O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti texnologik ta’lim kafedrasi


-ma’ruza:Terrorizm va xalqaro terroristik tashkilotlar



Download 14,45 Mb.
bet99/231
Sana10.02.2022
Hajmi14,45 Mb.
#439754
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   231
Bog'liq
UMK 2021 XFX Филология INYAZ

14-ma’ruza:Terrorizm va xalqaro terroristik tashkilotlar


Reja:
1. Terrorizm va terrorchilik harakatlari haqida tushuncha
2. Xalqaro terrorizm va uning salbiy illatlari.
3. Xalqaro terrorizmga qarshi kurashda O`zbekistonning
ishtiroki.

1. Terrorizm lotincha "terror" so`zidan olingan bo`lib, siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shahsning hayoti, sog`lig`iga havf tug`diruvchi, mol - mulk va boshqa moddiy boyliklarni yo`q qilinishi havfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, Xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shahsni biron - bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etilishidan tiyilishiga majbur qilishga, Xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suvernetitetini, hududiy yahlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli muojorolar chiqarishni ko`zlab ig`vogarliklar qilishga, aholini qo`rqitishga, ijtimoiy siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan.


Terrorizimning ikki turi mavjud:
A) yakka tartibdagi; 101
B) uyushgan guruhli terrorizm;
Terrorizm o`rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab, o`z faoliyatlarini amalga oshirgan. Lekin o`tgan asrning ohirlaridan uning yangi ko`rinishlari vujudga keldi: jumladan, chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o`ldirish yoki o`g`irlash, elchihonalar, Xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlash sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olishi va boshqa shunga o`hshash nomaqbul harakatlarni amalga oshirish. Bulardan ko`rinadiki, terrorizmga aniq va yakdil ta’rif berish ancha murakkabdir. Shu fazifani imkoni boricha hal qilishda O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabr "Terrorizmga qarshi kurash to`g`risida"gi qonunda keltirilgan tushunchalarning mohiyatini bilish orqaligina aniqlik kiritsh mumkin. Ushba qonunning 2 - moddasida terrorizmga oid tushunchalar va ularning mohiyati bayon etilgan. Jumladan:
Garovda ushlab turilgan shahs – qo`lga olingan yoki ushlab turilgan shahsni ozod etish shartlari sifatida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, Xalqaro tashkilotlarni, shuningdek, ayrim shahslarni biron - bir harakat sodir etishga yoki bunday harakat sodir etishdan tiyilishiga majbur qilish maqsadida terrorchilar tomonidan qo`lga olingan yoki ushlab turilgan jismoniy shahs.
Terrorchi - terrorchilik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan shahs.
Terrorchilik guruhi - oldindan til biriktirib terrorchilik harakatini sodir etgan, bunday harakatga tayyorgarlik ko`rgan, yoki uni sodir etishga suyuqasd qilgan shahslar guruhi.
Terrorchilik tashkiloti - ikki yoki undan ortiq shahsning yoki terrorchilik guruhlarining terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun barqaror birlashuvi.
Terrorchilikka qarshi operatsiya - terrorchilik harakatiga chek qo`yish va uni oqibatlarini minimallashtirish, shuningdek, jismoniy shahslarni xavfsizligini ta’minlash hamda terrorchilarni zararsizlantirishga qaratilgan kelishilgan va o`zaro bog`liq mahsus tadbirlar majmui.
Terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazilgan zona - joyning yoki akvatoriyaning alohida uchastkalari, havo bo`shlig`i, transport vositalari, binolar, imoratlar, inshootlar, honalar hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o`tkazilgan doirada ularga tutash hududlar. Terrorchilik faoliyati - terrochilik harakatini uyuushtirish, rejalashtirsh, tayyorlash va amalga oshirishdan, tuzishdan, ularni moliyalashtirish va moddiy - tehnika jihatdan ta’minlashdan iborat bo`lgan faoltiyat.
Terrorchilik harakati - garovga ushlab turish uchun shahslarni qo`lga olish yoki ushlab turish, davlat yoki jamiyat arbobining, aholining milliy, etnik, diniy va boshqa guruhlari chet el davlatlari va Xalqaro tashkilotlar vakillarini hayotiga tajovuz qilish, davlat yoki jamoat ahamiyatiga molik ob’ektlarni bosib olish, shikastlantirsh, yo`q qilish, portlatish, o`t qo`yish, portlatsh qurilmalarini, reaktiv, biologik, portlovchi, kimyoviy va boshqa zaharlovchi moddalarni ishlatish yoki ishlatish yo`li bilan qo`rqitish, er usti, suv va havo transporti vositalarini qo`lga olish, olib qochish, shikastlantirish, yo`q qilish aholi gavjum joylarda va ommaviy tadbirlar o`tkazilayotganda vahima ko`tarish va tartibsizlik keltirib chiqarish, aholi hayotiga, sog`lig`iga, jismnoiy yoki yuridik shahslar mol - mulkiga, avariyalar, tehnogen hususiyatli halokatlar sodir etish yo`li bilan zarar etkazish yoki havf tug`dirish, tahdidiy har qanday vositalar, usullar bilan yoyish tarzida terrorchilik tusidagi jinoyatlarni, O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Xalqaro huquqning umum – e’tirof etilgan normalarida belgilangan terrorchilik tusidagi boshqa harakatlarni sodir etish.
Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terroristik harakatlar majmuasi.

