va geterospermiya. Meva va uruglarning
tarkalishi. Urug’ va mevalarnnng inson xayotida tutgan o’rni.
Gulli o’simliklar urug’i, odatda murtak, endosperm va urug’ po’stidan tashkil topadi. Murtak
zigotaning mahsuli sifatida qaralib, u ikki hissa xromosomalarga ega bo’lgan hujayralardan iborat.
Endosperm murtak qopchasidagi markaziy hujayraning qushilishi, ya’ni qush urug’lanish natijasida
kelib chiqadi. Uning hujayralari uch hissa xromosomalar naboriga ega. Murtak yangi o’simlikning
embrionidir. U butunlay yoki asosiy meristemadan tashkil topgan bo’ladi. Endosperm va murtakni
dastlabki usish vaqtida ozuqa bilan ta’minlaydi. Gulli o’simliklarning turli vakillarida urug’dagi
murtak bilan endosperm bir-biriga nisbatan turli o’chlamdadir. Murtak urug’ning ko’pchilik qismini
egallagan hollarda, uning o’zi yoki ko’pincha urug’pallalari oziq moddalar to’plovchi vazifani
bajaradi yoki oziq moddalar to’plovchi vazifani bajaradi yoki oziq moddalar perispermda
to’planishi mumkin.
Urug’ po’sti bir necha qavatdan iborat bo’lib, murtakni qurib qolishidan, erta unib ketishidan
saqlasa, urug’larning unish vaqtida uning hujayralari shilimshiqlanib tuproqqa urug’ni birikib
olishiga yordam beradi hamda urug’ni tarqalishida ishtirok etadi. Urug’ po’stida suvni shimib
bo’kishi uchun mayda teshik bo’ladi, uni odatda urug’ yo’li deyiladi. Bundan tashqari, nok ham
bo’lib, u urug’bandiga birikish joyi hisoblanadi.
Endosperm asosan g’amlovchi to’qimadan iborat. Unda kraxmal, oqsil va moy tomchilaridan
tashqari zapas oziq sifatida boshqa moddalar ham to’planishi mumkin.
Murtak. Murtak embrion holdagi o’simlik, unda murtak holda o’simlikning barcha vegetativ
organlari (ildiz va novdalar) bo’ladi. Ildizdan kurtakka o’tish zonasi murtak poyachasidir, bu qism
poyaning birinchi bo’g’im oralig’idir. Uni gipokotil deb ataladi. Murtak holdagi kurtak o’sish
konusi va murtak holdagi bargchalardan iborat. Turli o’simliklarda kurtakdagi barglar soni va
ularning ajranishi bir xil emas. Murtakdagi dastlabki barglar o’ziga xos tuzilishga ega va ular
urug’palla barglar deyiladi. Gulli o’simliklar va ikki pallali deb atalgan ikkita sinfga ajraladi.
80
Do'stlaringiz bilan baham: |