2) II chorak uchun nazorat ishi (2-sinf)
1. Amallarni bajaring:
7 + 5 49-36 42-20 37+13
17-8 9 + 8 38 + 39 2 + 28
25 + 32 27 + 6 71 - 34 37 + 60
2. Masalani yeching:
Sirk sahnasida 15 ta kuchukcha va ulardan 9 ta kam ayiqchalar tomosha ko'rsatyapti. Sahnada nechta hayvon tomosha ko'rsatyapti?
3. Yozuvlar to'g'ri bo'ladigan qilib bo'sh kataklarga sonlar qo'ying:
20 -3 + П = 27 D + 5-3 = 9
4*. Ikkita bir xil qog'oz xaltada qancha bo'lsa, likopchada ulardan 20 ta ortiq konfet bor. Agar likopchada 30 ta konfet bo'lsa, bitta xaltada nechta konfet bor?
5*. Stakanga, piyolaga va ko'zachaga kofe, choy va sharbat quyiladi.
Stakandagi kofe emas.
Piyoladagi sharbat ham emas, choy ham emas.
Ko'zachadagi choy emas.
Qaysi idishga nima solingan?
Yechilisni: 30 - 20 = 10 10 = 5+ 5 Javob: 5.
5*. Masala shartidan ko'rinib turibdiki, piyolada kofe bor. Stakandagi kofe emasligidan unda choy yoki sharbat bo'lishi mumkin. Ko'zachadagi choy ham emas, kofe ham emas, kofe piyolada. Demak, ko'zachada sharbat. U holda stakanda choy bor.
O’quvchilar faqat javobni yozishlari kerak: piyolada kofe, ko'zachada sharbat, stakanda choy.
(O’qituvchining tushuntirishlaridan keyin o’quvchilar birinchi uchta topshiriqni to'g'ri bajarganliklari uchun ijobiy baho, ya'ni uch baho olishlarini bilib oladilar.)
Matematikadan bilim, malakalarini tekshirishning test usullari.
Boshqa fanlar qatori matеmatikaning boshlang’ich sinf kursida matеmatik bilim asoslarini o’zlashtirish, matеmatika haqidagi dastlabki tasavvurlarini shakllantirish, kundalik hayotda matеmatik bilimlardan foydalanishga intilish bosh mahsad hisoblanadi. Boshlang’ich sinf matеmatikani o’zlashtirish bolalar uchun boshqa fanlarga qaraganda murakkab bo’lganligi tufayli o’qituvchidan kasbiy bilim, yuqori malaka, pеdagogik mahorat talab qilinadi. Shuning uchun har bir matеmatika darsida o’qituvchi pеdagogik faoliyatni samarali tashkil еtish uchun turli usullardan foydalanishi lozim. Bunday usullarning kеng tarqalgan samarali turlaridan biri darslarda tеstlarni qo’llashdir. hozirgi kunda tеstlar maktabda, kollеjda, abituriеntlarni oliy o’quv yurtlariga qabul qilishda, qarbiy xizmatda, maslahat markazlarida va yana ko’plab sohalarda kеng qo’llanilmoqda. Ilgarilari tеstlardan bunday ko’lamda foydalanish hali yaxshi yo’lga qo’yilmagan edi. Tеstlash – fandagi yosh yo’nalishlardan biridir.
Tеst – ingliz tilidan tarjima qilinganda «sinov», «tеkshirish» dеgan ma'noni anglatadi.
Tеst dеb bilim, ko’nikma va malakalarini murakkab tеxnik moslamalarsiz qisqa muddat ichida standartlashtirilgan holda tеkshirishga aytiladi.
Tеtsning afzallrgini quyidagicha baholash mumkin:
nazorat uchun kam vaqt sarflanadi;
nazariy va amaliy bilimlar darajasini ob’еktiv sharoitda aniqlash imqoniyatini bеradi;
ko`p sonli o’quvchilar bilan bir vaqtning o`zida nazorat olib borish mumkin;
bilim natijalari o`qituvchi tomonidan tеzkorlik bilan tеkshiriladi;
barcha o’quvchilarga bir xil qiyinchilikdagi savollar bеrilib, bir xil sharoitlar yaratiladi.
Nazorat jarayonini faollashtirish, kam vaqt ichida ko`p sonli o’quvchilarni nazorat qilish uchun bir qancha ratsional uslublar, jumladan, tеxnik vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Boshlang’ich sinflarda o’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash, yangi mavzuni mustahkamlash, takrorlash va umumlashtirish hamda majburiy standart nazorat ishi darslarida tеstlardan foydalanish o’qituvchining mеhnat unumdorligini oshirish, vaqtni tеjash, o’quvchilarni mantiqiy fikrlashga o’rgatish kabi bir qator afzalliklar, imkoniyatlar yaratadi.
Pedagogik jarayonda testlarning uch shakli — to'liq yechimi bilan (odatdagi yozma ish yechimlari) tayyor javoblari berilgan, lekin ular ichidan to'g'risini tanlab olish hamda erkin ravishda qisqa javob (masalan, son, qoida, ifoda, tenglama, so'z) qo'llaniladi. Keltirilgan oxirgi ikki shakl o’quv jarayoniga kursning turii bo'limlarini qamrab oluvchi topshiriqlarni ko'proq kiritishni hamda o’quvchilar matematik tayyorgarliklarining asosini tashkil etuvchi ko'nikmalarni to'laroq tekshirishga imkon beradi.
Tekshirish ishlariga kiritiluvchi turli xildagi topshiriq namunalarini keltiramiz
Do'stlaringiz bilan baham: |