2.XX asrning ohiri va XXI asr boshlarida terrorizm insoniyat hayotiga katta havf sola boshladi. O`zining niyatini oshkora eta boshladi. Jumladan, Nyu-Yo`rk (AQSH) shahridagi butunjahon savdo markazining ikki binosi sanoqli daqiqalar ichida er bilan yakson bo`ldi. Shuningdek, Irlandiya va Angliyadagi "UPA", Ispaniyadagi "ETA", Osiyoda jinoyatkorona faoliyat olib borayotgan "AL - Qoida", "Khamas" kabi er yuzasining turli burchaklaridagi 500 ga yaqin terrorchilik tashkilotlari turli ko`rinishdagi qabih ishlarni amalga oshirdilar va hozirda ham olib bormoqdalar. Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda 1975 yildan to bugungi kungacha dunyoning turli mamlakatlarida 10 mingga yaqin terroristik harakatlar sodir etilgan.


Ohirgi yillarda terrorchilik uslublari ancha kengayganligi ma’lum. 1970 yillarda biror shahs yoki siyosiy arbobga qarshi uyushtirilgan terror amaliyoti ko`proq qo`llanilgan bo`lsa, hozirda jamoat joylarida, samolyot, avtobus, poezdlarda portlashlarni sodir etish orqali ko`plab, tasodifiy kishilarning qurbon bo`lishiga olib keladigan qo`poruvchilikni amalga oshirishga qaratilgan. Avvallari terrorizm, odamlarni garovga olishdan maqsad pul undirish bo`lgan bo`lsa, hozirda terrorchilar asosan, Xalqaro munosabatlar sohasida va mamlakatlarda beqarorlikni keltirib chiqarish borasida mo`ljallangan siyosiy maqsadlarga erishishni ko`zlaydilar.
Bugungi kunda terroristik harakatlarning yanada faollashish jarayoni yuz bermoqda. U hozirgi kunda XXI asrning "global" muammosiga aylanib qoldi.
Terrorchilik tashkilotlar o`zlarida mavjud bo`lgan barcha imkoniyatlarni ishga solib, o`z maqsadiga erishish uchun qonli yurishlarni ham qilmoqdalar. Ular turli hildagi kimyovimy va biologik qurollardan foydalanishga urinmoqdalar. Ma’lumotlarga qaraganda 200 martadan ortiq shunday qurol va vositalardan foydalanilgan. Jumladan, 1994 yil Yaponiyaning "AVM Cinrico" diniy terroristik tashkiloti tomonidan "zarin" kimyoviy vositasini ishlatish oqibatida 7 kishi vafot etgan, 114 nafar kishi turli darajadagi tan jarohatini olgan. 1995 yilda mazkur terroristik tashkilot tomonidan Tokio metrosi 16 bekatining zararlanishi oqibatida 12 yo`lovchi halok bo`lgan, 400 kishi turli darajada tan jarohati olgan. Bunday zararli moddalar Quvaytda, Iroqning Kurdiston hududlarida va boshqa davlatlarda qo`llanilib, ko`plab insonlarning o`limiga sabab bo`lgan.
Terroristik guruhlar yovuz harakatlarini amalga oshirishda kishi e’tiborini o`ziga tortmaydigan, kichik hajmli, tashqi tomoni har kuni foydalaniladigan buyumlar ko`rinishidagi narsalardan foydalanmoqdalar (masalan, jomadan, sumka, sellofon paket va boshqalar).
Terroristlar tomonidan qo`llaniladigan qurollarning foydalanish ob’ektlari - odamlar ko`p to`planadigan joylar: metro bekatlari, aeroportlar, temiryo`l va avtomobil bekatlari, katta binolar, yopiq turdagi konsert va sport zallari, kinoteatrlar, yirik shaharlardagi suv haydash tizimlari, suv omborlari va boshqa ob’ektlar.
Ular ko`proq portlovchi modda va qurilmalardan: fugas, mina, granatalardan foydalanadilar. Terrorchilarni bunday qurollardan foydalanib o`z harakatlarini amalga oshrishlari kuchli ta’sirga kiradi. Chunki, bunday portlovchi qurilmalar har kimning e’tiborini o`ziga tortmaydi va o`zi bilan birga uni olib yurish imkoniyati yuqori bo`ladi. Masalan "o`yinchoq mina", "o`yinchoq qopqonlar" va boshqalar.
Terrorchilarning qo`llayotgan turli ko`rinishdagi portlovchi moddalarning havfli maydoni quyidagicha:
- granata parchasining tarqalishi 50-100 metr;
- mina parchasining uchishi 100-300 metr;
- keysning havfli maydoni 250-300;
- jomadon, sumkaga solingan portlovchi moddaning havfli maydoni
350-400 metr;
- avtomobilga qo`yilgan portlovchi moddaning havfli maydoni 50-
300 metr;
- "o`lim belbog`i"ning havfli maydoni 50-300 metr.
Terrorchilar tomonidan keng qqllanilayotgan qurollardan biri tuproq ostida portlatiladigan mina va fugaslar hisoblanadi. Fugas yoki mina tipidagi portlovchi moddalarni mina izlovchi jihozlar yordamida topish mumkin emas. Chunki bunday tipdagi portlovchi qurilma plastik materiallardan yasalgan bo`lib, uni faqat saperlarning mahsus tayoqchasi yordamida aniqlash mumkin. Buni aniqlash jarayoni o`ta havfli bo`lib, kichik bir hato ham inson hayotiga havf solishi ehtimoli juda yuqori.

Download 14,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish