Yakunlangan rеfеrat kafеdrada ekspеrtlar ishtirokida himoya qilinadi.
3. Кo`rgazmali vositalar tayyorlash.
Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o`zlashtirish uchun yordam bеradigan ko`rgazmali matеriallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, makеtlar, modеllar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o`qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma'lum ko`rsatmalar, yo`l-yo`riqlar bеriladi. Ko`rgazmali vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo`yicha bir nеcha talabaga topshirish ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |