2. Sport biomexanikasining vazifalari.
Har qanday ilm sohasining vazifalari uning mazmunini – nazariyasi va usullarini belgilaydi. Nazariya va usullar ushbu vazifalarni yechish uchun ishlab chiqariladi. Umumiy vazifa, ta’limot sohalarining barchasini butunligicha qamrab oladi, xususiy vazifalar esa, o‘rganilaѐtgan hodisa–larning aniq masalalarini o‘rganishda muhimdir.
Sport biomexanikasida inson harakatlarini o‘rganishning umumiy vazifasi – qo‘yilgan vazifaga ancha mukammal erishish uchun kuchni ishlatish samaradorligini baholashdan iborat.
Sport biomexanikasida harakatlarni o‘rganish, oxir oqibat, harakat amallarini mukammal usullarini topish va ularni yaxshiroq bajarishni o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shuning uchun ham, u, ѐrqin namoѐn bo‘lgan pedagogik yo‘nalishga ega. Harakat amallarining ancha mukammal usullarini ishlab chiqishni boshlashdan avval, ularning mavjudlarini baholash zarur. Bundan, o‘rganilaѐtgan harakat amallarini bajarish usullarining samaradorligini aniqlash vazifasi kelib chiqadi. Ularning samaradorligi nimalarga bog‘liqligini, ularni qanday sharoitlarda va qanday yaxshiroq bajarish kerakligini bilish zarur. Buning uchun, ularning mukammallik darajasini, qo‘yilgan maqsadlarga harakatlarning mos kelishi sifatida baholash kerak. Biomexanika ―harakatlar va kuchlanishlardan olingan mexanik energiya, qanday qilib amalda qo‘llanish holatiga o‘tishi mumkin‖ ekanligini tadqiq qiladi. Sportda, ushbu asosiy vazifani eng to‘liq yechimini topishga, ilmiy asoslangan mashq jaraѐnlarini tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan material imkoniyat beradi.
Sport biomexanikasining xususiy vazifalari quyidagi asosiy vazifalarni o‘rganishdan iborat: 1) sportchi gavdasining tuzilishi, xusu–siyatlari va harakat funksiyalari;
2) ratsional sport texnikasi;
3) sportchi–ni texnik jihatdan takomillashuvi.
Harakatlarning xususiyatlari harakatlanuvchi ob’ektga, ya’ni inson gavdasiga bog‘liq bo‘lganligi tufayli, sport biomexanikasida (biomexanika nuqtai nazaridan) tayanch–harakat apparatining tuzilishi, ѐshga oid va jinsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda tayanch-harakat apparatining mexanik xususiyatlari va funksiyalari (harakatlarning sifat ko‘rsatkichlari bilan birga), mashq qilganlik natijasidagi tayѐrgarlik darajasini ta’siri va hokazolar o‘rganiladi. Demak, birinchi guruh vazifalar – sportchilarning o‘zlarini o‘rganish, ularning xususiyatlari va imkoniyat–larini o‘rganishdan iborat.
Musobaqalarda samarali ishtirok etish uchun, sportchi o‘ziga to‘g‘ri kelgan ratsional texnikaga ega bo‘lishi kerak. Sportchi harakat amallarining mukammalligi, ularning qanday harakatlardan va qanday tuzilgan ekanligiga bog‘liq. Shuning uchun sport biomexanikasida harakatlarning turli guruhlari xususiyatlarini va ularni takomillashtirish imkoniyatlari sinchiklab o‘rganiladi. Mavjud sport texnikasi o‘rganiladi hamda yanada ratsional yangi texnikalar ishlab chiqiladi. Mashq jaraѐnida sport texnikasining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, sportchini texnik jihatdan mukammal darajaga yetkazish usullarining asosini ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Ratsional texnikaning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, uni tuzishning ratsional yo‘llari, sport mahoratini kuchaytirishning vositalari va usullari aniqlanadi.
Shunday qilib, sportchilarni texnik jihatdan tayѐrlashning biomexanik asoslari quyidagilarni nazarda tutadi: mashq quluvchilarning xususiyatlari va tayѐrgarlik darajasini aniqlash; ratsional sport texnikasini rejalashtirish; maxsus jismoniy va texnik tayѐrgarlik uchun ѐrdamchi mashqlarni tanlash va trenajѐrlar yaratish; mashqlarni bajarishda qo‘llanilaѐtgan usullarni baholash va ularning samaradorligi ustidan nazorat o‘rnatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |